FZTning pul majburiyatlariga oid sof ta’siri yuvilib ketadi; pul bazasiga aholining naqd pulga bo’lgan talabining oshishi orqali ta’sir ko’rsatilmaydi. Ammo bundan farqli o’laroq, zaxiralar bunga ta’sir etadi. Zaxira miqdorining bir oz miqdorlarda o’zgarib turishi depozitdan valyutaga o’tish yoki aksincha hollarda vujudga keladi. Shunga o’xshash holatlar pul bazasi uchun tatbiq etilmaydi, chunki u muqarrar o’zgaruvchi sifatida olinadi.
Moliyaviy institutlarga qarzlar.
Mazkur bobda pul bazasidagi o’zgarishlar ochiq bozor operatsiyalarining natijasi sifatida sodir bo’lishi ko’rib o’tildi. Shuni ham aytib o’tish zarurki, FZT moliyaviy institutlarga qarz berganda ham pul bazasiga ta’sir ko’rsatiladi. FZT 100 million dollarlik qarzni milliy bankka taqdim etganda bank qarzning tushumlaridan kelgan 100 million dollarlik zaxiralarni kreditlaydi. Bank tizimi va FZTning balansida o’zgarishlar quyidagicha bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |