Mavzu: Peroksisomalar, Lizosomalar, Endoplazmatik to’r


Download 1.66 Mb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1377480
  1   2   3   4
Bog'liq
Peroksisomalar, Lizosomalar, Endoplazmatik to’r. Golji apparati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
203-gurux talabasi Ergashev Everestning “O’simliklar fiziologiyasi” fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Peroksisomalar, Lizosomalar, Endoplazmatik to’r. Golji apparati
Reja :

Hujayradan ultratsenrifuglash orqali ajratib olingan, tarkibi katalaza va peroksidaza fermenlariga boy bo‘lgan “mikrotanachalar” peroksisomalar deb ataladi. Peroksisomalar membrana bilan o‘ralgan bo‘lib, mitoxondriyalardan maydaroq bo‘ladi va kristlari bo‘lmaydi.
Peroksisomalardagi fermentlar tarkibi turlichadir. Barg hujayralarida bo‘ladigan peroksisomalar fotonafas olish fermentlari tutadi. Yog‘larga boy urug‘larning hujayralaridagi peroksisomalarning bir xili - glioksisomalar urug‘lar unayotgan vaqtida yog‘ kislotalaridan uglevodlar hosil qilishda ishtirok etadi. Bu jarayonda mitoxondriyalar va sitoplazma ham qatnashadi.
Peroksisomalar.
De Dyuv fikricha, barcha eukariotlar peroksisomalari umumiy kelib chiqishga ega. Uning tasavvuricha, barcha peroksisomalar metobolizmiga ko‘ra turli- tuman funksiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan ba’zi jihatlardan mitoxondriyalarga o‘xshab ketadigan oksidlovchi zarrachalardan kelib chiqqan. Ba’zi olimlarning fikricha, perroksisomalar endoplazmatik to‘r membranasi sathida shakllanib, undan ajrab chiqadi. Mitoxondriyalar paydo bo‘lishi bilan peroksisomalarning hujayradagi funksiyasi cheklanib borgan.
Hujayra gomogenatidan uning qismlarini alohida ajratib olish metodlari rivojlangandan keyin, 1955 yilda De Dyuv va boshqalar o‘zida nordon fosfatazadan ajratib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu fermentlar qatoriga glyukuronidaza, nordon ribonukleaza, nordon dezoksiribonukleaza va katepsinlar kiradi. Bu fermentlar hujayra tarkibiga kiruvchi turli moddalarni suv yordamida parchalay olishi uchun ularga lizosomalar deb nom berildi. Xozirgi kunda lizosomalar faqat hayvonlar hujayrasi uchungina emas, balki yer sharida juda keng tarіalgan barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal organoid ekanligi aniqlandi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling