Mavzu: portlatish vositalari haqida ma`lumot
Download 118.72 Kb.
|
7-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- DETONATSIYALOVCHI SHNUR
ELEKTRODETONATORLAR
Elektrodetonator bu elektr alangalantigichli KD bo‘lib, sanoat Pmlari yoki DSHda boshlang‘ich impulsni yuzaga keltirish vazifasini bajaradi. Birdaniga portlaydigan ED – 8 – J elektrodetonatori: 1-gilza; 2-detonatorning birlamchi va ikkilamchi zaryadlari; 3-ikki qatlamli alangalantiruvchi golovka; 4-ko‘prikcha; 5-elektr o‘tkazgichlar (simlar); 6-plastik qopqoqcha. EDlar quyidagi belgilari bo‘yicha turlarga ajratiladi: Initsiyalovchi PM zaryadining turi va miqdoriga ko‘ra: shaqildoq simob-tetrilli va azid-tetrilli. Ishga tushish vaqtiga ko‘ra: birdaniga portlovchi, qisqa sekinlashtirilgan va sekinlashtirilgan. Konstruktiv tuzilishi va qanday maqsadda qo‘llanilishi bo‘yicha: umumiy sharoitlarga mo‘ljallangan, seysmik razvedka ishlariga mo‘ljallangan, neft skvajinalarini torpedalashga mo‘ljallangan va boshq. Qo‘llanish sharoitiga ko‘ra: quruq yoki suvli joylarda qo‘llanuvchi, gaz va chang bo‘yicha xavfli yoki xavfsiz sharoitlarda qo‘llanuvchi. Quvvatiga ko‘ra: normal va yuqori initsiyalash quvvatiga ega bo‘lgan ED lar. Karton qutiga birdaniga portlaydigan EDlar 40-70 donagacha (simining uzunligiga bog‘liq holda), qisqa sekinlatilgan va sekinlashtirilgan EDlar 40-60 donagacha solinib (5-10 qatordan) qadoqlanadi. DETONATSIYALOVCHI SHNUR Detonatsiyalovchi shnur KD yoki ED yordamida uzoq masofada joylashgan sanoat portlovchi moddalari zaryadini detonatsiyalash uchun qo‘llaniladi. DSH markazi yuqori brizantli TEN portlovchi moddasidan tuzilgan bo‘lib, uning usti spiralsimon ko‘rinishda ip o‘ramlar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Oraliq o‘rami lak bilan bo‘yalgan bo‘ladi. DSH KD yoki ED yordamida portlatiladi. SHnurning zarba, olov va olov uchquniga sezgirligi past bo‘lib, montaj ishlarida uni yog‘och doskaning ustiga qo‘yib pichoq yordamida kesish mumkin. Lekin shnur jangavor patron yoki zaryadga tushirilgan bo‘lsa uni kesish ta’qiqlanadi. SHnurning parafinli izolyasiyasi uning suvga chidamliligini 12 soat va undan ham ko‘proq vaqt davomida saqlashini ta’minlaydi.
Download 118.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling