Mavzu: Portlandsement ishlab chiqarishda sanoat chiqindilaridan foydalanish


Download 0.5 Mb.
bet1/5
Sana04.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1327421
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Portlandsement ishlab chiqarishda sanoat chiqindilaridan foydalanish

MAVZU:Portlandsement ishlab chiqarishda sanoat chiqindilaridan foydalanish

Reja:

Bugungi kunda mamlakatimizda portland sementning deyarli barcha turlari ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda ushbu qurilish materialiga bo‘lgan talab muttasil oshmoqda va buning natijasida portland sement muhim strategik resursga aylanmoqda. Portland sementning xususiyatlari uni ishlab chiqarishda foydalaniladigan mineral qo‘shimchalar va to‘ldirgichlar bilan bog‘liqdir.

  • Bugungi kunda mamlakatimizda portland sementning deyarli barcha turlari ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda ushbu qurilish materialiga bo‘lgan talab muttasil oshmoqda va buning natijasida portland sement muhim strategik resursga aylanmoqda. Portland sementning xususiyatlari uni ishlab chiqarishda foydalaniladigan mineral qo‘shimchalar va to‘ldirgichlar bilan bog‘liqdir.
  • Mamlakatimiz sement zavodlarida har yili 15 turdagi 7 million tonnagacha sement ishlab chiqarilmoqda. Qurilish tarmog‘i va sanoatda umumiy maqsadlarda foydalaniladigan sement, neft va gaz quduqlarini sementlash uchun mo‘ljallangan tamponj sement, gidrotexnik inshootlar qurilishida qo‘llaniladigan sulfatga chidamli sement shular jumlasidan. Bundan tashqari, mamlakatimizda bezak ishlarida foydalaniladigan oq sement ham ishlab chiqarilayotir. O‘tgan yili Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida Jizzax sement zavodi foydalanishga topshirildi. Ushbu hududda sement tayyorlash uchun asosiy xomashyo – yuqori sifatli ohaktosh qatlamlarining mavjudligi ushbu zavod qurilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida faoliyat yuritayotgan mazkur korxona yiliga 350 ming tonnagacha oq sement va 760 ming tonna portland sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zavodda ishlab chiqarilgan oq sementdan pardozlash ishlari va sun’iy marmar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Ta’kidlash joizki, oq sementning 70 foizini eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling