1-ma’ruza. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja


Download 37.86 Kb.
bet6/7
Sana31.01.2023
Hajmi37.86 Kb.
#1144382
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 мавзу Психологиянинг ривожланиш тарихи

Tajriba yoki eksperiment metodi - oʻz navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy tajriba metodlarining ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F.Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan. U kichik maktab yoshidagi bola shaxsining shakllanishini oʻrganish maqsadida ushbu metodni qoʻllagan.

Laboratoriya (klinika) eksperimenti metodining (1879 yili V.Vunt kiritgan) asosiy xususiyati, shundan iboratki bunda oʻrganilishi lozim boʻlgan psixik jarayonlarning (masalan idrok, diqqat,xotira kabi) qanday sharoitda qachon yuz berishini kutib oʻtirmasdan tekshiruvchi kishi (eksperimentator) sinalayotgan odamda shu jarayonlarni maxsus tarzda ishga soladi.




Yordamchi metodlar
Suhbat metodi bilan inson psixikasini oʻrganishda foydalanildi. Uning maqsadi va vazifasi belgilanadi. Suhbatning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzu oʻtkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan oʻtkazish rejalashtiriladi, oʻrganilayotgan narsa bilan bogʻliq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi ma’lum bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi oʻzgarishlarni oʻrganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e’tiqodi,
dunyoqarashi, irodasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar olinadi. Suhbat chogʻida oʻzaro izchil bogʻlangan savollar beriladi.
Suhbat metodidan toʻgʻri foydalanish va undan kutiladigan natijaga erishish suhbat oʻtkazish uchun puxta tayyorlanishga bogʻliqdir. Suhbat metodi quyidagi shartlarga rioya qilishni talab etadi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi
Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod faoliyat psixologiyasida keng qoʻllaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan oʻyinchoqlar, modellar, yozgan she’rlarini tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallarni qoʻllash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob’ekt bilan sub’ekt oʻrtasida
muloqot oʻrnatish uchun shaxsning psixikasi toʻgʻrisida sirtdan ma’lum hukm, xulosa chiqariladi.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, oʻquvchilar, talabalar,
konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari toʻgʻrisida ma’lumotlar toʻplash mumkin. Lekin insondagi psixik oʻzgarishlar kamol topish va ularning kechishini ifodalovchi materiallar yigʻish uchun bu metodning oʻzi yetmaydi. Shuning uchun inson psixikasini oʻrganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma’qul.
Test metodi - "Test" inglizcha soʻz boʻlib sinash tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy oʻsishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart masala, topshiriq test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mumkinligi, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda keng qoʻllaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yigʻilgan psixologik materiallarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qilishga bogʻliqdir.
1905 yildan fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy oʻsishi va iste’dod darajalarini oʻlchash imkoniyati borligi gʻoyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodi qoʻllana boshladi.
Testlar metodi variantlari: Test-so‘roq, test-topshiriq, proektiv test, sotsiometriya.

Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling