Mavzu: psixologiyada boshqarish muammosi


GURUHLARDA RAHBARLIK VA LIDERLIK


Download 30.55 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi30.55 Kb.
#253875
1   2   3   4
Bog'liq
Boshqaruv psixologiya

GURUHLARDA RAHBARLIK VA LIDERLIK


Guruhlardagi o’zaro munosabatlar yo’qoridan pastga yoki aksincha, bo`lib guruh a’zolarining konkret mavqelari, boshlik bilan buysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlarini o`z ichiga oladi. Bu borada "lider" va "boshlik" tushunchalari o’rtasidagi farklar haqida gapirish lozim. B. D. Parigin bu ikki tushunchani farklab shunday yozadi:

1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar-shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;

2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo`lgan xodisa bo’lsa, rahbarlikning xak-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo`lishi, amalga oshirilishi mumkin;

3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar okibatida sodir bo`ladigan xodisadir;

4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik xodisa bo`lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo’nalishiga qarab, uzoqrok muddatda yoki qisqa muddatda ro’y beradi;

5) rahbarning liderdan farki yana shundaki, u liderda yo’q bo`lgan ja’zolash va ragbatlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda o`z xodimlariga ta’sirini o’tkazishi mumkin;

6) lider guruhda u yoki bu karorlar, ko’rsatmalar, tashabbuslarni o`z ixtiericha bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo’nalishda ko’plab rasmiy ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruklar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi qiyin;

7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar dorasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengrok ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vaqili bo`lgan­ligi uchun, uning vaqolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortikdir.

Lider xech kachon yelgiz bo’lmaydi, u doimo guruh a’zolari guruhida qaraladi, u shu guruh a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider guruh a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlar va xoka’zolarni hammadan ham Yaxshi biladi, ular ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida olib qaraladigan bo’lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a’zolari ichida eng bilagoni, aql urgatuvchi, topkir intellektual lider, bolalar ichida eng xazilkash, dilgir, xushchakchak, kungil surovchi, o’zgalarni tushuna oladigan- emotsional lider, guruhni ish faoliyatiga chorlay oladigan, dadil, kat’iyatli, irodali liderlar bo`lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko’ra paydo bo`ladilar hamda bolalar ongida o`z sifatlariga ko’ra obru kozonadilar. Lider sifatlari ichida Yaxshi va yemonlari ham bo`lishi mumkin.

Shuning uchun ham, sinf rahbari o`z sinfidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan xamkorlikda ishlashi zarur. To’g’ri, ba’zi hollarda rasmiy va norasmiy lider bilan shaxs bo`lishi ham mumkin. Bu juda qo’lay, lekin liderlik vaziyatga bog’liq bo`lgani uchun ham ularning o’zgarib turishini hisobga oladigan bo’lsak, ukituvchining boshqarish maxorati yoki san’ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir.

Shunday qilib, har qanday lider obruga ega. Obrulilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy emotsional, ham irodaviy ta’sir kursata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obrulilik, ya’ni shaxslararo munosabatlar maxsuli sifatida orttirilgan obru juda samaralidir. Odamlar kungliga Yo’l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga o’xshashlar obru orttirish mezonlaridandir.

Liderlik xodisasi to’g’risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari haqida ham qisqacha tuxtalib utish o’rinlidir. Hozirgi kunga kadar liderlik to’g’risida asosan uchta nazariya mavjud.

Birinchisi"liderlik sifatlari nazariyasi"dir yoki harizmatik nazariya. Uning moxiyati shuki, hamma ham lider bo’la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yigindisi tugma mavjud bo`lib, ular uning guruhda lider bo`lishini ta’minlaydi. Masalan, 1940 yilda Amerikalik K. Berd 79 sifatdan iborat bo`lgan liderlik kirralari ro’yxatini tuzdi. Bu ro’yxatda jumladan: tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o’ziga ishonch, tez va aniq karorlar kabo’l qila olish, tashqilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yo’qoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo`ladi-yu, qanday shakllanishini tushuntirib bera olmadi, ikkinchidan, So’roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlok ko’p marta qayd etilmadi.

Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog’liqligi nazariyasidir. Bu yerdagi asosiy goya- lider vaziyatning maxsuli degan goyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning uzlarining ko’rsatishlari, lider bo`lish uchun qo’lay hisoblanadi.

Yo’qoridagi ikki nazariya tankid qilish natijasida paydo bo`lish, uchinchi nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruhiy munosabatlarning bevosita maxsuli deb qaraydi, liderning ruebga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari so’radi.

Bizning olimlarimiz rus psixologi A. N. Leontevning faoliyat konsepsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat maxsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosati va guruhga kabo’l qilingan normalar va ijtimoiy kutishlarga kim ko’prok javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin deb hisoblashmoqda. Ijtimoiy kutishlar nazariyasi hozirda ko’pchilik tomonidan ma’qo’l yendoshishlardan biri deb kabo’l qilinmoqda.



Download 30.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling