Mavzu: predmet darslari va uni tashkil etish


Download 61.32 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi61.32 Kb.
#1537611
  1   2   3
Bog'liq
PREDMET DARSLARI VA UNI TASHKIL ETISH


MAVZU:PREDMET DARSLARI VA UNI TASHKIL ETISH


REJA:

1. Darsni rejalashtirish va unda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olish.


2. Darsni rejalashtirish texnologiyasi
3. Dars rejalari va maqsadini belgilash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Darsni rejalashtirish va unda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olish.
I. O‘qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o‘z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish lozimki, unda nima qilinishi mo‘ljallanayotganligini aniq o‘z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o‘rin qolmasin. Ba‘zan yosh o‘qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo‘l quyilganligining guvohi bo‘lamiz. Yosh o‘qituvchilar va talabalar faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1.Maqsadda aniqlikning yo‘qligi. Ya‘ni talabalar aslida nima qilishlari va nimani o‘rganishlari aniq belgilanmaydi.
2.Ta‘lim maqsadining talabalari darsning natijasi bilan to‘g‘ri kelmagan hollar bo‘ladi.
3.O‘rganish uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to‘g‘ri kelmaydi.
4.O‘qituvchi berayotgan yo‘llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o‘rganishini ta‘minlamaydi.
5.Dars rejasida ko‘rsatilgan talablar dars maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo‘la olmaydi.
Umuman tuzilgan rejalar qayta ko‘rib chiqilishi va xatolarni bartaraf etish ustida ishlanishi lozim.
Dars rejasi sizni va sizning talablaringizni ma‘lum natijalarga erishishingizga asos bo‘lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo‘l bilan amalga oshirishga o‘rin qolmasin. Har qanday darsning tayanch printsipi rejada aks etishi lozim. Bu printsip darsni eng yaxshi va ososn yo‘llar bilan samarali maqsadga erishishni ta‘minlashni ko‘zda tutadi. Shuning uchun ham dars rejasi qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishning bir qancha elementlarini o‘z ichiga olishi lozim. Buni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
1.Taxminiy axborot: Bu axborot rejaning chegaralarini va bo‘limlarini belgilab beradi, ya‘ni: a) dars kimga mo‘ljallangan, talabalarning darajalari, b) ma‘lum o‘quv predmeti; v) darsning qismlari; g) o‘qituvchining ismi sharifi.
2.Reja qismlari: Rejaning qismlari darsda belgilangan maqsadni talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi va o‘qituvchining ta‘sirini , talab qilingan material va baxolash yo‘llarini aks ettirgan bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichlarning aniq algoritmi dars loyihasida ko‘rsatiladi.
Doktor Madlen Xunter tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, darsni rejalashtirish va ishlab chiqarishda aniq metodologiyaga asoslanish zarur. Tadqiqotlar davomida olim o‘qituvchining ish turi, predmet yoki talabalarning qandayligidan qat‘iy nazar darsni takomillashtirishning 8 elementi mavjudligini ko‘rsatadi.
Hozirga qadar ko‘pgina maktab va kollejlarda dars loyihasini tuzish, ta‘lim maqsadini belgilash yoki ta‘limni tashkil etish yo‘llari kabi elementlar vaqt sinovidan o‘tdi.
Dars loyihasini har bir elementida ma‘lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi bo‘lib, ularni bir qancha ta‘lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi.
Dars loyihasida quyidagilarga e‘tibor qaratilishi zarur:
1.Mo‘ljalni belgilash-talabalar diqqatini jalb qiluvchi faoliyatini aniqlash. Tarqatma materiallar, xattaxtada yozib quyiladigan savollar, quyiladigan muammolar va xokazo.
2.Maqsad-talabalar bugun nimani o‘rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi (malaka). Ular o‘qituvchiga bugungi o‘rganganlarni asosida ma‘lum bir faoliyat turini bajarib ko‘rsata olish lozim. Bu vazifani qanday bajarishni o‘qituvchi belgilaydi.
3.Kirish-o‘qituvchi talabalar o‘rganishi lozim bo‘lgan materialni belgilaydi, kontseptsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo‘llarini ko‘satadi.
4.Modellashtirish (namoyish qilish)- o‘qituvchi o‘rganilayotganlarni va natijada o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikmani grafik shaklda ko‘rsatadi yoki namoyish qiladi.
5.Amaliy boshqaruv-o‘qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi. Ularning malaka egallashlari uchun qadamba-qadam rahbarlik qiladi. Talabalarni eshitish, kurish sezgilarini ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi.
6.tushunchalarni tekshirish-o‘qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik tushunganlarini dars davomida tekshirib, olg‘a borish mumkimi yoki yo‘qligini aniqlaydi. Agar olg‘a borish mumkin bo‘lmasa orqaga qaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi.
7.mustaqil amaliyot-o‘qituvchi talabalarni o‘zlarini tekshirib ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Talabalar mustaqil o‘zlari o‘rganganlarini tekshirib ko‘radilar.
8.Darsni tugallash-darsni xulosalash oldida talabalar o‘z ishlarini, o‘rganganlarini o‘qituvchiga so‘zlab bering, namoyish qilish orqali ko‘rsatadilar.
1U. Topshiriq.
1.O‘z mutaxassisligingiz yuzasidan mavzu tanlang.
2.Mo‘ljalni belgilang:
a)talabalarga nimani o‘rgatmoqchisiz?
B)qanday tarqatma materiallar tayyorlaysiz?
V)qanday savollar, muammolarni o‘rtaga tashlamoqchisiz?
3.Maqsadni aniqlang:
a)talabalar nimani o‘rganadi,natijada qanday ishni bajara oladi?
4.Kirish:
a)dars materialini belgilang.
b)kontseptsiyani ishlab chiqing.
5.Modellashtirish.
o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan faoliyat turini ko‘rsating yoki grafikasini chizing.
6.Amaliy boshqaruv.
O‘quvchilarni malaka egallashlarini qadamlarga bo‘lib chiqing va boshqaring.
7.Tushunchalarni tekshirish uchun savollar tayyorlang.
8.Mustaqil amaliyot yo‘lini belgilang.
9.Darsni tugallang.
Talabalar o‘rganganlarini namoyish qilsinlar.
Darsni o‘tkazish modelini uchta kategoriyaga bo‘lish mumkin:
1.Ko‘rgazmali izchillik.
2.Dars sxemasi.
3.Asosiy texnologik karta.
Bular og‘zaki, yozma yoki grafik shaklda bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishini ta‘minlovchi ta‘sirlardir. Buni dars davomida og‘zaki tushuntirishlar (ya‘ni ,eshitish) yoki xarakatli ko‘rsatishlar (ya‘ni, bajarish) metodlaridan foydalanib, yaxshi natijaga erishish mumkin.
O‘qituvchi darsni taxminan rejalashtirar ekan rejadagi sifatlarni bolalarga o‘rgatish va ularda shu ko‘nikma va malakalarni qanday shakllantirish yo‘llarini izlash lozim. Bunnig uchun o‘qituvchi o‘zini o‘quvchi o‘rnida tasavvur etib, bu ko‘nikma va malakalarni bir necha qismlarga bo‘ladi.
Shundan keyingina o‘qituvchi har bir qismni ko‘rgazmali tashkil etadi va belgilangan ko‘nikmani o‘quvchi egallashini ta‘minlaydi.
Ba‘zi o‘qituvchilar belgilangan ko‘nikmani talabaga o‘rgatish uchun boshidan oxirigacha ko‘rsatib, gapirib beradi. Bunda “tugal material” (ya‘ni izohlangan ko‘nikma) odatdagi kabi dars jihozi hisoblanadi.
O‘qituvchi modelni tushuntirgach talaba mustaqil ish paytida unitib qo‘yishi o‘qituvchidan unitgan qismini qayta so‘rashi mumkin.
Masalan, men 4-qismni unutdim, mumkin bo‘lsa menga yana bir ko‘rsating. Shundan keyin o‘qituvchi talabaga eslatish uchun individual yordam beradi. Yoki talaba ko‘rsatilgan ko‘nikmani bajarayotganda o‘qituvchi yo‘l ko‘rsatib turadi. Siz 3-qismni to‘g‘ri bajardingiz. Siz 4-qismdasiz orqaga qaytib, ishni boshidan boshlab bajaring. Tekshirib ko‘ring , to‘g‘ri bajardingizmi? Kabi. Talaba bajarishi kerak bo‘lgan ishni ko‘radi va nusxa ko‘chirgan kabi bajarib, unutganini eslaydi.
O‘qituvchi ishni yaxshi bajargan o‘quvchilarni rag‘batlantiradi.
2.Doktor Fred Jons dars dizayniga (jixoziga) ta‘lim samaradorligini ta‘minlaydigan yangi elementni qo‘shdi. Bu quyidagicha:
darsni optimal tashkil etishning birdan bir yo‘li talabalrning o‘z faoliyatini tanqidiy nazorat qilishi va holatlarini bartaraf eta bilishidir. Faqat shundagina talabalar yanada ko‘proq ko‘nikmalarni egallaydilar. Ular ongli fikrlash va yanada yaxshiroq tushunishga erishadilar. Buning birdan-bir yo‘li “xamroxingga o‘rgat” metodini qo‘llashdir.
Uni qo‘llash yo‘li quyidagicha:
1.Sinfni birinchi va ikkinchi xamkor qismlarga bo‘lish kerak.
2.Darsni o‘tish modelidan foydalanib, birinchi xamkor ikkinchisiga, ikkinchi xamkor birinchisiga modeldagi qismni o‘rgatadi.
3.O‘qituvchi hoxlovchilarga ta‘lim metodini modellashtirib avval eshitish yo‘li bilan keyin ko‘rsatib (kuzat va bajar) model qismlarini ko‘rsatadi. Keyin talabalar o‘qituvchi aytgan va ko‘rsatganlarini aniq takrorlaydi.
4.O‘qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o‘ziga 2 ta ixtiyoriy xamkorlarni tanlaydi. U modelning birinchi qismini aytib, ularni bajarishni so‘raydi. Shunday yo‘l bilan o‘qituvchi xamkorlarga modelni bosqichma-bosqich o‘rgatib boradi.
5.O‘qituvchi sinfdagi xamkorlarga birinchi qism bo‘yicha bir-biriga o‘rgatishni aytadi. Bu ishni bajarilishini nazorat qilib, baholab, holatlarni bartaraf etishni ko‘rsatadi. O‘qituvchining hamkorlari esa unga sinfni nazorat qilish va baholashga yordam ko‘rsatishadi.
6.Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini bajarishda davom etadi.
Bu usul talabalarni bir-biriga va o‘ziga talabchan bo‘lishga, ishini tanqidiy baxolay bilishga va xatolarni bartaraf eta olishga o‘rgatadi.
Y1.Darsda maqsadni belgilashdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilar bajarishi va o‘rganishi lozim bo‘lgan xatti-xarakatlar doirasini aniqlashi zarur. Darsda belgilangan maqsadning afzallini va boshqalardan farqli tomonlari ajratib ko‘rsatilishi kerak.
An‘anaviy dars rejalari, darsda aniq andozaning belgilab berilishi va u asosida ishlashga majbur etish o‘qituvchi uchun zararli bo‘lib, undagi ijodiy ishlash, ijodiy fikrlash malakalarini bo‘g‘adi, o‘qituvchini bir qolipda ishlaydigan robotlarga aylantirib qo‘yadi. Undagi pedagogik mahoratning shakllanishiga xalaqit beradi.
Darsda ta‘limning aniq maqsadi belgilanishi muhim.
Ta‘lim maqsadlarini aniq belgilash dars strategiyalarini rivojlantirish, kashf etish imkoniyatlarini beradi. Bu esa talabalarni belgilangan maqsad asosida tarbiyalashga katta imkoniyat yaratadi.
Bu faqat talabalar uchungina ham emas, balki shu sohaga qiziquvchi manfaatdor kishilar uchun ham imkoniyatdir (raxbar, dekanlar, ota-onalar, talabalar va xakazo).
Chunki aynan shu qiziquvchilar ta‘lim soxasiga o‘z e‘tirozlarini aytadilar. O‘qituvchilarni bilimsizlikda, o‘z manfaatini ko‘zlashda, liberallikda, baxolashdagi sub‘ektivlikda ayblaydilar.
Ularning ayblovlarini ko‘pincha o‘qituvchi tan olgisi kelmaydi. Shunda o‘qituvchi uni ayblov ota-onaning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rsa kamchiligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Masalan, o‘qituvchi o‘quvchiga ertagacha kontitentlarni o‘rganib kelish topshirig‘ini bergan. Ota-onadan o‘quvchi yordam so‘raganda ular topshiriq nima haqidaligini tushunmaydilar;
Ya‘ni kontirentlar nomini aytish kerakmi? Yoki ularning nomini kattasidan kichigiga qarab tizimli izoxlash kerakmi? Kontur kartada belgilash kerakmi? Yoki bizning Davlatimizga, nisbatan yo‘nalishni belgilash kerakmi? Agar ularning nomini keltirish kerak bo‘lsa qaysi ro‘yxatdagi nomlardan foydalanish kerak. Ba‘zi ro‘yxatlar Evropa va Osiyoni bitta kontinent deb belgilaydi, ba‘zilarida Avstraliyani alohida belgilaydi, ba‘zilari esa avstraliyani Okeaniya kompleksiga kiritadi. O‘qituvchi bergan topshiriq asosida o‘quvchi darslikda keltirgan nomlardan foydalanish kerak.
Boshida hech kim –o‘quvchi ham, ota-ona ham buni bilmagan.
Achinarlisi shundaki, o‘quvchi imtihongacha ham buni bila olmay imtihonda yomon baho olgan va qayta topshirish imkoniyatiga ham ega bo‘lmagan.
Yana bir misolga diqqatingizni qaratamiz. Talabalarga milliy modelni o‘rganib kelish topshirilgan. Talaba milliy modelni aynan nimani o‘rganishni bilmaydi va uni yodlab oladi. O‘qituvchi esa yozma ish oladi. Yozma ish talabiga matndagi tushurib qoldirilgan so‘z va gaplarni joyiga qo‘yib grammatik qoida asosida to‘g‘ri yozilishi kerak. Talaba milliy modelni biladi, lekin grammatik qoida asosida vazifani to‘g‘ri bajara olmaydi. Natijada yana yomon baho.
Xulosa qilib aytganda o‘qituvchi dars maqsadini belgilaganda uni hamma uchun tushunarli va aniq qilib, talabaga nima o‘rgatiladi va u qanday ko‘nikma hosil qilishini ajratib ko‘rsatishi va natijani mo‘ljallashi lozim.
Ko‘p hollarda natijani aniq mo‘ljallay olmay belgilangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ba‘zida esa belgilangan maqsad vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib qoladi. Shuning uchun ham maqsad aniq, tushunarli qilib yozilish kerak.
Talabalar xatti-xarakati maqsadini to‘g‘ri belgilash darsdagi o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘qituvchi o‘zaro aloqalarining to‘g‘ri va samarali bo‘lishiga yordam beradi. Darsda xatti-xarakat maqsadlarini to‘g‘ri belgilash, unda taqiqlangan xatti-xarakatlarni tushuntirishni ham osonlashtiradi.
Talabalar xatti-xarakati maqsadlari nafaqat darslar, balki o‘quv rejalari va dasturlarini tuzishda ham asos vazifasini o‘tashi lozim.

Download 61.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling