Mavzu: Personal boshqaruvini samarali tashkil etish. Kirish I bob. Personal boshqarish mazmuni, mohiyati va nazariy asoslari


Download 103.24 Kb.
bet7/10
Sana21.06.2023
Hajmi103.24 Kb.
#1644735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
personalni boshqarish

Xodimlar faoliyatini boshqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos xususiyatlari


Kadrlar faoliyatining markaziy masalasi — uni takomil- lashtirishdir. Kadrlar ishini bozor iqtisodi sharoitida takomillashtirish muammosini asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqaylik:
Birinchi yo‘nalish — kadrlar siyosatini tubdan takomillash- tirish yo‘li — bu, boshqaruv apparati sonini qisqartirishdan iboratdir. Ushbu boshqaruv tizimi samarasizligining asosiy sababi, u sifat jihatidan takomillashmaganligidir. Bu esa ish tizimini son jihatidan emas, balki sifat jihatidan o‘zgartirish zarurati borligidir.
Ikkinchi yo‘nalish — bu, yangi turdagi boshqaruv xizmatchisini, ya’ni yangi turdagi iqtisodiy jihatdan asosiy fikr yurituvchilarni tayyorlash, demakdir Gap shundaki, bozor iqtisodi yangi turdagi munosabatni, ya’ni erkin tadbirkorlik munosabatini ko‘zda tutadi. Ushbu munosabatlarda rahbarlik idoralari (davlat idoralari) aralashuvi avvalgiga qaraganda ancha kam bo‘ladi. Bozor munosabatlari shakllanishida ishbilarmon odamlarning (rahbarlarning, tashkilotchilarning, mutaxassislarning) quyidagi sifatlari: jumladan, tadbirkorlik, marketing, bank menejmenti, kichik biznesni boshqarish va hokazolar birinchi darajali rol o‘ynaydi.
Bizda turli xildagi mulkni: jamoa, shirkat, pudratchi, aksiyadorlik, shaxsiy va boshqalarni bunyod etish biz nominitilga olgan belgilarga ega bo‘lgan odamlar faoliyatidir.
Uchinchi yo‘nalish — kadrlar rezervi bilan ishlashda yangi uslublarni taraqqiy toptirish, ya’ni saylovlar o‘tkazish yo‘li orqali rahbarlik vazifalarga tayinlash.
To‘rtinchi yo‘nalish — bu, rahbarlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish. Ushbu yo‘nalishning mohiyati Boshqaruv kadrlariga shunday iqtisodiy dastaklar, ya’ni yaxshi hayotiy sharoitlar yaratish (uy-joy berish, yuqori maosh tayinlash kabi) natijasida turli xil tanlashlar amalga oshiriladi. Shu yo‘nalishga mos misol qilib, hozirgi paytda odamlarni qishloq xo‘jaligiga kelishi, fermer xo‘jaliklariga mutaxassislarning oqib borishini ko‘rsatish mumkin.
Beshinchi yo‘nalish — bu, boshqaruv amaliyotiga mehnatni ilm asosida tashkil qilishni joriy qilish, fan mutaxassislari, turli tarmoq ilmiy xodimlari, rahbarlarni o‘qitish modeli samarasini aniqlashga jalb qilishdan iboratdir. Masalan, ekspertlarni, boshqaruv xodimlarini malaka tavsifini baholashga jalb qilish.
Oltinchi yo‘nalish — bu, boshqaruv xodimlari mehnat faoliyatini kompyuterlashtirish. Bu degani, ishchi — xizmatchilarni bir xildagi, takrorlanuvchi katta aqliy ish talab qilmaydigan harakat va operatsiyalardan ozod etishdir. Shunga muvofiq, xodim ham asosiy ish vaqtini shu hisobdan ijodiy mehnatga sarf qilish imkoniga ega bo‘ladi.



Download 103.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling