1-ma’ruza. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja
Download 37.86 Kb.
|
1 мавзу Психологиянинг ривожланиш тарихи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Rayhon Beruniyning
- Mir Alisher Navoiyning
Abu Ali ibn Sino oʻz ijodi davomida faqat ilmiy izlanish ishlarini olib bormadi, balki badiiy adabiyot sohasida, she’riyat sohasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Uning she’rlarida, hikoyalarida va oʻzi haqida ham xalq ogʻzaki ijodida koʻplab asarlar bitilgan. Ibn Sino bu badiiy adabiyot sohasidagi ishlarida fan yutuqlarini bayon etib berishni, bu orqali insonlarga bilim berishni ham maqsad qilib oldi.
Ibn Sino inson temperamentini oʻrganib uni yoshiga, tanasidagi suyuqliklarning kam-koʻpligiga qarab, ayol va erkakligiga qarab oʻrganishga harakat qiladi. Bularni ham u she’rlarida bayon etib bergan. Ibn Sino ruboiylarida ham ruhiyatga tegishli fikrlarni aytib oʻtgan. Abu Rayhon Beruniyning psixologiyaga oid fikrlari asosan falsafiy masalalarni muhokama qilish davomida, falsafa muammolariga singib ketgan holda hal qilinadi. Bu bilish jarayonlari bilan uzviy bogʻliqdir. Abu Rayhon Beruniy oʻzining ilmiy asarlarida bilish bilan bogʻliq masalalarga qiziqib ularni oʻrganishga harakat qilgan edi. Beruniy merosini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, u oʻzini ilk asarlaridan tortib to soʻnggi asarigacha insonning bilish jarayonini oʻrganishga, uning yuz berishini anglashga intilgan. Beruniyning fikricha, bilish jarayonining asosini hissiy bilimlar tashkil etadi. Agarda sezgi organlari boʻlmaganda edi, inson dunyo haqida, uning tuzilishi haqida bilimlarga ega boʻlmas edi. Masalan, insonda koʻz boʻlmaganda u ranglar haqida tasavvurga ega boʻlmas edi. Mir Alisher Navoiyning asarlarida emotsional, aqliy va hissiy bilish bilan bogʻliq fikrlar, inson tafakkurini oʻrganish va mas’uliyat bilan hayotga, oʻz hayoti va boshqalar hayotiga munosabatda boʻlish kabi diqqatga xos jarayonlar aks etgan. Alisher Navoiy inson tanasi va uning ruhi haqida oʻz fikrlarini bildirib borib, inson tanasi bu uning miyasi bilan bogʻliqligini “Mahbub ul-qulub” asarida koʻrsatib oʻtadi. Umuman Alisher Navoiy asarlarida inson, uning ruhiy-psixologik, axloqiy-psixologik jarayonlari keng tahlil qilinib insonni barkamol boʻlishga, jamiyatni yaxshi insonlar qoʻlida boʻlishi va ijtimoiy munosabatlarda taraqqiyotga yoʻnalishi kabi masalalar, pedagogika va psixologiya masalalari oʻrganiladi. Navoiy ijodida oʻz davri ma’naviyatining muhim koʻrinishi – axloq masalasi asosiy oʻrin tutadi. Navoiy inson axloqining uzviy tarkibiy qismi boʻlgan, uning emotsional-hissiy kechinmalarini tashkil etuvchi ishq-muhabbatni, sevgini yuksak ijtimoiy axloqiy tushuncha darajasiga koʻtarish bilan insondagi bu ruhiy jarayonni oʻrgandi va ifodalab berdi. Bu yerda Navoiyning fikricha, ishq-muhabbat, sevgi insonlar faoliyatini boshqaruvchi, tartibga soluvchi omil boʻlib, inson qalbini turli illatlardan tozalovchi, insonda yuksak ma’naviy his-tuygʻuni uygʻotuvchi qudratli ruhiy-axloqiy kuch ekanligi aytiladi. Download 37.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling