Mavzu: Power Point dasturida slaydlar yaratish. Reja


Ovoz yoki filmlar o‘rnatish


Download 29.38 Kb.
bet6/8
Sana06.02.2023
Hajmi29.38 Kb.
#1169508
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
power point

Ovoz yoki filmlar o‘rnatish. Power Point dasturining imkoniyatlaridan biri unda prezentatsiyalarga ovoz va filmlarni biriktirishdir. Buning uchun “Vstavka” menyusiga kiramiz va bu menyudan
F ilm i zvuk  bo‘limini tanlaymiz. Natijada o‘ng tomonida yangi menyu ochiladi. Bu menyuda quyidagi bo‘lim va buyruqlar joylashgan:
Rasmlar kolleksiyasidan film o‘rnatish;
Fayldan film o‘rnatish;
Rasmlar kolleksiyasidan ovoz o‘rnatish;
Fayldan ovoz o‘rnatish;
Kompakt diskka ovoz yozish;
Ovoz yozish.
Misol tariqasida fayldan ovoz o‘rnatishni ko‘rib chiqaylik. Buning uchun Film i zvuk bo‘limini tanlaymiz. Natijada ovozli fayllarni qidirib topish muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu oynadan biror bir ovozli faylni tanlab “OK” tugmasini bosamiz. Natijada so‘rov muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Agar ushbu so‘rov oynasidan “Avtomaticheski” tugmachasini tanlasak qo‘yayotgan ovozli faylimiz namoyish boshlanishi bilan avtomatik tarzda ishlaydi. Agar “Po щelchku” tugmachasini tanlasa qo‘ygan ovoz faylimiz sichqoncha yordamida ishga tushirilmaguncha ishlamaydi. Sichqoncha yordamida ishga tushirish degani ovoz znachogi ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosishdir.
Giperssilkalar o‘rnatish
Giperssilka (Giperbog‘lanish) o‘rnatish mumkinligi Power Point dasturi imkoniyati yanada oshiradi. Giperbog‘lanishni oddiy matnga yoki ixtiyoriy shakllarga bog‘lashimiz mumkin. Misol sifatida oddiy matnga “Giperssilka” o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun biror-bir so‘zni blokka olamiz va sichqonchaning o‘ng tugmachasini bir marta bosamiz. Natijada kontekst menyusi ochiladi. Bu kontekst menyudan buyrug‘ini tanlaymiz yoki “Vstavka” menyusiga kirib xuddi shunday buyruq yoki standart uskunalar panelida joylashgan uskunani tanlashimiz mumkin.
Giperssilka. Ushbu tugmachani tanlaganimizdan so‘ng giperbog‘lanish muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu muloqot oynasida bog‘lanish uchun faylni ko‘rsatamiz.
Agar joriy faylni o‘zidan biror-bir slaydga bog‘lamoqchi bo‘lsak, slayd nomi va joyini belgilaymiz. Buning uchun “Zakladka...” bo‘limini tanlaymiz. Natijada slayd nomini tanlash imkoniyatini beruvchi yangi muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu muloqot oynasidan bog‘lanishi kerak bo‘lgan slaydni sichqonchaning chap tugmachasi yordamida aktivlashtiramiz va OK tugmachasini tanlaymiz. Natijada muloqot oynasi yo‘qoladi va oldingi oynaga qaytib qoladi. Boshqa hech narsani o‘zgartirmoqchi bo‘lmasak, bu yerda ham OK tugmachasini tanlaymiz.

Download 29.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling