Mavzu: Portland sement ishlab chiqarishdagi uskunalar Reja


Portlandsement 1824 yildan Angliyada ishlab chiqarilgan


Download 68.06 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi68.06 Kb.
#1835696
1   2   3
Bog'liq
rajapboyev jasurbek. referat01

Portlandsement 1824 yildan Angliyada ishlab chiqarilgan.
Qurilish sohasida eng ko‘p foydalaniladigan sementning ushbu turi ko‘plab korxonalarda, jumladan, «Turon Eco Cement» MCHJda ham ishlab chiqariladi.
Korxona mahsulotlari sifat sertifikatiga ega!


Portlandsement

Standart:GOST-31108-2003, GOST 30515-97
Ishlab chiqarish jarayoni:

  • ohaktosh va soz tuproq qazib olish;

  • ohaktosh va tuproqni premiks hosil qilish uchun yanchish;

  • xom-ashyo uni olish uchun premiksni maydalash;

  • xom-ashyo unini kuydirish orqali klinker hosil qilish;

  • gips va mineral qo’shimchalar qo’shib klinkerni maydalash va sement hosil qilish;

  • iste'molchilarga sementni qadoqlangan va qadoqlanmagan holatda jo’natish.

Qo’llanilishi:Umumqurilish portlandsementi temirbeton ishlarida, ko’piksimon beton ishlab chiqarishda, beton ishlarida, umumqurilish ishlarida, trotuar va yo’l plitalari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Shakli va qadoqlanishi:Umumqurilish portlandsementi polietilen to’shamali polipropilen qoplarda, ko’p qavatli qog’oz qoplarda 50 kg holatda yoki temir yo’l vagonlari, maxsus yuk mashinalari orqali iste'molchilarga etkazib beriladi.
Markasi: SEM II/A-I 32,5 N
Markasi: SEM I 32,5 N
Markasi: SEM II/A-З 32,5 N
Umumqurilish sementining SEM II/A-I 32,5 N; SEM I 32,5 N; SEM I 42,5 N; SEM II/A-Z 32,5 N markalari GOST-31108, GOST 30515 talablari bo’yicha ishlab chiqariladi.


Portlandsementning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning qanchalik mayin tuyilganligiga bogʻliq. Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka bilan belgilanadi, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Portland sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material shuncha sifatli hisoblanadi). Uning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga aktiv va inert mineral qo’shimchalar qo’shishga ruhsat etiladi. Inert qo’shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvarsqum va boshqalar) miqdori 10% dan, aktiv (trepel, diatomit, vitrofir, trass, shlak va boshqalar) qo’shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo’shimchalar 20% va undan ko’proq bo’lishi mumkin. U holda maydalangan mahsulot nomi qo’shilganiga qarab, ya’ni qo’shilma sifatida donador domna shlagi ishlatilsa shlak-portlandsement deb, tabiiy gidravlik qo’shilmalari ishlatilsa putssolon-portlandsement deb ataladi.
Klinker tayyorlaganda unga odatda ko’pi bilan 3% gips qo’shiladi bu bilan sementning tishlashish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossasiga yaxshi ta’sir qiladi. Portlandsemet klinkeri ishlab chiqarish uchun xomashyo materialllari sifatida gil yoki iyoss va ohaktosh jinslar ishlatiladi.
Standartga ko’ra, portlandsement tarkibida ishqor 1-2% miqdorda bo’lishi mumkin, ammo gidrotexnik betonlar uchun 0,6% dan, yer usti konstruksiyalarini qurishda ishlatiladigan qorishma va betonlar uchun esa 1% dan ortiq ishqor bo’lgan portlandsement ishlatish tavsiya etilmaydi. Fosfat angidrid 1,5-2% dan ortsa, portlandsementning qotish jarayoni sekinlashadi. Sementda 4% gacha titan ikki oksidi bo’lsa, u salbiy ta’sir ko’rsatmaydi, ammo ko’p bo’lsa mustahkamligi kamayadi.


Download 68.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling