Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi. Reja
Tinglovchilarga variativ o’quv reja haqida ma’lumot berish talab etiladi
Download 123.85 Kb.
|
Mavzu Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlar
Tinglovchilarga variativ o’quv reja haqida ma’lumot berish talab etiladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida joriy o’quv yilining uchinchi choragidan boshlab 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o’qitiladigan bo’ldi. Bu borada 2019-yilning 28-dekabr Xalq ta’limi vazirining “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida variativ o’quv rejalarni tajriba-sinovdan o’tkazish” to’g’risidagi 405-sonli buyrug’i chiqdi va u joylarga yetkazildi. Bu xabar ko’plab o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilarda turli savollar paydo qildi. Jarayon qanday tashkil etiladi? Maktablarda bunga sharoit bormi? Qaysi yo’nalishlar tanlov fanlarga qamrab olingan? O’quvchilarning barchasi o’ziga kerakli fanlarni tanlab, boshqasida qatnashmasa, boshqa fanni ummuman o’qimasa ham bo’laveradimi? Avvalo, variativ o’quv rejani joriy etishdan maqsad o’quvchining manfaatlarini inobatga olish, ularning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari mavjud fanlarni chuqur o’rganishlariga sharoit yaratish, o’quv jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etishdan iborat. Ammo, shunday bo’lsada, o’quvchi, o’qituvchi va ota-onalar tomonidan qo’llab-quvvatlanmasa, maktabda variativ o’quv reja bo’yicha tegishli fandan dars berish uchun yetarli malaka va tajribaga ega o’qituvchilar bo’lmasa, joriy etilmaydi. Shuningdek, variativ o’quv reja amalga oshirilayotgan maktablarda o’quvchilarning xohish-istaklariga ko’ra an’anaviy sinflar ham mavjud bo’ladi. An’anaviy sinflarda 2019-2020 –o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv reja asosida dars olib borilsa, tanlov sinflarda variativ o’quv reja amalda bo’ladi. Tanlov sinifida o’quvchilar soni 35 nafargacha bo’ladi. Tanlov sinflar yo’nalishlari: -xorijiy til va filologiya; - moliya-iqtisod; texnologiya; tabiiy fanlar; ijtimoiy-gumanitar. Ijtimoiy-gumanitar yo’nalishi bo’yicha o’quv reja namunasi
Tanlov sinifi yo’nalishi 10-11-sinf o’quvchilari o’rtasida so’rovnoma o’tkazish orqali aniqlanadi. Bir nafar o’quvchi faqat bitta yo’nalishni tanlaydi. Maktabda barcha yo’nalishdagi tanlov sinflari ochilishi talab etilmaydi. Ya’ni maktab ichki imkoniyati, pedagoglar darajasidan kelib chiqib, 5 ta yo’nalishdan biri yoki bir nechtasi ochilishi mumkin. Tanlov siniflarni joriy etish uchun maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi: maktab direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari; maktab psixologi; amaldagi 10-11-sinf rahbarlari; fan metod birlashma rahbarlari; ota-onalar qo’mitasi raisi . Komissiya o’quvchilar o’rtasida so’rovnoma o’tkazib, natijasini umumlashtiradi. Talabgor o’quvchilar 35 nafardan oshib ketsa Tanlov sinfida o’qishni xohlagan o’quvchilar soni 35 nafardan oshib ketsa, maktab tomonidan tegishli fan bo’yicha sinov o’tkaziladi. Natijalarga ko’ra o’quvchilar saralab olinadi. Agar tanlov sinifda o’qish istagidagi o’quvchilar soni 35 nafardan oshmasa, hech qanday sinov o’tkazilmaydi. Ota-onalar farzandlarini tanlov sinfiga qabul qilish to’g’risida direktor nomiga ariza yozishlari shart. Zero, o’quvchining ertangi kelajagini hal qilishda muhim rol o’ynaydigan ushbu bosqich ota-ona roziligisiz yoki ularni ogohlantirishsiz tashkil etilmaydi. Agar o’quvchi va ota-ona bola tanlov sinfida o’qishni istamasa, an’anaviy sinfda o’qishni davom ettiraveradi. O’quvchilar eng ko’p tanlagan yo’nalish bo’yicha sinflar soniga mutanosib ravishda yangidan sinflarga ajratiladi. Sinflar soni mavjud 10-11-sinflar sonidan oshib ketishiga yo’l qo’yilmaydi. Jarayonda fanlar ikkiga bo’linadi:
Majburiy fanlar. Tanlov fanlar. Tanlov sinfida tayanch o’quv rejada belgilangan soatlar doirasida o’quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo’lgan 10-11- sinfda o’quvchilarni ikki guruhga bo’lib o’qitishga ruxsat beriladi ( chet-tili, informatika, jismoniy tarbiya, o’zbek-(rus) tili). Tanlov fanlarga ajratiladigan qo’shimcha soatlarni o’tishda fanlar bo’lib o’qitilmaydi. Jumladan, tanlov fani sifatida tanlangan majburiy fanlar: sinfida chet-tili, informatika, jismoniy tarbiya, o’zbek-(rus) tili fanlari ham ikki guruhga bo’lib o’qitilmaydi. Mazkur fanlarga tayanch o’quv rejada ajratilgan soatlar bundan mustasno. Xulosa qilib aytganda, umumiy o‘rta ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. O‘zbekistonning umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan siyosati, ushbu yo‘nalishga erishilgan yutuqlar va yangi imkoniyatlar. O‘zbekistonning umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan siyosati, ushbu yo‘nalishga erishilgan yutuqlar va yangi imkoniyatlarini tushuntirishda “PISA va TALIS tadqiqotlari O‘zbekstonga nima beradi?” – degan savolga javob toppish zarur. 2020-yil mart oyida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkiloti(OECD)ning ta’lim masalalari bo‘yicha direktori Andreas Shlyayxerning O‘zbekistonga tashrifi va OECD vakillari ishtirokida “PISA Launch in Uzbekistan” xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirildi.Ushbu kelishuvga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillarining Fransiyaga xizmat safari doirasida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mutasaddilari bilan o‘tkazgan muzokaralari davomida erishildi. Mamlakatimiz 2021-yilda ilk marotaba PISA (15–16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur) xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotlarda 90 ga yaqin davlat qatnashadi. Mazkur reyting natijalaridan kelib chiqib yurtimizning kelgusi rivojlanishiga baho beriladi. Uzoq muddatga xorijiy investitsiya kiritadigan yirik kompaniyalar tomonidan ushbu reyting natijalari inobatga olinishidan ham ushbu jarayon rivojlanayotgan mamlakatimiz uchun qay darajada muhim ekanini anglash mumkin. Yurtimizda hukumat qarori bilan PISA va shu kabi xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan alohida markaz tashkil etildi. O‘zbekistonning 2021-yilda PISA xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi va o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha ushbu dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishdek ambitsioz maqsadlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangani qayd etildi. 2020-yilda tajriba tariqasida sinov ishlari 6-aprel — 17-may kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi. Inson kapitalini rivojlantirishda PISA xalqaro tadqiqotining o‘rni mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilish, bunda OECD vakillarining ma’ruza bilan ishtirokini ta’minlash masalasi 2020-yil mart oyiga rejalashtirildi. Xalqaro baholash tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish bo‘yicha yetakchi davlatlar tajribasini o‘rganish, tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, PISA tadqiqotida eng yuqori natijalarga erishib kelayotgan davlatlar(Finlandiya, Singapur, Estoniya, Janubiy Koreya)ning tajribasini o‘rganish bo‘yicha bildirilgan taklifni OECD vakillari to‘liq qo‘llab-quvvatladi va hamkorlar topish, ekspertlar yuborishda amaliy yordam berishga tayyorliklarini ma’lum qildi. PISA loyihasi mas’ul xodimi Maykl Vord ushbu jarayonda O‘zbekiston bilan doimiy ishlaydigan vakil etib belgilandi. Ushbu sohada tajribali mutaxassis hisoblangan Maykl Vord Ukraina uchun maslahatchilik qilmoqda. U ikki yil davomida, ya’ni PISA sinovlari o‘tkazilib, natijalar tahlil qilinib, O‘zbekiston rahbariyatiga taqdim etilgunga qadar yurtimizga doimiy tashrif buyurib turishi va mutaxassislarimiz bilan birga ishlashini ma’lum qildi. Shuningdek, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotining TALIS (Teaching and Learning International Survey) xalqaro baholash tadqiqotlarida O‘zbekistonning ilk ishtiroki yuzasidan kelishuv imzolash bo‘yicha ham muzokaralar olib borildi. TALIS o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi. Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o‘qitish va o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma’lumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab o‘qituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o‘z fikrini bildirish imkonini beradi. Tadqiqotda 200 ta maktab, 4000 nafar o‘qituvchi va 200 nafar maktab direktori ishtirok etadi. Ularni tanlash ham PISA tadqiqotlariga o‘xshash bo‘lib, qaysi bosqich o‘qituvchilarini tanlash, nechta tilda so‘rovnomalar o‘tkazilishini belgilash OECD va davlat o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan ko‘zda tutiladi. Ilgari TALIS tadqiqotlari har 5 yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, endi 6 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan bo‘lib, natijalari 2020-yili mart-aprel oylarida e’lon qilinadi. Navbatdagi TALIS tadqiqoti 2024-yili o‘tkazilishi rejalashtirilgani va unda ishtirok etish uchun O‘zbekiston hukumati rasman murojaat qilishi lozimligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng shartnoma tuzilib, rasmiylashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi. Yakunda ushbu tadqiqotda ishtirok etish bo‘yicha boshqa davlatlar, xususan, 2018-yilda birinchi marta TALIS tadqiqotlarida ishtirok etgan Qozog‘iston tajribasini o‘rganishga kelishib olindi. Ma’lumot uchun Shanxayda TALIS–2013 natijalariga ko‘ra muallimlar oylik maoshi 10 foiz oshirilgan. Avstraliyada o‘qituvchilarning oliy ta’limdan keyingi tayyorgarligi bo‘yicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida pedagoglar malakasini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilib, o‘qituvchilarga haq to‘lash tizimiga o‘zgartirish kiritilgan. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchilar faoliyati samaradorligiga qaratildi. Angliyada maktablar uchun 1 kun (yiliga 3 marta) davom etadigan “qisqa tekshiruvlar” joriy etilib, ushbu holat navbatdagi tadqiqotlarda pedagoglar tomonidan “yaxshi” deb baholangan. Uchrashuv davomida PISA yoki TALISga tayyorgarlik ko‘rish faqat maktab, o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Milliy markaz yoki Xalq ta’limi vazirligi muammosi emasligi, oliy ta’limda kadrlar tayyorlashga hozirdan e’tibor qaratish zarurligi, ushbu talablarga mos ravishda ta’lim kontentini, o‘quv dasturlari, darslik-qo‘llanmalarni takomillashtirish, o‘qituvchilarning, birinchi navbatda, malakasini oshirish, ularga fanlar bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish masalalari alohida e’tiborga olinishi kerak. PISA nima? O’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib,uning natijalari asosida dunyo mamlakatlarini o’quv dasturlarida mavjud talablar doirasida o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo’llash, fikrlash va muloqot qilish qobilyatlarini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, bu hech qanday o’quv dasturini belgilamaydi, targ’ib qilmaydi va umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi. Tadqiqot kim tomonidan amalga oshiriladi? PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Organizatsion for Economic Cooperation and Development (OECD) tomonidan amalga oshiriladi. Tadqiqot ilk bora 2000-yil o’tkazilgan va 3 yilda bir marotaba o’tkaziladi. PISA tadqiqotlari nima uchun har uch yilda o’tkaziladi? PISAning asosiy vazifasi a’zo mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash, qarorlar qabul qilishda ularni qo’llab-quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda o’tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlar va tegishli dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni ichiga olgan holda o’z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, mamlakatlar bu davr davomida o’z ta’lim tizimida kelajakda erishish ko’zda tutilgan maqsadlarni aniqlab olishiga imkon beradi. PISA tadqiqotlarida nega aynan 15 yoshli o’quvchilar qatnashdi? Tadqiqot aynan 15 yoshli o’quvchilar doirasida o’tkazilishining asosiy sababi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ga a’zo aksariyat davlatlarda 15 yosh majburiy ta’lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi. Savodxonlikni baholashda qanday kompetensiyalarga asoslanadi? Ushbu kompetensiyalarni o’quvchilarning tabiiy fanlardan savodxonligini aniqlashda qo’llaniladigan kompetensiyalar misolida ko’rib chiqamiz: 1. Hodisalarni ilmiy jihatdan tushintira olish kompetensiyasi; 2. Ilmiy-tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi; 3. Ma’lumotlar va dalillarni lmiy talqin qilish kompetensiyasi.
Kontekslar - PISA topshiriqlarining asosi sanaladi. Konteks hayotiy muammoli vaziyatlar aks etgan topshiriqlar. O’z navbatida, kontekslar shaxsiy, mahalliy va milliy (global) darajalarga bo’linadi. PISA topshiriqlari darajalariga qanday talablar qo’yiladi? Topshiriqlarni bajarish uchun talab etiladigan intellektual va fikrlash qobilyatiga ko’ra ular uchta kognitiv darajaga ajratiladi : 1. Quyi daraja – bir bosqichli amallar; 2. O’rta daraja- hodisalarni tavsiflash; 3. Yuqori daraja- murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish. Yaponcha ta’lim tarbiyadan boshlanadi Bugungi o‘qituvchi ko‘proq izlanishi, ta’limdagi innovatsion jarayonlarni o‘rganib borishi, chet ellik hamkasblari bilan tajriba almashib turishi maqsadga muvofiq. Zero, mamlakatimiz o‘quvchilarining bilimini xalqaro baholash mezonlari asosida sinovdan o‘tayotgan bir vaqtda bu juda ham muhim. Shu maqsadda Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan izchil hamkorlik o‘rnatmoqda. Yaponiya ta’lim tizimi 3 bosqichga bo‘linadi. Boshlang‘ich ta’lim 1-sinfdan 6-sinfgacha, o‘rta ta’lim 7-dan 9-sinfgacha, yuqori ta’limga esa 10-11-sinflar yoki kollejlar kiradi. Majburiy ta’lim 9 yillik bo‘lib, davlat konstitutsiyasining 26-moddasida belgilab qo‘yilgan, yuqori ta’limda esa o‘quvchi ixtiyoriy o‘qiydi. Ammo yapon o‘quvchilarining 98 foizi yuqori ta’limda o‘qishni lozim topishadi. Shu bois ta’limning bu bosqichi ham ular uchun majburiydek bo‘lib qolgan. Darslar soat 9:00dan 15:00 gacha haftasiga 5 kun o‘tiladi. Mashg‘ulot 45 daqiqa davom etadi. Darsdan so‘ng barcha o‘quvchilar sport yoki musiqa to‘garagiga boradi. Maktablarda o‘quvchilarning bilim olishi uchun barcha sharoit mavjud. Keng va yorug‘ xonalar, badiiy va elektron kitoblarga boy kutubxonalar, barcha sport anjomlari bilan ta’minlangan sport zallari, suzish havzalari, raqs o‘rganish xonalari va faollar zali, ovqatlanish uchun zamonaviy oshxonalar mavjud. Tozalash ishlarini bog‘chadan boshlab barcha ta’lim muassasalarida bolalarning o‘zi bajaradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar o‘yinchoqlarni yoyib, istagancha o‘ynashi mumkin. Ammo o‘yin yakunida o‘zlari yig‘ishtirib, tarbiyachilarning rahmatini eshitishadi. Bu holat boshlang‘ich sinfda ham davom ettirilib, bunga ota-onalar hech qanday e’tiroz bildirmaydi. Bolani mehnatga o‘rgatish yapon xalqining an’anasiga aylanib ulgurgani holda bugun ularning ta’lim jarayoniga ham singib ketgan. Maktablar binosining har bir qavatida rakovinalar bo‘lib, maxsus ilgichlarga har bir o‘quvchining ismi tushirilgan matolar ilib qo‘yiladi va darsdan so‘ng bolalar ular vositasida sinfxonalarni tozalab ketadilar. Hojatxona va zina, bino tashqarisi farroshlar tomonidan tozalanadi. Ba’zi ta’lim muassasalari bog‘cha, maktab va universitetdan tarkib topgan. Bunday tizim juda yaxshi samara beradi. Davlat maktablarida o‘qish bepul bo‘lib, ota-ona tomonidan faqat tushlik uchun ma’lum miqdorda pul to‘lanadi. Yuqori ta’limda esa maktab oshxonasidan yoki uydan yegulik olib kelib tanovul qilish mumkin. Boshlang‘ich sinfdan yuqori sinflargacha ovqatni suzib olib kelish va idishlarni yig‘ishtirish o‘quvchining o‘zi tomonidan bajariladi. Yapon maktablarida o‘quvchi jazolanmaydi. Bolada biror muammo paydo bo‘lsa, psixolog va sinf rahbari tomonidan o‘rganilib, holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. O‘quvchilar umuman dars qoldirmaydi. Mabodo kasal bo‘lib maktabga kelolmasa, o‘qituvchi uning uyiga borib topshiriqlar beradi va o‘quvchi ota-onasi yordamida mavzuni mustaqil o‘zlashtiradi. Ta’limda bolaning tarbiyasiga juda muhim deb qaraladi. Tarbiyaga bog‘chadanoq katta e’tibor qaratiladi. Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, kattaga hurmat, tozalik, ozodalik, o‘z-o‘ziga xizmat, birovdan yordam kutmaslik, o‘ziga ishonch va hokazo kabilarni qonunday qabul qilib, unga hamma birdek amal qiladi. Bolaning erkinligi yapon pedagoglari uchun juda muhim sanalib, o‘quvchining darsda o‘ziga qulay tarzda o‘tirishiga imkon beriladi. Boshlang‘ich sinf xonalari juda keng bo‘lib, bir tomonida bir kishilik parta va stullar, ikkinchi tomonida esa gilamlar bo‘ladi. O‘quvchi ixtiyoriga qarab darsda o‘zi uchun qulay joy tanlaydi. Istasa, partada o‘tiradi, istasa, gilam ustida o‘tirib yoki yotib topshiriqlarni bajaradi. “Qanday holatda bo‘lsa ham o‘quvchi mas’uliyat bilan darsga quloq solib, bilim olishi muhim”, deydi yaponiyalik muallimlar. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 1-2-sinfda barcha fanlarni o‘zlari o‘tadi, ya’ni o‘quvchi maktabga moslashib olgunga qadar. 3-sinfdan esa bu vaziyat o‘zgarishi mumkin. Ta’limning bu bosqichida 8 ta fan bo‘lib, bizdagidan farqli tadbirlar uchun “senariy dars” ham fan sifatida kiritilgan. 3-sinfdan boshlab laboratoriya mashg‘ulotlari ham qo‘shiladi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilar uchun maktablarda alohida kutubxona mavjud. Ba’zi maktablarning boshlang‘ich sinf kutubxonalarida 10000 dan ortiq, ayrimlarida esa 32000 gacha bolalar adabiyoti bor. O‘quvchi kutubxonada o‘qigan kitobining mazmunini oq qog‘ozda rasm va qisqa matn orqali aks ettirib, yo‘lakka ilib qo‘yadi. Yaponlar kitobxonlikka katta e’tibor qaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi haftada 2 ta kitob o‘qiydi. Kutubxona formulyarini o‘quvchi o‘zi to‘ldiradi. Vaqti-vaqtida kutubxonachi muhr bosib qo‘yadi. Boshlang‘ich sinflar uchun o‘qish fanining ayrim darslari kutubxonada o‘tiladi. Maktab kutubxonasi kitoblar, gazeta va jurnallar bilan davlat budjeti hisobidan ta’minlanadi. Maktablarda o‘quvchilar uchun forma joriy qilingan, o‘qituvchilar esa bundan mustasno. O‘quvchi formasi ota-ona tomonidan olib beriladi. O‘qituvchi esa o‘ziga qulay kiyimda kelib, dars beradi. Maktabda tarbiya olti yo‘nalishda beriladi: -mas’uliyat; -hurmat; -mehribonlik; -haqgo‘ylik -adolat; -to‘g‘riso‘zlik; -fuqarolik. O‘quv yili-aprel oyida boshlanib,-dekabrda 2 hafta, martda 2 hafta va-iyuldan-avgustgacha 2 oy ta’til beriladi. O‘qituvchilar haftada 2 kun dam olib, ta’til vaqti muntazam sport to‘garagiga qatnaydi. Yaponiya ta’limi amaliy bilimlarga tayanadi. Har bir narsa amalda bajarilib, ko‘rsatib beriladi va o‘quvchi ham buni bajarishi lozim bo‘ladi. Bu jarayon bog‘chadan boshlanadi. Masalan, bolalar oshxonada ovqat tayyorlashni — qozonga tayyor mahsulotlarni ketma-ketlikda solishni o‘yinchoqlar yordamida o‘rganadi. Do‘konda xaridor va sotuvchining muomala madaniyatini va shunga o‘xshash vaziyatlarni amalda bajaradi va ko‘nikma hosil qiladi. Boshlang‘ich sinf xonalarining aksariyatida eshikning orqa qismida o‘quvchilarning rasmlari ilinib, haftalik vazifa, ya’ni sinfdagi lavozimlari qayd etib boriladi. Qaydlar har hafta o‘zgarib turadi. Bundan tashqari, o‘quvchining kunlik qiladigan ishi aks etgan. Ya’ni ertalab kelib, do‘stlari bilan salomlashishi, darsga tayyorlanishi, shu kuni o‘tiladigan fanlar orasida tushlik qilishi, tanaffus va hokazolar rasmlar orqali ifodalangan. Kompyuter savodxonligi bog‘chadan shakllanib, boshlang‘ich sinfda bu yangilik sifatida qabul qilinmaydi. O‘rta ta’limga kelib esa ayrim fanlardan o‘quvchilar gazeta va jurnal tayyorlashadi. O‘quvchining nafaqat kompyuter savodxonligi, balki ijodkorligi, fikrlashi va dunyoqarashi kengayadi, shakllanadi. Maktablarda har ikki o‘quvchiga bitta kompyuter to‘g‘ri keladi. Download 123.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling