Mavzu: Planshet va telefonda ilova ko‘rinishini yaratish


Download 65.7 Kb.
bet5/15
Sana13.03.2023
Hajmi65.7 Kb.
#1265712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-dedlini

Firebase Authentication


Firebase Authentication foydalanuvchilaringizning tizimga kirishlari va identifikatsiyadan o’tishlarida ko’mak beradi. Bu mahsulot boshqa mahsulotlar bilan ham to’g’ri ishlashi va bog’lanishi uchun ham juda muhimdir, ayniqsa, har bir foydalanuvchi uchun ma'lumotlarga kirishni cheklash kerak bo’lsa.
Firebase Authentication foydalanuvchini xavfsiz autentifikatsiya qilish tizimlarini yaratishni osonlashtiradi, shu bilan birga so’nggi foydalanuvchilar uchun tizimga kirish va kirish tajribasini yaxshilaydi. U elektron pochta va parol, Google, Twitter, Facebook, Github, telefon orqali va boshqalar bilan autentifikatsiya qilishni qo’llab-quvvatlaydi.
Google sign-in, Smart Lock va Chrome Password Manager yaratuvchilari tomonidan ishlab chiqilgan Firebase xavfsizligi Googlening dunyodagi eng keng hajmli akkount ma’lumotlar bazasini boshqarishning ichki ekspertizasini qo’llaydi.
Firebase Realtime Database va  Cloud Firestore 
Firebase Realtime Database va Cloud Firestore ma'lumotlar bazasi xizmatlarini taqdim etadi. Ushbu ma'lumotlar bazalarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular ma'lumotlar bazasida ma’lumotlar o’zgarganda “real vaqtda” yangilanadi. Siz ilovangiz foydalanmoqchi bo'lgan ma'lumotlar joylashgan joyda "listener" o'rnatish uchun client SDKdan foydalanasiz va har safar o'zgarish kuzatilganda listenerlar ushbu ma'lumotlar bilan qayta-qayta chaqiriladi. 
Firebase Hosting
Firebase Hosting - bu xavfsiz, global web-hosting CDN(Content Delivery Network). Bu sizning foydalanuvchilaringizga yaqin bo'lgan serverlar yordamida statik kontentlarni(HTML, CSS, JS) tezda yetkazib berishda juda yaxshi. Va siz uni shaxsiy domenlarsiz sizga hech qanchaga tushmaydigan SSL sertifikati bilan tezda o’rnatib olishingiz mumkin.

Firebase Hosting Firebasening boshqa mahsulotlari bilan integratsiyada bitta muhim jihatga ega va bu  Cloud Functions orqali amalga oshadi. Firebase Hosting sizga HTTP tipidagi funksiyalarni yozishda Cloud Functions xizmatiga so'rov va javobni proksi-server orqali yuborishga imkon beradi. Hattoki, u sizning funksiyalaringizdan barcha so’rovlarni yashiradi, agar siz uning konfiguratsiyasini to’g’ri tuzsangiz. "RESTful" API yaratishning ajoyib usuli!



Download 65.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling