Kauchuk (tupi tilida "kau" — daraxt va "uchu" — oqmoq) — rezina va rezina buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan elastik material. Tabiiy va sunʼiy (sintetik) xillarga boʻlinadi.
Kauchuk (tupi tilida "kau" — daraxt va "uchu" — oqmoq) — rezina va rezina buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan elastik material. Tabiiy va sunʼiy (sintetik) xillarga boʻlinadi.
Tabiiy kauchuklar — asosan, braziliya geveya daraxtining sutsimon shirasi — lateks va kauchukli daraxtlardan olinadi. Olingan lateks kayta ishlanib, xom — texnik kauchuk hosil qilinadi. Uning tarkibida 93—94% K., 2,4—2,9% oqsil, 0,3% kul, 0,3% kand moddalari va 2,5—3% smola bor.
Sintetik kauchuklar. turli birikmalarni polimerlab va sopolimerlab olinadi. Suyuq kauchuklarlar, ularning suvdagi dispersiyasi (sintetik latekslar), shuningdek, polimerlanish jarayonida yogʻ, qorakuya va boshqa to’ldiruvchilar qo’llab olinadigan kauchuklar ham sintetik kauchuklardir.

Sintetik kauchuklar yog va b. organik moddalarga (mas, butadiyen - nitril kauchuklar), issiq va sovuqqa (mas, kremniy organik kauchuklar) chidamli boʻlishi kerak.
Baʼzi sintetik kauchuklar texnik xossalari (mas, issiqqa, erituvchilarga, yemiruvchi muhitlarga va ishqalanishga, yorugʻlik va ozon taʼsiriga chidamliligi, gaz oʻtkazmasligi va b.)ga koʻra, tabiiy kauchuklardan afzal.
Adabiyotlar
A.V.Belotsvetov, S.D.Beskov, N.G.Klyuchnikov Ximicheskaya texnologiya. M."Prosvesheniya". 1976.
Otakuziev T.A., A.A.Ismatov, N.P.Ismoilov, F.M.Mirzaev "Noorganik metallar kimyoviy texnologiyasi" T."Uzbekiston" 2002 y.
J.Isroilov. Sanoatning eng muxim tarmoklari texnologiyasi asoslari. T."Ukituvchi". 1978.
Sh.M.Mirkomilov Kimyo texnologiya ma`ruzalar matni. Nizomiy nomidagi TDPU 2000 y
Sh.M.Mirkomilov, X.U. Maxsudxonov, O.Iskandarov. Kimyoviy texnologiya fanidan amaliy ishlar, masala – mashklar va testlar tuplami. T. "Universitet" 2006.
http://kompy.info
Do'stlaringiz bilan baham: |