Mavzu: plagiat


Plagiat, ko‘chirmachilik va oqibat


Download 0.88 Mb.
bet4/5
Sana03.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1152851
1   2   3   4   5
Bog'liq
Plagiat haqida tushuncha Keldibayeva Lyuda

Plagiat, ko‘chirmachilik va oqibat

  • Plagiat, ko‘chirmachilik va oqibat
  •  
  • Plagiat nafaqat san'atda, balki adabiyotda, fan va ta'limda ham ko‘p uchramoqda, deyiladi «Hurriyat» gazetasining 15-sonidagi «Plagiat, ko‘chirmachilik va oqibat» maqolasida.
  • Maqola muallifi o‘zbek adabiyotida plagiatning turli-tuman shakllari kuzatilayotganini yozadi. 
  • «Gazetada bir hikoya o‘qidim, uning sarlavhasi ostida «falonchiyev tayyorladi» deyilgan ekan. Rukn ─ Jahon adabiyoti durdonalari. Hikoyaning muallifi qayd etilmagan. Yo materialni tayyorlagan kishining o‘zi jahon adabiyotiga daxldor shaxsmikan, deb o‘yladim. Lekin o‘zim bilgan mualliflar orasida bunday ismni uchratmadim. Xotiramga o‘qiganlarim kelaverdi. Oxiri esimga tushdi: gazetadagi material Paustovskiyning «Keksa oshpaz» hikoyasining na tarjimasi, na tabdili edi: o‘zbekcha matnda uning sarlavhasi, badiiy detallari, Motsartdan boshqa qahramonlarning nomi o‘zgartirilgandi. Bu na taqlid, na tarjima, na sharh, na tabdil edi...» 

Muallif Bozor Ilyos al-Aminning bayon etishicha, fan va ta'lim sohasida ham plagiatlikning cheki yo‘q. Ayniqsa, talabalarning diplom himoya qilishida bu holat ko‘p uchraydi va bu sifatga ta'sir qilmay qolmayapti. 

  • Muallif Bozor Ilyos al-Aminning bayon etishicha, fan va ta'lim sohasida ham plagiatlikning cheki yo‘q. Ayniqsa, talabalarning diplom himoya qilishida bu holat ko‘p uchraydi va bu sifatga ta'sir qilmay qolmayapti. 
  • «Ba'zan hatto ko‘p yillik tajribaga ega tadqiqotchilar ham monografiyalarda avval o‘zga ilmiy ishidan bir iqtibosni «qoida» ga amal qilib oladilar, keyin besh-o‘n sahifagacha tap tortmay ko‘chiradilar. Go‘yo «tirnoq» ichidagisi kitob muallifiniki-yu, qolganlari esa ko‘chirgan janob qalamiga mansubday. Hech bo‘lmasa, ora-sirada manbaa ko‘rsatilsa ham mayli edi. Plagiat zamirida nima bor? Azaldan o‘zi loyiq bo‘lmagan obro‘ga erishish uchun yoki mashhurlik kasaliga (maniya velichiya) yo‘liqqanlar ko‘chirmakashlik qiladi. Gohida esa ilojsizlikdan bunga qo‘l uradi. Birinchi holat haqida ko‘p aytilgan. Ikkinchi holat, ayniqsa, oliy ta'lim tizimida bitiruv malakaviy ish yozish (BMI) va himoya qilishda bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi. Talaba 70-90 betlik ishni tayyorlashi kerak. O‘zi bir sahifa u yoqda tursin, bir jumlani ham mustaqil ravishda tuzolmaydi. Unga umrida hali biror varaq ilmiy maqola yozmagan kishi ilmiy rahbarlik qilishi ham ehtimoldan xoli emas. Nima qilsin? Talabaning iloji yo‘q: u yo ishni biror joyda ko‘chirib oladi, yo ko‘chirib berishadi. Yo tayyorini sotib ola qoladi. Bu jarayonni ko‘pchilik biladi. Lekin haligacha biror mutaxassis yoki mutasaddi bu borada og‘iz ochganini ko‘rmadim. Kim ham o‘zi o‘tirgan shoxni arralardi?

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling