1-ma’ruza. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja


Shunga koʻra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha


Download 37.86 Kb.
bet5/7
Sana31.01.2023
Hajmi37.86 Kb.
#1144382
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 мавзу Психологиянинг ривожланиш тарихи

Shunga koʻra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha:
1. Determinizm tamoyili;
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili;
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili.


Tamoyil - ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir.
Determinizm tamoyiliga koʻra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit oʻzgarishi bilan oʻzgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.
Ong va faoliyat birligi tamoyiliga koʻra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini oʻrganish orqali xatti-harakatlardan koʻzlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga koʻra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni toʻgʻri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlar ishlarida oʻz aksini topgan. L.S.Vigotskiy ta’lim psixikani rivojlantirishga yoʻnaltirishini, P.P.Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida oʻyinlar bilan oʻspirinlik yoshida oʻqish bilan bogʻliq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn "Ong faoliyatda paydo boʻlib, faoliyatda shakllanadi" degan edi.

4.Psixologiyaning tadqiqot metodlari


Kuzatish metodi - ikki xil boʻlib, ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi oʻzgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:


a) kuzatishning maqsad, vazifasi belgilanadi;
b) kuzatilayotgan ob’ekt tanlanadi;
v) tadqiqot oʻtkazish vaqti rejalashtiriladi;
g) kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi;
d) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (oʻqish, oʻyin, mehnat, sport) amalga oshirilishi aniqlanadi;
e) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tanlanadi; yo) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon) tayyorlab qoʻyiladi. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning
diqqati, his-tuygʻulari, asab tizimining tashqi ifodalari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati kabilar oʻrganiladi.



Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling