Mavzu: Psixologiya fani predmeti, vazifalari, ob’ekti va ahamiyati


Ijtimoiy va shaxsiy tajribada yuzaga kelgan sodda psixologik ma’lumotlar ilmiy psixologiyagacha yaratilgan psixologik bilimlarni tashkil etadi


Download 148.01 Kb.
bet2/2
Sana02.02.2023
Hajmi148.01 Kb.
#1135992
1   2
Bog'liq
Muxtarov Fayozbek

Ijtimoiy va shaxsiy tajribada yuzaga kelgan sodda psixologik ma’lumotlar ilmiy psixologiyagacha yaratilgan psixologik bilimlarni tashkil etadi.


Ular ancha keng miqyosli bo‘lishi, ma’lum darajada tevarak-atrofdagi kishilarning xulq-atvoriga qarab ish qilishiga yordam berishi, bir muncha to‘g‘ri bo‘lishi va voqelikka mos kelishi mumkin.
Lekin, umuman olganda, bu bilimlar tizimlilikdan, teranlikdan, isbotlilikdan mahrumdir va shunga ko‘ra ham bilimlar kishi psixikasi to‘g‘risida odamlar bilan ularning u yoki bu xilda kutilayotgan holatlardagi xulq-atvorini taxmin qilish imkonini beradigan hamda ilmiy, ya’ni ob’ektiv va ishonarli bilimlarni talab qiladigan jiddiy (pedagogik, davolash, tashkiliy va boshqa shu kabi) ish olib borish uchun mustahkam negiz bo‘la olmaydi.


Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini taqozo qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va harakatini boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, biokimyo, kibernetika va boshqalar) bilan birgalikda ochib beradi.


Shunday qilib, psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‘rganadi.


Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko‘ra pedagogika shaxsni ta’lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o‘rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini − shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi.


Psixologiya, asosan, psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko‘ra psixikaning yuzaga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko‘rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:


1- bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat;


2- bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;


3- shaxsning hissiy-irodaviy sohasi: hissiyot, iroda;

4- shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat.




E'TIBORINGIZ UCHUN KATTA RAHMAT.
Download 148.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling