Mavzu: Po’lat Mo’minning “ Vatan – bu…


Download 39.43 Kb.
bet2/3
Sana08.11.2023
Hajmi39.43 Kb.
#1757077
1   2   3
Bog'liq
2 sinf yil fasllari mavzusida dars i

Yomg’ir guruhiga:

  1. 2017 –yil qanday yil deb e’lon qilindi?

  2. Atrofimizdagi olam nima?

  3. Jonli tabiatga misollar keltiring.

  4. Moddalar qanday holatda bo’ladi?

Shudring guruhiga:
1.Harakatlar strategiyasi necha yo’nalishdan iborat?
2. Atrofimizdagi olamni nimalar yordamida sezamiz?
3. Jismlar nimalardan iborat?
4. Kuz fasli qaysi oylardan iborat?


Shamol guruhiga:

  1. Kuz faslida qanday bayramlar nishonlanadi?

  2. Jonsiz tabiatga misollar ayting.

  3. Mis,oltin,tuz,suv,shakar bular …………..

  4. Tabiiy jismlarga misollar keltiring.

O’quvchilar tezkor savollarga javob beradilar.
O’tgan darsdagi “ Ob – havo “ mavzusi asosida savol-javob o’tkaziladi.
O’tgan mavzu bo’yicha guruhlarga topshiriqlar beriladi.
Yomg’ir guruhiga: Ob-havo deganda nimani tushunasiz?
Shudring guruhiga: Ob-havoning qanday ekanini nimaga qarab aniqlanadi?
Shamol guruhiga: Termometrlar bilan nima o’lchanadi?
Qani o’quvchilar,ob-havo darakchilari va belgilarini aytib bering-chi.
O’quvchilar ob-havo belgilarini aytadilar.
-Tutun yuqoriga tik ko’tarilsa,ob-havo o’zgarmaydi.
-Tunda shudring,qirov qalin tushsa,ertasiga havo ochiq bo’ladi.
- Baqalar qurillay boshlasa, havo ayniydi.
-Qaldirg’och pastlab uchsa,yomg’ir yog’adi.
-Kechasi osmonda yulduzlar charaqlab tursa ,ertaga havo ochiq bo’ladi.
-Kuzda daraxtlarning barglari tepasidan to’kilishni boshlasa,qish sovuq keladi.
O’quvchilar bergan javoblari umumlashtiriladi.
O’quvchilarning aqliy zo’riqishlarining oldini olish maqsadida quvnoq daqiqa o’tkaziladi.
Sahna ko’rinishi namoyish etiladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Yil fasllari.

  • O’quvchilar bir yil necha fasldan iborat?

  • Bir yil to’rt fasldan iborat.

  • Y il fasllari ingliz tilida qanday nomlanadi?

  • Qish-winter

  • Bahor –spring

  • Yoz- summer

  • Kuz-autumn

Endi yil fasllarini rus tilida qanday atalishini ayting.
-Qish -зима
-Bahor-весна
-Yoz-лето
-Kuz-осень
Bizning yurtimizda har yili to’rt fasl navbat bilan almashib keladi.Bu bahor,yoz,kuz va qish fasllaridir.Har bir faslning ob-havosi bir-biridan farq qiladi.O’simliklarning rangi ham har faslda turli ko’rinishda bo’ladi.
Fasllar almashinishi Quyoshga bog’liq.Quyoshdan kelayotgan nur sochib turmaganda Yer yuzi sovuq va qorong’i bo’lar edi.Yerda hayot bo’lmas ,osimliklar o’smas edi.


Ob-havo ham Quyoshga bog’liq.Yozda Quyosh baland ko’tariladi.Uning nuri Yer yuzasiga tik tushadi,shuning uchun kunlar uzun va issiq bo’ladi.


Qishda esa Quyosh baland ko’tarilmaydi,nuri qiya tushadi.Shuning uchun kunduz qisqa bo’lib,kechasi uzun bo’ladi,havo sovuq bo’ladi.
Kuz va bahor fasllarida Quyoshning balandligi o’rtacha bo’ladi.Shu sababli kunlar issiq ham bo’lmaydi,sovib ham ketmaydi.

Download 39.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling