Mavzu: Politilen quvurlarni biriktirish
Download 0.81 Mb.
|
Muhandislik komunikatsiyalari montaji va ekspluatatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat
Farag’ona Politexnika instituti 10-20MKQ guruh talabasi Salimjonov Samandarning Muhandislik komunikatsiyalari montaji va ekspluatatsiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishiMavzu: Politilen quvurlarni biriktirish
Polietilen quvurlar dielektrik material hisoblanadi. Shuning uchun, yerga yotqizilganda ularga «adashgan» toklar ta’sir qilmaydi. Ular ko‘pchilik kimyoviy muhitlarga yaxshi chidaydi, ichidan korrozion muhit oqqanda ham himoya qoplamlari surkashni talab qilmaydi.
Quvuming ichki sirti silliq bo‘lgani uchun oqayotgan muhit bilan ishqalanish kuchi cho‘yan va po‘lat quvurlardagiga nisbatan taxminan 30 foiz kichik bo‘ladi. Ulaming ichki sirtiga korroziya cho‘kindilari o‘tirib qolmaydi, shuning uchun ulami o‘tkazish hususiyati har doim birdek saqlanadi.
Polietilen quvurlaming aytib o'tilgan afzalliklaridan tashqari quyidagi kamchiliklari ham bor. Ulaming chiziqli koeffitsenti po‘lat quvurlamikidan 18 marta katta, shuning uchun bunday suv o‘tkazuvchilami montaj qilishda kompensatsiyalovchi qurilmalami ko‘zda tutish lozim.
Polietilenning issiqlik o‘tkazuvchanligi po‘latning issiqlik o‘tkazuvchanligidan 150 marta kichik, shu tufayli harorat ko‘tarilganda kata ichki zo‘riqishlar vujudga kelib, polietilerniing puxtaligi yo‘qolishi mumkin.
Polietilen quvurlardan tempraturasi 45°C dan oshmaydigan suv oqizish mumkin, shuning uchun ulami isitish va issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida ishlatib bo‘lmaydi.
Rastrubli biriktirish. Ichki oqova suv tizimlari uchun polietilen quvurlar va shakldor qismlami biriktirishning asosiy usuli rezina xalqali, rastrubli biriktirishdir. Rastrubtiing germetikligi rezina xalqaning rastrub devorlari bilan quvuming silliq uchi orasida qisilishi hisobiga ta’minlanadi.
Polietilen quvurlardan qilingan ichki oqova suv tizimlarini montaj qilishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak. Parallel yotqizilgan isitish va issiq suv bilan ta’minlash tizimlarining polietilen va po‘lat quvurlari orasidagi masofa kamida 100 mm, ular kesishib o'tganda esa kamida 50 mm bo‘lishi kerak.
Polietilen quvurlar qurilish konstruksiyalari orqali o‘tgan joylarda ulaming ustiga qalinligi 3 mm li azbest listi o‘raladi. Polietilen quvurlar bilan qurilish konstruksiyalari orasidagi masofa kamida 2,0 mm bo‘lishi lozim.
Polietilen quvurlami qurilish konstruksiyalariga mahkamlash uchun metall xomutlardan foydalanish kerak. Skobalar bilan quvurlar orasiga bo'rtiqli qistirmalar qo‘yiladi. Qistirmaning qalinligi 1,5 mm. Mahkamlanish joylari orasidagi masofa 1,5 m dan oshmasligi kerak. Suv o‘tkazuvchilaming polietilen detallarini mexanikaviy nagruzka va zarblardan asrash kerak.
E’tiboringiz uchun raxmat
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling