Mavzu: pul nazariyalar
Download 65.36 Kb.
|
PUL NAZARIYALAR 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul qiymat o’lchovi sifatida.
Pulning funktsiyalari
Biz pulni iqtisodiy kategoriya deb karab, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan funktsiyalarini tahlil qilib, pul to’rt funktsiyani bajaradi degan fikrni ta’kidlamokchimiz. Bular: Qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi jamg’arma vositasi funktsiyalari Pul qiymat o’lchovi sifatida. Pulning birinchi funktsiyasi uning qiymat o’lchoviligidir, ya’ni pul barcha tovarlarning qiymatini ulchaydi, ularning bahosini aniqlashda vositachi bo’lib hizmat qiladi. qiymat o’lchovi funktsiyasida pul, tovar ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy mehnatni ifodalaydi va shu mexnat asosida tovarning qiymatini belgilaydi. Pulning bu fuiktsiyasida naqd pullar emas o’lchovdagi pullar ishtirok qiladi. Masalan, biz savdo do’koniga kirib, biron tovarni bahosini ko’rib, baho shu tovarga arziydigan bahomi, yoki tovarga baho yuqori yoki past qo’yilganmi - shu to’g’risida o’zimizning xulosamizga ega bo’lishimiz mumkin. Mana shu bizning xulosamiz asosida pulning qiymat o’lchovi funktsiyasi yotadi.Pulning qiymat o’lchovi funktsiyasida bir tovarning qiymati ikkinchi bir tovar qiymati orqali ifoda kilinadi. Agar tarixan olib qaraydigan bulsak, bu vazifani o’z qiymatiga ega bo’lgan tovar-oltin yoki oltinni o’zida ifodalaydigan pul birliklari bajarib kalgan.Pulning qiymat o’lchovi funktsiyasi qiymat konuniga asoslanib aniq^lanadi.Pulning qiymat o’lchovi funktsiyasi baholar masshtabini urnatishni talab qiladi.Baholar masshtabi hukukiy harakterga ega bo’lib, u davlat tomonidanurnatiladi va tovar qiymatiga asoslangan holda uning bahosini ifodalaydi. Baholar masshtabi orqali, fikran namoyish qilingan tovar bahosi davlat bahosi yoki bozor bahosiga aylanadi va milliy pul birligida ifodalanadi. 80 - yillar oxirigacha baholar masshtabi deb, davlat tomonidan tasdiklanga'"n, tovar qiymatini o’lchash va baholar belgilash uchun kiritilgan, ma’lum oltin miqdorini o’ziga ifodalagan pul birligiga aytilgan. Qariyb 30 yil davomida 1961 yildan boshlab Sobik SSSRda baholar masshtabi qilib rubl kabul qilingan va u 0,987412 gramm oltinga tenglashtirilgan edi. 80 yillarning oxiriga kelib ittifokda pul birligini oltinga tenglash g’oyasi o’z kuchini yo’qotdi. Vaholanki, boshqa ko’pgina mamlakatlar amaliyoti bu tenglashtirish 70 - yillardan boshlab e’tiborga olinmadi. Rivojlangan iqtisodga ega bo’lgan mamlakatlarda valyutani oltinga tenglashtirish hal qiluvchi dastag emasligini ularning iqtisodiy va sotsial taraqqiyot isbotlab berdi.60 - yillarda yangi pul tizimi vujudga kelganda, pul islohati o’tkazilganda, devolvatsiya yoki revolvatsiyada davlat konuniy ravishda baholar masshtabini, pul birligining oltin miqdorini baholarni belgilash uchun urnatib bergan. Pul birligi ma’lum miqdor oltinga tenglashtirilgan bulsada, muomalaga chiqarilgan pul birliklari hech kachon oltinga almashtirilgan emas. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda jahondagi biror mamlakat o’z pulini oltinga almashtirmaydi. Ba’zi mamlakatlar pul birligini oltinga tenglashtirsada, pul birligiga to’g’ri kelishi mumkin deb belgilangan oltin miqdorini muomaladagi pul birligiga almashtirib bermaydi. Shuning uchun bu tenglashtirish o’zining iqtisodiy mohiyati va kuchini yo’qotganligi aniq. Chunki oltin oddiy tovarga aylandi va uning qiymata ham pulda ifolanadigan bo’ldi. Pulning funktsiyalari oltindan ajraldi, o’zgaruvchan valyuta kurslari joriy qilindi. Hozirgi vaqtda baholar masshtabi talab va taklif ta’sirida tashkil topadi va baho orqali tovarlar qiymatini o’lchashga hizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerak-ki, pul yordamida tovarlar tenglashtiriladi. Ikkala tomon uchun ham tenglashtirishning asosi bo’lib abstrakt mehnat hisoblanadi. Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi. Baho - bu ideal shaklda ongimizdagi qiymat o’lchovi. Qiymat o’lchovi vazifasini fikran ifoda qiladigan pulimiz bajaradi, baho esa to’la tukis real moddiy boyliklarning qiymatini ifoda qiladi. Qiymat shakliga ega bo’lgan tovar, bahoda ham ega buladi. Pul o’z bahosiga ega emas, uning qiymati o’zi bilan aniqlanishi mumkin emas. Baho o’rniga pul, sotib olish kobiliyatiga ega. Pulning sotib olish kobpliyati deganda pul birligiga to’g’ri keluvchi tovarlar va xizmatlar miqdori tushuniladi. Agar pul birligiga to’g’ri keluvchi tovarlar miqdori (soni) kancha ko’p bulsa, pulning sotib olish kobiliyati ham shuncha yuqori buladi va aksincha. Download 65.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling