2. CHIZIQSIMON AMORF POLIMERLARNING FIZIKAVIY HOLATI VA XUSUSIYATLARI Ma’lumki, moddalarning qaynash temperaturalari molekulyar og’irlik ortib borishi bilan ko’tariladi. Odatda polimerlarda molekulyar og’irlik nihoyatda katta bo’lgani uchun ularning qaynash temperaturalari juda yuqori bo’ladi. Shuning uchun hamma mavjud bo’lgan polimerlarning qaynash temperaturalari ularning parchalanish temperaturasidan yuqori bo’ladi, shu sababdan polimerlarni gazsimon holatga o’tkazib bo’lmaydi. - Qattiq moddalar kristall yoki amorf holda bo’lgani singari polimerlarda ham amorf yoki kristall holatlar mavjud. Oddiy jismlarning amorf holatlari yaxshi o’rganilgan. Ko’pgina hollarda jismlarni o’ta tez sovitsak, amorf ko’rinishga o’tadi. Masalan, glitserin yoki suvni tez sovitganimizda hosil bo’lgan amorf massa tiniq va mo’rt bo’lib, shishani eslatadi. Moddalarning bunday holati shishasimon holat deyiladi.
- Suyuq holatdagi polimerlar ham amorf tuzilishda bo’lib, ko’p xususiyatlari bilan oddiy suyuqliklarni eslatadi. Ular ham ozgina tashqi kuch ta’sirida shaklini qaytmas darajada o’zgartiradi. Ammo oddiy suyuqliklardan polimer suyuqliklarining qovushoqligi juda katta bo’lishi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham polimerlarning oquvchanligi oddiy suyuqliklar oquvchanligidan tubdan farq qiladi. Polimerlarning bunday holati qovushoq-oquvchanlik holati deyiladi.
- Amorf polimerlarda yuqorida qayd qilingan ikki holatdan tashqari uchinchi holat ham mavjud. Bu holat polimerlarning yuqori elastiklik holati deyiladi. Bu holat faqat polimerlar uchun xosdir. Shu holatdagi polimerlar uncha katta bo’lmagan kuch ta’siri ostida katta qaytar deformatsiyaga uchraydi. Bu holat polimerning qovushoq-oquvchan holati bilan shishasimon holati orasida vujudga keladi.
- Polimerlarni bir holatdan ikkinchi holatga o’tish temperaturalari oralig’i termomexanik usul bilan aniqlanadi. Bu usul polimer deformatsiyasini doimiy mexanik kuch ta’siridagi keng temperatura oralig’ida o’lchashga asoslangan. Odatda tajriba uchun turli maxsus qurilma asboblardan foydalaniladi va olingan natijalar asosida o’rganilayotgan polimer deformatsiyasining temperaturaga bog’liqlik grafigi chiziladi. Bu grafik
Do'stlaringiz bilan baham: |