Mavzu: Pul aylanishi va uning tarkibi


Download 280.07 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi280.07 Kb.
#1040696
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aliqulov Adham prezentatsiya

Markaziy bank Hisob – kitob kassa markazlari (HKKM) va tijorat banklarining tegishli hududlar bo‘yicha aylanma kassalarni xomcho‘tini amalga oshiradi va pul muomalasi holatini tahlil qilib boradi. Banklarning kassa aylanmalari xomcho‘ti ma’lum davrlar uchun naqd pullarning tushumi va chiqimi asosida tuziladi. Banklar kassa aylanmalari xomcho‘tini tuzish uchun o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslardan ularning depozit hisobvarag‘i bo‘yicha har chorakning boshlanishidan 30 kun oldin buyurtmanomalarini oladilar. Bank bo‘limi xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslarning asosiy depozit hisobvarag‘i bo‘yicha aylanma kassa xomcho‘ti asosida bankda naqd pullarning tushum manbalari va chiqim moddalarining yig‘ma qaydnomasini tuzadi. Ta’kidlash lozimki, banklar tomonidan tuzilgan aylanma kassa xomcho‘ti amaliyotda doimo ham bajarilavermaydi. Ushbu holat ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan izohlanadi. Albatta, bu ijobiy holat sifatida baholanmaydi. Chunki, banklar o‘z majburiyatlarini to‘liq ravishda bajarmasligi aholi va mijozlarning ularga bo‘lgan ishonchini pasayishiga sabab bo‘ladi. Banklar yuridik shaxslardan olgan choraklik aylanma kassa xomcho‘tini oyma – oy taqsimlab chiqadilar. Bunda quyidagilar hisobga olinadi: – har bir oyning ish kunlari soni va boshqa xususiyatlari; – chakana tovar aylanmasi, ish haqi fondlari hajmining oylar bo‘yicha o‘zgarib turishi mumkinligi; – aholining soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlari. Tijorat banklari aylanma kassa xomcho‘tini yangi chorak boshlanishidan 15 kun oldin Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga taqdim etadi, ular esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha umumlashtirilgan aylanma kassa xomcho‘tlarini chorak boshlanishidan kamida 5 kun oldin Respublika Markaziy bankiga taqdim etadilar. Tijorat banklari va Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari kassa aylanmalari xomcho‘ti bilan birgalikda tushuntirish xatlarini ham qo‘shib jo‘natishlari lozim.

  • Markaziy bank Hisob – kitob kassa markazlari (HKKM) va tijorat banklarining tegishli hududlar bo‘yicha aylanma kassalarni xomcho‘tini amalga oshiradi va pul muomalasi holatini tahlil qilib boradi. Banklarning kassa aylanmalari xomcho‘ti ma’lum davrlar uchun naqd pullarning tushumi va chiqimi asosida tuziladi. Banklar kassa aylanmalari xomcho‘tini tuzish uchun o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslardan ularning depozit hisobvarag‘i bo‘yicha har chorakning boshlanishidan 30 kun oldin buyurtmanomalarini oladilar. Bank bo‘limi xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslarning asosiy depozit hisobvarag‘i bo‘yicha aylanma kassa xomcho‘ti asosida bankda naqd pullarning tushum manbalari va chiqim moddalarining yig‘ma qaydnomasini tuzadi. Ta’kidlash lozimki, banklar tomonidan tuzilgan aylanma kassa xomcho‘ti amaliyotda doimo ham bajarilavermaydi. Ushbu holat ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan izohlanadi. Albatta, bu ijobiy holat sifatida baholanmaydi. Chunki, banklar o‘z majburiyatlarini to‘liq ravishda bajarmasligi aholi va mijozlarning ularga bo‘lgan ishonchini pasayishiga sabab bo‘ladi. Banklar yuridik shaxslardan olgan choraklik aylanma kassa xomcho‘tini oyma – oy taqsimlab chiqadilar. Bunda quyidagilar hisobga olinadi: – har bir oyning ish kunlari soni va boshqa xususiyatlari; – chakana tovar aylanmasi, ish haqi fondlari hajmining oylar bo‘yicha o‘zgarib turishi mumkinligi; – aholining soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlari. Tijorat banklari aylanma kassa xomcho‘tini yangi chorak boshlanishidan 15 kun oldin Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga taqdim etadi, ular esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha umumlashtirilgan aylanma kassa xomcho‘tlarini chorak boshlanishidan kamida 5 kun oldin Respublika Markaziy bankiga taqdim etadilar. Tijorat banklari va Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari kassa aylanmalari xomcho‘ti bilan birgalikda tushuntirish xatlarini ham qo‘shib jo‘natishlari lozim.

Download 280.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling