Mavzu: Plastik deformatsiyaning tabiati

Download 0.98 Mb.
bet11/18
Sana16.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1095427
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
6-7 ma\'ruza

Zamonaviy tushunchalar bo‘yicha sirpanish jarayoni atomlarning alohida guruhlarini ketma-ket siljitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Deformatsiya jarayonida atomlarning parallel kristallografik tekisliklarda joylashgan faqat bir qisminigina nisbiy siljishi mumkinligi metallda to‘g`ri kristall tuzilishning buzilishi borligi bilan izohlanadi. Haqiqiy monokristall va donachalar mozaik tuzilishga ega, ya’ni o‘lchami 10-4 - 10-6 sm atrofida bo‘lgan bloklardan iborat, shuningdek har bir blok mukammal kristall (to‘g`ri kristall tuzilishga ega) ekanligi, qo‘shni bloklar bir biriga nisbatan 10˚- 20˚ atrofida burchakka burilganligi tajribalarda isbotlangan. Bunday bloklar mozaika bloklari deb ataladi. Bundan tashqari haqiqiy monokristall va donachalarda kristall tuzilishi to‘g`riligining maxalliy buzilishi mavjud bo‘lib, bunda panjaraning alohida tugunlarida atomlar bo‘lmaydi yoki panjaraning ba’zi joylarida «ortiqcha» atomlar bo‘ladi. Haqiqiy kristall tuzilishidagi to‘g`rilikning bunday buzilishi, ko‘rinib turibdiki, kristallanish jarayonining mukammal emasligini natijasi bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda fazoviy panjaraning, dislokatsiya deb ataluvchi alohida nomukammalliklarini sirpanish tekisligida sirpanib surilish jarayonini tushuntiruvchi taxmin keng tarqalgan. Dislokatsiya deb kristall panjaraning maxalliy buzilishi (qiyshayishi) ga aytiladi. Unda qo‘shni parallel tekisliklarda atomlar sonidagi farq oqibatida atomlarning sirpanish tekisligidan bir tomonda joylashgan qismi kichiklashgan atomlararo masofaga ega bo‘ladi (siqilgan), sirpanish tekisligining qarshi tomonida joylashgan atomlarning boshqa qismi esa kattalashgan (cho‘zilgan) atomlararo masofaga ega bo‘ladi. SHartli ravishda kristallning sirpanish tekisligi tepasida joylashgan qismida atomlararo masofa kichiklashgan musbat dislokatsiyalar va kristallning sirpanish tьekisligidan pastda joylashgan qismida atomlararo masofa kichiklashgan manfiy dislokatsiyalarni farqlaydilar.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling