1-ma’ruza. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja
Download 37.86 Kb.
|
1 мавзу Психологиянинг ривожланиш тарихи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тayanch tushunchalar
- Psixologiya
- 2.Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
- "animizm"
- Platon
- Arastu (Aristotel
- Abu Ali ibn Sinoning
- Spinoza
1-MA’RUZA. PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI. REJA. 1.Psixologiya haqida tushuncha 2.Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi 3.Sharqda psixologik fikrlar taraqqiyoti 4.Psixologiyaning tadqiqot metodlari Тayanch tushunchalar: Psixologiya, psixika, psixik jarayonlar, determenizm. 1.Psixologiya haqida tushuncha Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga koʻra, pedagogika shaxsni ta’lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni oʻrganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi. Psixologiya soʻzining lugʻaviy ma’nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini oʻrganadi. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, psixika deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob’ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon boʻladi, sub’ekt faoliyatini ma’lum maqsad asosida yoʻnaltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor V.M.Karimova fikricha, psixika - inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: 1)ob’ektiv borliqni toʻgʻri aks ettirish imkoniyatini beradi; 2)shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 3)doimo rivojlanib va takomillashib boradi. 4)Shaxsning individualligi orqali namoyon boʻladi. 2.Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud boʻlgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush koʻrish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) oʻlim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, koʻr-koʻrona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar koʻpincha nafas bilan bogʻlanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning oʻzi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm soʻzi -anima "jon" degan ma’noni anglatadi. Jon oʻz mohiyatiga koʻra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan. Platonning "ideyalar tugʻma boʻladi" degan gʻoyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qoʻshdi. Platon ta’limotiga koʻra "ideyalar" mohiyati abadiy va oʻzgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud boʻlib, ularni odam koʻzi bilan koʻra olmaydi. Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm soʻzi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma’noni anglatadi. Dualizm ta’limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud boʻlib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning "Jon haqida" asari oʻsha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani oʻz mazmunini batamom oʻzgartirgan. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi boʻlib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga koʻra, jon qismlarga boʻlinmaydi, lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik gʻoyalarni rivojlanishida tayanch nuqta boʻlib hisoblanadi. Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi. Sharqda psixologik qarashlarning paydo boʻlishida buyuk Sharq mutafakkirlarining roli katta boʻlgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek kabilar oʻzlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari oʻsha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shugʻullangan olimlardan biridir. Uning ruh, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan soʻng ham zamonaviy psixologiyada oʻz qimmatini yoʻqotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi boʻlib psixoterapevtik usullarni qoʻllab koʻrgan olimlardan biridir. Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta koʻlamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta’limot targʻibotchisi edi. XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnis (1646-1716) ning ta’limoti matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta’sir etgan edi. Psixika hayot manzarasi arifmetik yigʻindi tariqasida emas, balki integral tarzda namoyon boʻladi. Leybnis tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi gʻoyasiga tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiyalar diqqat va xotirani oʻz ichiga olgan anglangan idroklardan farqlagan edi. Leybnis psixologiyaga psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda psixikaning onglilik va ongsizlik koʻrinishlari oʻrtasidagi murakkab nisbat haqidagi gʻoyani olib kirdi. Download 37.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling