Mavzu: Plastik deformatsiyaning tabiati
Download 0.98 Mb.
|
6-7 ma\'ruza
10-rasm. Kristallik panjarada sirpanish sxemalari.10-rasmda kristallik panjarada musbat va manfiy dislokatsiyalarni sirpanish tekisligi bo‘ylab surilishi natijasida bitta atomlararo masofaga sirpanish sxema tarzida ko‘rsatilgan.Dislokatsiyalarni surish uchun kerakli siljituvchi kuchlanish kattaligi, berilgan tekislikdagi hamma atomlarni bir vaqtda siljitish uchun kerak bo‘lganidan ko‘plab marta kam. Shunday qilib, tashqi kuchlarning ta’siri ostida sirpanish birinchi navbatda kristall tuzilishining dastlabki nomukammalligi - dislokatsiyalarga ega bo‘lgan tekisliklarda hosil bo‘ladi. Dislokatsiyalar soni plastik deformatsiya jarayonida oshadi deb taxmin qilinadi.Dislokatsiyalarni surish uchun kerakli siljituvchi kuchlanish kattaligi, berilgan tekislikdagi hamma atomlarni bir vaqtda siljitish uchun kerak bo‘lganidan ko‘plab marta kam. Shunday qilib, tashqi kuchlarning ta’siri ostida sirpanish birinchi navbatda kristall tuzilishining dastlabki nomukammalligi - dislokatsiyalarga ega bo‘lgan tekisliklarda hosil bo‘ladi. Dislokatsiyalar soni plastik deformatsiya jarayonida oshadi deb taxmin qilinadi.Kristallik tuzilishining to‘g`riligi buzilishi oqibatida dislokatsiyalar atrofida kuch maydoni bo‘ladi. Dislokatsiyalar orasidagi masofa nibatan kam bo‘lgan hollarda kuch maydonlari o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Bir ishorali dislokatsiyalar itariladi, turli ishoralilari esa tortishadi. Qandaydir darajagacha plastik deformatsiya jarayonida siljituvchi kuchlanishning oshishi deformatsiya vaqtida bir xil ishorali dislokatsiyalar sonini ko‘payishining oqibati bo‘lishi mumkin.Dislokatsiyalar nazariyasi plastik deformatsiya paytida ro‘y beradigan ko‘plab hodisalarni tushuntirib beradi. Sirpanish mexanizmini tushuntiruvchi boshqa taxminlar ham bor. Masalan, Ya.I.Frenkel va T.A.Kontorova kristall tuzilish to‘g`riligida maxalliy buzilishlar bo‘lmaganda ham kristall panjara atomlarini bir turg`unlik holatidan boshqasiga asta - sekin o‘tishi yo‘li bilan sirpanish amalga oshishi mumkin deb hisoblaydilar.Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling