Mavzu: psixologiya fanii predmeti, maqsad va vazifalari. Psixologiyaning metodlari


Download 0.49 Mb.
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1270992
  1   2   3   4   5
Bog'liq
psixologiya fani vazifasi

Mavzu: psixologiya fanii predmeti, maqsad va vazifalari. Psixologiyaning metodlari

Reja:

  • PSIXOLOGIYA FANI HAQIDA UMUMIY TUHUSNCHA
  • PSIXOLOGIYA FANI PREDMETI
  • PSIXOLOGIYA FANI METODLARI
  • XULOSA

Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan bo’lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi anikdangani yo’q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi sohalar boyicha to’plangan ma’lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash mumkin. Ammo psi-xologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar mav-jud bo’lishidan qat’i nazar, u alohida xususiyatga ega bo’lgan musta-qil fandir. Bizningcha, (E.G’), uning mohiyatini yoritish uchun boshqa manbaga murojaat qilish haqiqatga yaqinroq ma’lumot berishi ehti-mol. Chunki psixologiya fani yaqqol inson fazilati, muayyan taraq-qiyot xususiyatlari, mexanizmlari, qonuniyatlari, o’ziga xoslik, alo-hidalik, yakkahollik tabiati yuzasidan bahs yuritadi.
«Psixologiya» (so’zini o’zbek tiliga tarjima qilsak, u «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no angla-tadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o’rniga «psixika»ni qo’llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda «jon»dan kengroq ko’lamga ega bo’lib, ham ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmovchi tomonlarini o’zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muo-mala yaqqol namoyon bo’lish xususiyatiga ega bo’lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko’zga ko’rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o’rtasida bir talay ta-fovutlarni keltirib chiqardi.
Psixika to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodi-salar deganda ichki, sub’ektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo’lishi tushuniladi, boshqacha so’z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajriba-ning o’zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg’u-lari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlari-dir, ya’ni bularning hammasi sub’ektiv psixik hodisalar sanaladi.
Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shun-dan iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo’lib, ij-timoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o’tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o’laroq o’ztatbiqiy ma’lumotlari, natijalarining ko’pqirra, ko’pyoklama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko’rsatki-chiga ega. Ayniqsa, bu borada o’zini o’zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o’rganish ilmidan tafovutlanib, o’zining psixik jarayonlari, funkstiyalari, holatlari, hissiyoti, iro-dasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o’z aksini to-padi. Inson o’zini anglay borib, o’z insoniy xislati, xususiyati, si-fati, xulqini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling