Mavzu: predmet darslari va uni tashkil etish


REJALASHTIRISHNING AHAMIYATI


Download 61.32 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi61.32 Kb.
#1537611
1   2   3
Bog'liq
PREDMET DARSLARI VA UNI TASHKIL ETISH

REJALASHTIRISHNING AHAMIYATI

Rejalashtirish o’rta makablarda o’rganiladigan barcha predmetlarni shu bilan birga chet tili o’rgatishni ham muvaffaqiyatli amalgam oshirish garovidir. Rejaning qaysi tipi bo’lmasin (hoh dars rejasi,hoh tematik, calendar yoki yakuniy) u o’quv materialini barcha psixologik va metodik qonuniyatlar, printsiplar asosida ma’lum bir davrga bo’lib o’rganishni taqazo etadi va tegishli ko’nikma va malakalarni o’stirishni nazarda tutadi.


Rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratmoq kerak:
a) chet tili o’qitishning boshlang’ich bosqichida (4-sinf) chet tili darsini tashkil qilishni rejalashtirish;
b) sinfdagi o’quvchilarning bilim darajalarini hisobga olgan holda darsni rejalashtirish;
c) darsni rejalashtirish o’quv yili boshlanishidan oldin bajarilishi ker;
d) o’qituvchi darslikni va undagi til materialini yaxshi bilishi va taxlil qila olishi lozim;
e) o’qitishning shart-sharoitlarini, psixiologik qonuniyatlarini, nutq ko’nikmalarini hosil qilish bosqichlaridan yaxshi xabardor bo’lishi;
f)zamonaviy chet tili darsiga qo’yilgan asosiy talablarni bilish.

Tematik rejalashtirish


Chet tili o’qitishda 2 xil rejalashtirish farqlanadi:
1.Tematik rejalashtirish
2. Kundalik dars rejalashtirish.
Darsni rejalashtirishning asosiy maqsadi chet tili o’qitish maqsadi, vazifalari, til materialining hajmi, dars jarayoniga kiritish ketme-ketligi va shunga mos ravishda nutqiy ko’nikma malakalar hosil qilishdan iborat. Rejalashtirish yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar oldindan aniqlanadi va uni bartaraf qilish yo’llari va tegishli mashqlar tuziladi. Rejalashtirish bir necha bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Shunga ko’ra yillik reja, tematik reja va oddiy bir dars rejasini farqlash mumkin. Yillik reja darslik mualliflari tomonidan tuziladi. U o’z navbatida yarim yillik va chorak rejalariga bo’linadi. Unda o’rganiladigan mavzular aniqlashtiriladi. Har bir mavzuni o’rgatishga ajratilgan dars soatlari bilimlar ko’lami, nutq shakllarining o’sish darajasi, o’tkaziladigan nazorat turlari vaqti hisobga olinadi. Shuni ta’kidlash kerakki har qanday yillik reja yaxshi tayyorgarlik asosida tuzilmog’i lozim. Agar biron bir sababga ko’ra rejaga o’zgartirishlar kiritiladigan bo’lsa ular yarim yillik va choraklik rejalarida o’z aksini topishi kerak. Chet tili o’qituvchilari shahar yoki tuman metod birlashmalari tomonidan tavsiya etilgan rejalar asosida ish olib borishadi. Tematik reja (unit plan) metod birlashma tomonidan tuzilsada u o’qituvchining tashabbuskorligini cheklab qo’ymasligi kerak. Chet tili o’qitish jarayoni ijodiy jarayon hissoblanib, o;qituvchi zarur hollarda unga o;zgartirishlar kiritishi mumkin. Tematik rejalashtirishning asosiy vazifasi bu ma’lum mavzuni o’rganish natijasida erishiladigan yakuniy maqsadni aniqlashdir. Tematik reja asosida o’qituvchi har bir darsga aloxida kundalik reja tuzadi.
Kundalik reja quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.ma’lum bir dars yakunida nimaga erishishni;
2.qo’yilgan vazifani amalgam oshirish uchun qanday til materialini o’rganishni;
3.belgilangan maqsadga erishish yo’llarini aniqlashni.
Kundalik rejada dars mavzusi, maqsadlari, jihozlanishi va darsni tashkil qilish bosqichlari o’z ifodasini topadi.
Dars strukturasiga quyidagilar kiradi:

  • Darsning boshlanishi (tashkiliy davr, davomatni aniqlash, til muhitini hosil qilish);

  • Fonetik mashg’ulot o’tkazish (ayrim qiyin bo’lgan tovushlar ishtirok etgan so’zlarni o’qishni mashq qilish, she’r yoki ingliz tilidagi avval o’rganilgan ashulani qaytarish va h. k.)

  • Uy vazifasini tekshirish;

  • Yangi o’quv materialini dars jarayoniga kiritishning texnologik ketma-ketligi (u til materialining berilish ketma-ketligi, mashq qilish va nutqiy vaziyatlarda qo’llash bosqichlarini o’z ichiga oladi)

  • Baholash;

  • Uy vazifasini berish (har bir vazifa o’quvchilarga tushuntirib berilishi lozim)

  • Dars oxiri.

Chet tili darsi haqida ko’plab monografiyalar va maqolalar yozilgan. Ularga misol qilib Kazantsev I. N. , Rogova G.V.larning ishlarini va “Inostranniye yaziki v shkole” jurnallarida chop etilgan maqolalarni keltirish mumkin. Chet tili darsining mazmuni va mohiyati hususida pedagogik adabiyotlarda ko’plab ma’lumotlar berilgan. M. A. Danilov darsning muvaffaqiyati uchun quyidagilar muhimligini aytadi:



  • dars mazmuni va maqsadi o’quvchilarning yosh hususiyarlariga mos kelishi kerakligi;

  • darsning talimiy va tarbiyaviy tomonlarining birligi;

  • darsning barcha bosqichlarida o’quvchilarning faolligi;

  • darsning har bir daqiqasidan samarali foydalanish;

  • darsni tegishli jihozlash;

  • dars oxirida uning natijasi sezilarli bo’lishi.

A. I. Kochetovning fikricha darsda ta’limiy maqsadni tarbiyaviy maqsadga bo’y sundirilishi, kollektiv (jamoaviy) va individual ish shakllarining birligi turli metodlarning qo’llanishi, xotira, diqqat va tafakkurni o’stirish qonuniyatlarini hisobga olish kerak.
N. I. Vershagina va F.M. Rabinovich darsni yana ham kengroq xarakterlaydi. Ular dars oldiga quyidagi vazifalarni qo’yishadi:

  1. o’quvchilarning nutq faoliyatini o’stirish

  2. dars maqsadiga erishish yo’lidagi ketma-ketlilik

  3. nutq faoliyati stimullarining rang – barangligi

  4. qo’llaniladigan usullardagi samaradorlik va aniqlik

  5. o’quvchilarning dars maqsadini va uning bosqichlari vazifalarini aniq bilishi, individual va jamoaviy ish shakllarini qo’shib olib borish

  6. o’quvchilarning qiziqishlarini susaytirib yubormaslik, ularning shahsi va his-tuyg’ulari bilan hissoblashish

  7. ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni darsda hal qilish

Har qanday dars o’zining didaktik, psixologik, likvistik va metodik asosiga ega. Har dars reja asosida tashkil qilinadi. Dars tushunchasi quyidagilarni qamrab oladi:


Dars turlari
Dars maqsadi
Dars mazmuni
Dars bosqichlari

  • Tashkiliy davr

  • Til muhitini yaratish

  • So’zrash va baholash

  • Taqdimot

  • Darsni yakunlash

O’qituvchi faoliyati
O’quvhi faoliyati
Dars konspekti

O’quv yurtlarida ilm, bilim, ma’lumot olish va berish maqsadida o’tkaziladigan mashg’ulot, saboq yoki dars deb yuritiladi. Dars o’rgatish va o’rganish jarayonidir. Dars maktabda o’quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Dars bir hil tarkibdagi o’quvchilar bilan qat’iy jadval asosida ma’lum didaktik maqsadni amalga oshirish jarayonidir.


XULOSA

Xulosa qilib aytganda, darsni rejalashtirish va dars turlariga hamda dars hususida yuqorida keltirilgan fikrlarni hissobga olgan holda chet tili o’qitishni rejalashtirsa va darsni zamon talabiga va dars maqsadiga mos tog’ri tashkil qila bilsa darsning samaradorligi va yakuniy natija kafolatlanadi.


O‘qituvchi dars maqsadini belgilaganda uni hamma uchun tushunarli va aniq qilib, talabaga nima o‘rgatiladi va u qanday ko‘nikma hosil qilishini ajratib ko‘rsatishi va natijani mo‘ljallashi lozim.
Ko‘p hollarda natijani aniq mo‘ljallay olmay belgilangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ba‘zida esa belgilangan maqsad vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib qoladi. Shuning uchun ham maqsad aniq, tushunarli qilib yozilish kerak.
Talabalar xatti-xarakati maqsadini to‘g‘ri belgilash darsdagi o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘qituvchi o‘zaro aloqalarining to‘g‘ri va samarali bo‘lishiga yordam beradi. Darsda xatti-xarakat maqsadlarini to‘g‘ri belgilash, unda taqiqlangan xatti-xarakatlarni tushuntirishni ham osonlashtiradi.
Talabalar xatti-xarakati maqsadlari nafaqat darslar, balki o‘quv rejalari va dasturlarini tuzishda ham asos vazifasini o‘tashi lozim.
Shuningdek xatti-xarakat maqsadlari talaba o‘rgangan ko‘nikmalarni namoyish qilishda ham aks etishi lozim.
Ta‘lim maqsadlari aniqlangach, shu maqsad asosida bajariladigan ishlarni aniqlash va talabalar qanday yangi ishlarni bajarishlari, ularning xatti-xarakati, ko‘nikma va malakalarida qanday o‘zgarishlar bo‘lishini aniq belgila bilishi lozim. Har bir o‘qituvchi yoki talaba maqsadni aniqlashda bunda e‘tibor berishi va maqsadni oydinlashtirish malakasini egallash lozim.
Pedagogikada qayta takrorlanadigan pedagogik jarayon (tsiklni) yaratish oson ish emas. Bunga o‘quv-tarbiya vazifalarining turli-tumanligi, ta‘lim mazmuni va o‘quv materiallarining har xilligi, talabalarning bilim o‘zlashtirish qobiliyatlarini xotira xususityalari bir xil emasligi kabi qator faktorlar sabab bo‘ladi. Shunga qaramay rivojlangan mamlakatlarda olimlar pedagogik texnologiya usulini shlab chiqdilar, ular yaratgan pedagogik texnologiya usuli qayta takrorlanadigan pedagogik tsikl bo‘lib, ta‘lim olishda rejalashtirilgan natijalarni kafolatlaydi.
O‘qituvchi darsni taxminan rejalashtirar ekan rejadagi sifatlarni bolalarga o‘rgatish va ularda shu ko‘nikma va malakalarni qanday shakllantirish yo‘llarini izlash lozim. Bunnig uchun o‘qituvchi o‘zini o‘quvchi o‘rnida tasavvur etib, bu ko‘nikma va malakalarni bir necha qismlarga bo‘ladi.
Shundan keyingina o‘qituvchi har bir qismni ko‘rgazmali tashkil etadi va belgilangan ko‘nikmani o‘quvchi egallashini ta‘minlaydi.
Ba‘zi o‘qituvchilar belgilangan ko‘nikmani talabaga o‘rgatish uchun boshidan oxirigacha ko‘rsatib, gapirib beradi. Bunda “tugal material” (ya‘ni izohlangan ko‘nikma) odatdagi kabi dars jihozi hisoblanadi.
Demak, o‘qituvchi dars maqsadini belgilaganda uni hamma uchun tushunarli va aniq qilib, talabaga nima o‘rgatiladi va u qanday ko‘nikma hosil qilishini ajratib ko‘rsatishi va natijani mo‘ljallashi lozim.
Ko‘p hollarda natijani aniq mo‘ljallay olmay belgilangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ba‘zida esa belgilangan maqsad vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib qoladi. Shuning uchun ham maqsad aniq, tushunarli qilib yozilish kerak.



Download 61.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling