Mavzu: Psixodiagnostika metodlari
Download 245.62 Kb.
|
125590 mavzu testlar klassifikatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formallashgan metodika – aniq shakldagi qoidalarga qat`iy amal qilishni talab qiluvchi metodikalar.
- L.F.Burlachuk bo’yicha
- Test – standartlashtirilgan, faollikni talab
Mavzu:TESTLARNING KLASSIFIKATSIYASIREJA1.Psixologik testlar va ularning klassifikatsiyasi.2.So‘rovnomalar. So‘rovnoma klassifikatsiyasi.Akimova M.K.,Gurevich K.M. bo`yicha:
Formallashgan metodika – aniq shakldagi qoidalarga qat`iy amal qilishni talab qiluvchi metodikalar.Kam formallashgan metodikalar – bu qo`llashning qat`iy, aniq qoidalariga ega bo`lmagan metodikalar bo`lib, ko`proq psixodiagnostning psixik intuitciyasi va kasbiy tajribasiga bog`liq metodikalar.
L.F.Burlachuk bo’yicha
Test – standartlashtirilgan, faollikni talabTest – standartlashtirilgan, faollikni talabetuvchi, vaqt jihatdan chegaralan-gan holda bajariladigan topshiriq-lar bo`lib, uning natijasi miqdorva sifat jihatdan baholanib, shaxs-individual-psixologik xususiyat-larini aniqlash imkonini beruvchimetod (L.F.Burlachuk).So`rovnovalar – savol va mulohaza-
Shaxs so`rovnomalari – bu shaxsning alohida xususiyatlarini aniqlash va baholash uchun qo`llaniladigan metodik vositalar majmuidir. Ushbu metodning nazariy asosi – introspektcionizm hisoblanadi. So`rovnoma metodi 1-bo`lib F.Galton tomonidan shaxs sifatlarini emas, balki insonning bilish sohasini baholash uchun qo`llanilgan(ko`rish idroki, aqliy obraz). XIX asr oxirlarida ushbu metod yordamida xotira (Bine,E.Kurt`e), umumiy tushunchalar (T.Ribo), ichki nutq (O.Sen-Pol) tadqiq qilingan. Shaxs so`rovnomalaridan biri amerikalik psixolog R.Vudvorts tomonidan 1919 yilda ishlab chiqilgan “Shaxs haqidagi ma`lumotlar blanki” dir. Ushbu so`rovnoma harbiy xizmatchilarning nevrotik simptomatikasini aniqlash va ularni xizmatchilar safidan chiqarish uchun mo`ljallangan.
Tipologik so`rovnomalar (MMPI,X.Shmishek xarakter aktcentuatciyasi tiplarini aniqlash) Shaxs xususiyatlarini aniqlash so`rovnomalari(R.B.Kettel ) Motivlarni aniqlash so`rovnomalari Qiziqishlarni aniqlash so`rovnomalari Qadriyatlarni aniqlash so`rovnomalari Ustanovkalarni aniqlash so`rovnomalari MMPI – (Minnesota Multiphasik Personality Inventory) Minnesot ko`p omilli shaxs so`rovnomasi 1941 yilda S.Xetuey va Dj.Makkinli tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu so`rovnoma norma va patologiyani aniqlash uchun mo`ljallangan. 16 dan 55 yoshgacha bo`lgan 700 nafar sinaluvchilarda standartlashtirilgan. 550 ta tasdiqdan iborat bo`lib, ularga “to`g`ri”,”noto`g`ri”,”aytish qiyin” tarzida javob berish so`raladi. 10 ta asosiy va yana 3 ta nazorat shkalasidan iborat. 1.Ipoxondriya shkalasi (sog`ligiga haddan ortiq etibor qaratish) 2.Depressiya shkalasi (ta`sirchanlik,o`zidan qoniqmaslik). 3.Isteriya shalasi (namoyishkoronalik). 4.Psixopatiya shkalsi (ijtimoiy dezadaptatciya,o`zini tutolmaslik, agressivlik,ta`sirchanlik). 5.Erkaklik va ayollik shkalasi (ayollik yoki erkaklik roli bilan identefikatciya). 6.Paranoyallik shkalasi (egoizm,o`zidan mamnunlik) 7.Psixoasteniya shkalasi(xavotirli, shubhali,o`z kuchlariga ishonmaslik). 8.Shizoidlikni aniqash shkalasi(autistik tip). 9.Gipomaniya shkalasi(sababsiz ko`tarinki kayfiyatda bo`lish,faollik,g`ayratlilk) 10.Ijtimoiy introversiya shkalasi(munosabatlarda tortinish, uyalish) X.Shmishekning aktcentuatciya tiplarini diagnostika qilishga mo`ljallangan metodika. K.Leongardning xarakter aktcentuatciyasi kontceptciyasi asosida yaratilgan. Bunda 10 ta tip ajratib ko`rsatiladi :
Namoyishkorona tip
Pedantik tip
Qotib qoluvchi tip
Qo`zg`aluvchan tip
Gipertim tip
Distim tip
Xavotirli tip
Ciklotim tip
Ekzaltir tip
Emotiv tip Proektiv texnikalar
Ushbu metodikalar asosi so`zli assotcialar metodi hisoblanadi So`zli assotciyalar metodi F.Galton nomi bilan bog`langan. Assotcionizmdan tashqari bu metodlarning asosi psixoanalizga borib taqaladi. Psixoanalizning asosiy tushunchasi ongsizlikdir. Dastavval,bu tushuncha shaxsning yashirin harakatlantiruvchi kuchi , organizmning yashirin tubidan harakat qiluvchi motiv deb qaralgan. Aql ongsizlikka nisbatan yashirin mexanizm bo`lib xizmat qiladi. Ongsizlik sohasiga kirish, undagi yasharin tendentciyalarni tushunish uchun eksperiment davomida ongni o`ziga xos topshiriqlarni hal qilishga qaratish lozim bo`lgan. Bu esa shaxsda ongsizlikni ihtiyorsiz tarzda namoyon qilish imkonini yaratgan. Aynan mana shunday topshiriqlar proektiv metodikalarga kiritilgan. Download 245.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling