Mavzu: pul o‘tkazmalari va ularning ishchi kuchi eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri reja: Kirish


Asosiy qism O‘zbekiston ishsizlik va migratsiya ko‘rsatgichlarining tahlili


Download 111.73 Kb.
bet2/11
Sana11.01.2023
Hajmi111.73 Kb.
#1088492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PUL O‘TKAZMALARI VA ULARNING ISHCHI KUCHI EKSPORT QILUVCHI MAMLAKATLAR IQTISODIYOTIGA TA’SIRI

Asosiy qism

  1. O‘zbekiston ishsizlik va migratsiya ko‘rsatgichlarining tahlili

2022 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 million 345 ming kishini tashkil etdi. Mamlakatda 1 million 441,8 ming kishi ishga muhtoj bo‘lib, ishsizlik darajasi 9,6 foizga yetdi. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi 15,1 foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni tashkil etdi.
2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi.
2021 yilning dekabr oyida vazirlik huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari tomonidan O‘zbekistonning 108 ta shahar va tumanlarida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan. Tadqiqot davomida 500 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 5 mingta uy xo‘jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olingan.
2022 yil 1 yanvar holatida mamlakatdagi mehnat resurslari soni 19 million 345 ming kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 202,6 ming kishiga oshgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 million 538,9 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga (299,3 ming kishiga) oshgan.
Shuningdek, rasmiy sektorda band aholi soni 6 million 196,3 ming kishini tashkil qilgan. Bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga o‘sishni anglatadi. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 million 885,5 ming kishini tashkil etib, 2021 yilning 1 oktabr holatiga nisbatan 1 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 million 441,8 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan bo‘lsa, 2021 yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortgan.
16−30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi — 15,1 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa — 13,3 foiz bo‘ldi.
2022 yilning 1 yanvar holatida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4 million 364,2 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga yoki 19,8 ming kishiga ortishi kuzatilgan.
2021 yilning yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming nafari ish bilan ta’minlanganligi (2021 yilda 281,3 ming ishsiz aholini ishga joylashtirish belgilangan bo‘lib) ta’kidlangan.
Bundan tashqari, 98,8 ming nafar ishsizlarga 87,1 mlrd so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlangan va to‘lab berilgan, deyiladi Mehnat vazirligi xabarida.
2021 yil davomida 37,3 ming ishsizlar hamda «ayollar daftari», «yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsizlarga 83,1 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.
O‘zbekistondagi oxirgi yillarda ishsizlik ko’rsatgichlari nisbatan o’sgan. Bu mintaqadagi geosiyosiy vaziyat bilan bog‘liq. Ayniq 2020 yildagi COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yilda ishsizlik biroz ko’paygan.

Download 111.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling