1-ma’ruza. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja


Download 37.86 Kb.
bet7/7
Sana31.01.2023
Hajmi37.86 Kb.
#1144382
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 мавзу Психологиянинг ривожланиш тарихи

Biografiya (tarjimai hol) metodi - inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayot faoliyati, ijodiyoti toʻgʻrisidagi ogʻzaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, xotiralari, esdaliklari, oʻzgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida oʻrin egallaydi. Shu bilan birga oʻzgalar tomonidan toʻplangan tarjimai hol haqidagi materiallar, esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar oʻrganilayotgan shaxsni toʻliqroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi oʻzgarishlarni kuzatishda uning suhbat va tajriba metodlari bilan oʻrganib boʻlmaydigan jihatlarini ochishga yordam beradi.
Soʻrovnoma metodi - psixologiyada keng qoʻllaniladigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga munosabatlari oʻrganiladi. Soʻrovnoma odatda 3 xil tuzilishda boʻladi. Ularning birinchisi anglangan motivlarni aniqlashga moʻljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi turida sinaluvchiga yozilgan toʻgʻri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Soʻrovnomadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, oʻziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlashda foydalaniladi.
Sosiometrik metod. Bu metod kichik guruh a’zolari oʻrtasidagi bevosita emosional munosabatlarni oʻrganish va ularning darajasini oʻlchashda qoʻllaniladi. Bunga Amerikalik sosiolog Dj.Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruh a’zolarining bir-birlari bilan munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi soʻraladi. Olingan malumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor koʻrsatkichlar guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari toʻgʻrisida tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi koʻrinishini aks ettiradi.


Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling