Mavzu: polimer kompozitsion materiallariga ishlov berish va ishlab chiqarish


Download 214.14 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi214.14 Kb.
#1295980
Bog'liq
MAVZU (1)


MAVZU: POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARIGA ISHLOV BERISH VA ISHLAB CHIQARISH.
REJA:
1. Polimer materiallari haqida asosiy tushuncha palimer materiallarining turlari
2. Polimer materiallariga ishlov berish va ishlab chiqarish.
Mutaxassislar tomonidan biz yashayotgan XXI asr plastiklar asri bо‘lishi ta’kidlangan. Chunki, bu asrda plastmassalar asosiy konstruksion materialga aylanadi.
Hozirgi vaqtda sanoatda yog‘och va metallar bilan birgalikda plasmassalar ham keng kо‘lamda ishlatilmoqda. Chunki, yog‘och va metallarga nisbatan plasmassalarning tannarxi arzon hisoblanadi.
Tarixda ma’lum davrlarni tosh asri bronza asri va temir asri deb atalgan. Chunki, bu davrlarda tosh, bronza va temir asosiy konstruk sion material hisoblangan. Yaqin о‘tmishdagi XVIII va XIX asrlarni metallar asri deb atash mumkin. Chunki, bu davrlarda asosiy konstruksion material sifatida qora va rangli metallardan foydalanilgan.
XX asrda esa xalq xо‘jaligining barcha sohalarida metall va uning qotishmalari bilan birgalikda metallmas materiallar: polimer, plastmassa, kauchuk, rezina, beton, temirbeton, sopol va boshqa konstruksion materiallardan yasalgan konstruksiyalar, elementlar va detallar keng qо‘llanildi. Xususan, pо‘latdan qattiq va pо‘kakdan yengil plastiklar yaratildi, mashina va samolyot dvigatellari sopoldan yasaldi, beton va temirbetondan ulkan inshootlar bunyod qilindi. Shuning uchun bu asrni shartli ravishda metall va metallmaslar asri deb atash mumkin.
Polimer deganda molekulalari yuzlab va minglab atomlarning о‘zaro valentlik bog‘lanishidan hosil bо‘lgan yuqori molekulyar birikma tushuniladi. Ular tabiiy, sun’iy yoki sintetik bо‘lishi mumkin. Polimerlar bir necha mingdan tortib, to bir necha milliongacha atomdan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun’iy bо‘ladi. Tabiiy polimerlarga sellyuloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar, sun’iylariga esa organik shisha, polietilen, viskoza, kapron, neylon, sintetik kauchuk va boshqalar kiradi.
Yuqori molekular organik birikmalar yoki ularning guruhlari, kо‘pincha, smolalar deb ataladi.
Tabiiy polimerlarga sellyulozaTabiiy polimerlarga sellyuloza
Jun
ipak
tabiiy kauchuk
va boshqalar
sellyuloza
Sun’iy polimerlarga esa
organik shisha
polietilen
viskoza
kapron
neylon
sintetik kauchuk
Ip
Plyonka
List va turba
Polimer materiallardan istalgan shakldagi xilma-xil buyumlar olish mumkin
Oddiy platmassalar asosan bir xom ashyodan- smoladan iborat bo’ladi (pleksiglas, polistirol, polietilen). Murakkab plastmassalar esa bir nechta, ma’lum bir vazifani bajaruvchi, xom ashyo materialardan foydalanib olinadi: 1.Bog’lovchilar(smola, bitum) plastmassa tarkibidagi ayrim zarrachalarni o’zaro bog’lashga xizmat qiladi.
2.To’ldiruvchilar plastmassalarning xossalarini yaxshilab, narxini pasaytiradi. To’ldiruvchi sifatida yog’och qirindisi, arrato’pon, to’qima, chiqindi iplar, qog’oz va gazlama chiqindilari va b. ishlatiladi.
3.Mayinlashtiruvchilar plastmassalarning mayinligini oshiradi. Komfora, kana-kunjut moyi, dibutilftolat kabilar ularning vakillari xisoblanadi.
4.Katalizatorlar polimerlarning qotish jarayonini tezlashtiruvchilar bo’lib, ularga magneziya, urotropin, oxak kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
5.Stabilizatorlar(kraxmal, jelatin, qo’rg’oshii surigi va b.) palstmassalarning issiqqa chidamligini oshiradi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
6.Qotiruvchilar makromolekulalarni tikib chiziqli strukturasini fazoviyga aylantiradi(S).
7.Boyoqlar plastmassa buyumlarga chiroyli ko’rinish bilan birga issiqlik yutish yoki chiqarish xossalarini o’zgartirishga xizmat qiladi.
8.Moylovchi moddalar presslash vaqtida palastmassaning qolip devoriga yopishib qolishdan asraydi.
Termoreaktiv palstmassalar bir marta qizdirib bosim bilan ishlov berilgach qayta erimaydi. Bundaylarning asosiy qismini fenolformaldegid smolalik plastmassalar tashkil qiladi. Ularga misol qilib tekstolit, asbotekstolit, getinaks, epoksiplastlar, aminoplastlar va b. ni ko’rsatish mumkin.
Plastmassalardan turli buyumlar yasash uslublari
Polimerlardan qizdirilgan holda va quyidagi uslublarda turli buyumlar yasaladi(49-rasm):
1.Qoliplash orqali plastmassalardan murakkab shaklli katta buyum va detallar yasaladi. Buning uchun maydalangan tola, epoksid smola va qotiruvchi aralashmasi qizdirib suyultirilgan holda, maxsus pistolet yordamida qolipga sepiladi va qotgandan so’ng ajratib olinadi.
2.Bosim ostida quyish orqali turli plastmassalardan(polietilen, kapron va b.) har xil detallar bosim bilan quyish mashinalarida yasaladi. Bu uslubda ham plastmassa ma’lum darajada qizdirilib bosim ostida qolipga qoyiladi va qotgach undan ajratib olinadi.
3.Bosimsiz quyish uslubida nisbatan oddiy buyum va detallar yasaladi.
4.Presslash uslubida qizdirilgan pressforma bo’shlig’iga xom-ashyo (plastmassa) solinib presslanadi va qotgach qolipdan ajratiladi.
5.Siqib chiqarish uslubi(ekstruziya)da ko’ndalang kesimi turlicha uzun buyumlar(trubalar, sterjenlar, lentalar va b.) olinadi. Buning uchun plastmassalar qizdirilib «ekstruder» teshigidan siqib chiqariladi. Bu uslubda
polietilen plyonkalar ham olinadi(49-rasm, a).
6.Vakuum va pnevmatik uslubda organik shishadan murakkab shakldagi buyumlar (optika va yorug’lik texnikasi detallari) va reaktoplastlardan turli yirik o’lchamli buyum va detallar tayyorlanadi.
7.Payvandlash yordamida termoplast detallar kontakt uslubida ulanadi. Reaktoplast detallar esa yuqori chastotali tok TVCH va ultratovush UVCH yordamida ulanadi(49-rasm, d, e, j).
8.Elimlash palstmassa buyumlardan o’zaro yoki metall buyumlar bilan birikmalar hosil qilishda qo’llaniladi. Bunda BF -2, BF-4, VK-32-200, PK-5, epoksid smola va b. elimlardan foydalaniladi.
Polimerlardan har xil plastmassalar, sun’iy tolalar (neylon, lavsan), loklar, kleylar, emallar va boshqa materiallar ishlab chiqariladi. Haroratga bо‘lgan munosabatiga qarab termoplastik va termoreaktiv polimerlar bо‘lishi mumkin.
Termoplastik polimerlarni bir necha marta qizdirib (yumshatib) har xil shaklga keltirish va ishlov berish mumkin. Ular chiziqli molekulyar strukturaga ega bо‘ladi. Ularga polietilen, poliproplen, polivinilxlorid va boshqalar misol bо‘ladi.
Termoreaktiv polimerlar bir marta qizdirilib (yumshatilib) ma’lum shaklga solingandan keyin harorat ta’sirida yumshamaydigan bо‘lib qoladi.Bunday polimerlar fazoviy strukturali bо‘ladi.
Xossalari va vazifasiga qarab polimerlar quyidagi turlarga bо‘linadi.
1. Plastik massalar (plastmassa) faqat yuqori harorat ta’sirida yumshaydigan, mustahkamligi yuqori va nisbatan kam eguluvchan qattiq materiallar;
2. Sintetik tolalar kamida 180-200o Sdan keyin yumshab chо‘ziladigan mustahkam iplar;
3. Kauchuklar yuqori harorat ta’sirida xam о‘z elastikligini saqlaydigan polimerlar;
4. Lok va bо‘yoqlar metall, yog‘och va shisha materiallar bilan mustahkam bog‘lanib harorat, havo va mexanik ta’sirlardan ularni himoya qiluvchi polimerlar.
Plastmassa turlari va ularni qо‘llanilishi.
Plastmassa (plastik) deb – polimerlar asosida olingan mustahkam, qattiq va elastik materialga aytiladi.
Plastmassa – yunoncha “plastic” – “qayishqoq” va lotincha “massa” –“yumaloqlangan narsa” sо‘zlarining birikmasidan tashkil topgan.
Plastmassalar ham polimerlarga о‘xshab harorat ta’sirida plastik xususiyatga ega bо‘lib har xil shaklga kirishi mumkin. Plastmassalarning xossalari ularning asosiy tashkil qiluvchi polimer xossalariga kо‘p jihatdan bog‘liq. Shunga qarab termoplastlar va termoreaktiv plastmassalar (reaktoplastlar) farq qilinadi. Kо‘pchilik plastmassalar tarkibida polimerdan tashqari tо‘ldiruvchilar va qotiruvchilar, katalizatorlar, stabilizatorlar,
mayinlashtiruvchilar (plastifikatorlar), bо‘yovchilar va moylovchi materiallar bо‘lishi mumkin.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
Download 214.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling