Mavzu: Plastmassali detallar tayyorlash texnologiyasi Reja: Plastmassali detallar turlari va tuzilishi. Plastmassa detallarni biriktirish usullari


Polimer pardozlash-bezak materiallari


Download 45.02 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi45.02 Kb.
#1564293
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Plastmassali detallar tayyorlash texnologiyasi

Polimer pardozlash-bezak materiallari. Pardozlash bezak materiallariga polimerlardan tayyorlangan binolarni ichki tomondan bezashda ishlatiladigan, issiqlik va tovush izolyatsiyasi buyumlari kiradi. Bundan tashqari ko‗pchilik to‗suvchi polimer materiallarni ham pardozlash-bezak ishlarida foydalanish mumkin. Pardozlash list materiallariga qog‗oz qatlamli manzarali plastiklar, ―poliform‖, ―polidekor‖ manzarali panellar va boshqalar kiradi.
Qog„oz qatlamli manzarali plastiklar avvaldan fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid polimerlari shimdirilgan maxsus qog‗ozni issiq holatda presslab tayyorlanadi. Plastik uzunligi 1000-3000 mm, eni 600-1600 mm, qalinligi 1-5 mm o‗lchamlarda list ko‗rinishida ishlab chiqariladi. Plastikning ustki qatlami turli rangda, gulli, bo‗rtma gulli, relefli tipografiya usulida tayyorlangan qog‗ozdan yasaladi. Odatda rasm yog‗och (dub, yong‗oq, yasen, buk) teksturasini, qimmatbaho toshlar (marmar, malaxit, yantar va sh. k.) ko‗rinishini ifodalaydi. Bundan tashqari abstrakt rasmlar ham tushirilgan bo‗lishi mumkin.
Qalinligi 1,6 mm bo‗lgan plastiklar bitum-rezinali, epoksidli, rezorsin-formaldegidli yelimlar va mastikalar yordamida maxkamlanadi. Bundan qalin plastiklar asosga mexanik usulda (mix, shurup vositasida) mahkamlanadi.
Qog‗oz qatlamli plastiklar madaniy, maishiy, savdo, jamoat binolarining ichini pardozlash va mebel tayyorlashda ishlatiladi.
Bezak polistirol plitkalari (“poliform”) zarbga chidamli polistirol polimeriga ko‗pirtiruvchi qo‗shimcha aralashtirib tayyorlanadi. ―Poliform‖ plitkalarini quyish mashinalari bo‗rtma o‗ng yuza hosil bo‗lishini ta‘minlaydigan qoliplar bilan jixozlangan. Plitkalar o‗lchami 500x500x8-10mm (13.7-rasm). Plitkalarning perimetri bo‗ylab mix va shuruplar o‗tkazish uchun teshiklar qoldirilgan. ―Poliform‖ plitkalari (panellari) bilan madaniy, maishiy va ma‘muriy binolarning devorlari, shiplari, interer elementlari, suriladigan pardevorlar pardozlanadi. ―Polidekor‖ bezak panellar polivinilxlorid polimerlaridan tayyorlangan manzarali yupqa qattiq pardani vakuum presslash usulida bo‗rtma yuzali qilib olinadi.
Bezakli ustki tomoni yog‗och o‗ymakorligi, o‗yma naqshli metallni imitatsiya qilinadi (13.8-rasm). Panellarning o‗lchami 1850x955x0,6 mm. Ular ma‘muriy va jamoat binolarining zallari, xollari devorlarini bezash uchun ishlatiladi.


Download 45.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling