Mavzu: Psixome


Download 82.85 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi82.85 Kb.
#1107013
Bog'liq
psixometr


Mavzu: Psixometr yordamida havo namligini aniqlash.


Nazariy qism.

Tabiatdagi suv turli xil shaklda, chunonchi, yomg‘ir, qor, tuman, qirov, shudring, muz kabi ko‘rinishlarda mavjud bo‘lib, ularning barchasi namlik tushunchasini ifodalaydi. Namlikning etishmasligi quruqlikdagi hayotning eng muhim xususiyatlaridan biridir.

Ma’lumki, havo atmosferasi tarkibiga ba’zi gazlar bilan bir qatorda suv bug‘i ham kiradi. Havoning 1m3 xajmidagi suv bug‘ining miqdoriga son jihatidan teng kattalik absolyut namlik deb kiritiladi. Klayperon tenglamasiga muvofiq 1m3 havodagi suv bug‘ining miqdorini quyidagicha hisoblash mumkin.

q=l,06p/(1+at°) (1.1)

a=1/273 (grad)-1 havoning hajm kengayish koeffitsienti. Uncha katta bo‘lmagan temperaturadagi absolyut namlik q, shu temperaturadigi suv bug‘ining parsial bosimidan (r) farq qilmaydi. SHu tufayli absolyut namlik suv bug‘ining parsial bosimlarida ifodalandi va mm simob ustuni birligi bilan o‘lchanadi.

Er sirti va ochiq suv havzalaridan suyuqliklarni bug‘lanish va kondensatsiyalanishi atmosferaning iqlim sharoitlariga ta’sir qiladi. Havoni quruq yoki namligi nafaqat absolyut namlikka balki uning tuyinish darajasiga yaqinligiga ham bog‘liq bo‘lib, u nisbiy namlik orqali hisobga olinadi.

Nisbiy namlik deb, berilgan temperaturadagi, suv bug‘ini parsial bosimini, shu temperaturadagi tuyintiruvchi bug‘ bosimiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka aytiladi.


R=(P/P0)100 % (1.2)

Bu erda P0 - berilgan temperaturadagi tuyintiruvchi bug‘ bosimi.

Berilgan temperaturada o‘z cuyuqligi bilan termodinamik muvozanatda bo‘lgan bug‘, tuyingan bug‘ deyiladi.

Agar tuyinmagan bug‘ni o‘zgarmas bosim sharoitida sovutilsa, ma’lum

temperaturada u kondensatsiyalanib, shudring hosil qiladi. Bu temperatura shudring nuqtasi deb yuritiladi va Tm - bilan belgilanadi.

SHudring havoni namligi 100% yaqin bo‘lganda vujudga keladi.

Havo namligini qator usullar bilan aniqlash mumkin:

1. SHudring nuqtasini aniqlash usuli bilan 2. Psixrometr yordamida v.h k.

PSIXROMETRIK USUL

Havo namligini aniqlashda psixrometrik usul keng tarqalgan bo‘lib, u birday havo oqimiga joylashtirilgan quruq va ho‘l termometrlar ko‘rsatishi farqini aniqlashga asoslangan.

Barqarorlashgan bug‘lanish sharoitida ho‘l termometr sharchasi sirtidan suyuqlik bug‘lanishi uchun zarur issiqlik miqdori (Q2) atrof muhitdan olingan issiqlik miqdori (Qi) ra teng bo‘ladi.

Q1=a(t-t1)S1 (1.3)

Bu erda a - proporsionallik koeffitsienti.

(t –t1,) - Temperatura farqi, S1 - Bug‘lanish yuzasi

Dalton qonuniga muvofiq vaqt birligi ichida bug‘langan suyuqlik miqdori:

M=(CS(P0-P))/H (1.4)

Bu erda N-atmosfera bosimi, S2- bug‘lanish yuzasi.

Ro - tuyintiruvchi bug‘ bosimi, R - porsional bosim


S-havo oqimi tezligiga bog‘liq bo‘lgan proporsionallik koeffitsienti,

Solishtirma bug‘lanish issiqligini hisobga olib bug‘lanish issiqligini

Q2=m=(CS2(P0.P))/H (1.5)

Bu erda  solishtirma bug‘lanish issiqligi.

1.3 va 1.5 formuladan (S1=S2) quyidagi formulami hosil qilamiz. ((S (P0-P))/H)=a(t-t1) С (P P) a(t t1) (1,6)
yoki

R=R0-A(t-t1)H (1.7)

Bu erda A=(a/S  )- psixrometrik doimiylik bo‘lib aspiratsion psixrometr uchun A=0,000662 1/grad.
Download 82.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling