Ayni paytda klinkerni maydalashda tog‘ jinslari, gliyej, kvars va shpatli qum hamda boshqa minerallarni o‘z ichiga olgan kompozitsiyalardan faol mineral qo‘shimchalar sifatida foydalanilmoqda. Buning samarasida qimmatbaho klinker tejalmoqda, sement tannarxi pasayib, uning qurilish-texnik xususiyatlari yaxshilanmoqda. Ushbu texnologiya ayni paytda “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida o‘zlashtirildi. - Ayni paytda klinkerni maydalashda tog‘ jinslari, gliyej, kvars va shpatli qum hamda boshqa minerallarni o‘z ichiga olgan kompozitsiyalardan faol mineral qo‘shimchalar sifatida foydalanilmoqda. Buning samarasida qimmatbaho klinker tejalmoqda, sement tannarxi pasayib, uning qurilish-texnik xususiyatlari yaxshilanmoqda. Ushbu texnologiya ayni paytda “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida o‘zlashtirildi.
- “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining tarkibida temir mavjud bo‘lgan chiqindisi – metall kuyindisi asosida loyli burg‘ilash suyuqligi uchun import o‘rnini bosadigan “OK” va “Kompozit” og‘irlashtirgichlari ishlab chiqildi. Neft-gaz tarmog‘i uchun maxsus mo‘ljallangan mazkur mahsulotlarning foydalanish xususiyati zamonaviy talab va me’yorlarga to‘liq javob beradi. Ular asosida neft-gaz quduqlarini mustahkamlashga mo‘ljallangan og‘irlashtirilgan sement ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. Yuqori darajada qotish va zarur texnologik xususiyatga ega ushbu sement narxi mamlakatimizda ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan boshqa sementlarga nisbatan arzondir. Toshkent viloyatining Saribuloq konidagi “Neftgazmineral” sho‘ba korxonasining maydalash bo‘limida ishlab chiqarilgan “Okalin” og‘irlashtirgichining yirik tajriba-sanoat to‘plami “O‘zgeoburneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasining burg‘ilash uchastkalarida loyli burg‘ilash suyuqligini tayyorlashda foydalanildi. Uning asosida tamponaj sement tarkibi ishlab chiqildi va “O‘zgeoburneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasining burg‘ilash uchastkalarida foydalanish uchun tavsiya qilindi. Bundan tashqari, sement ishlab chiqarish va neft-gaz qazib olish tarmog‘ida okalindan foydalanishni ta’minlaydigan standart (Ts) ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |