Mavzu: Pul sektorida beqarorlik omillari Reja


Download 180.07 Kb.
bet4/8
Sana12.02.2023
Hajmi180.07 Kb.
#1192119
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs iwi

Pul massasi dinamikasi


Jadval 1. Yaponiyaning pul massasi ko'rsatgichlari mlrd AQSh dollari




2007

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014

2015

M2 mlrd $

719,58

734,6

754,49

775,39

796,61

816,52

845,97

874,83

907,13

M2 o'zgarishi

1,57%

2,09%

2,71%

2,77%

2,74%

2,50%

3,61%

3,41%

3,69%

M1 mlrd $

498,68

493,92

498,57

515,3

541,4

560,27

592,03

618,72

646,04

M1 o'zgarishi

0,69%

-0,95%

0,94%

3,36%

5,06%

3,49%

5,67%

4,51%

4,42%

Manba: https://www.statista.com/statistics/631617/japan-money-stock-m1-value/
Yuqoridagi jadvalda ko’rib turganimizdek, Yaponiyaning pul massasi miqdori yuqori hisoblanadi. Mamlakatning iqtisodiyoti va YaIM miqdori, aholi daromadari miqdori qanchalik yuqori bo’lsa pul massasi ham shunchalik yuqori bo’lishi mizga ayondir. Shu jumladan ham ko’rishimiz mumkinki, Yaponiyada M1 va M2 miqdori yuqori ko’rsatgichlardadir. Misol qilib aytadigan bo’lsak 2007-yilda M2 miqdori 719,58 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan. M1 miqdori esa 498,68 mlrd AQSh dollariga teng bo’lgan. M1 ning faqatgina 2008-ilda inqiroz sababli pasayishini hisobga olmasak barcha yillarda M1 va M2 pul massasi miqdori o’rtacha 2-4% atrofida oshib borgan. Ushbu ko’rsatgich 2015-yilga kelib esa M2=907,13 va M2=646,04 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan.
Diagramma Pul massasi strukturasi

Manba: https://www.statista.com/statistics/631617/japan-money-stock-m2-value/
Yuqoridagi grafikdan ham shuni ko'rishimiz mumkinki, Yaponiyada pul massasi miqdori stabil ravishda oshim borgan. M1 va M2 miqdorlari umumiy tendensiyaning o’sish suratini qayd etgan. M2 miqdori 2007-yilda 719,58 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa 2015-yilga kelib ushbu ko’rsatgich miqdori 907,13 mlrd AQSh dollariga yetgan. Bu esa ushbu yillar mobaydida 26% ga o’sganini ko’rishimiz mumkin.


Iqtisodiyotning monetizatsiya koeffitsienti
Jadval 2. Iqtisodiyotning monetizatsiya koeffitsienti

Yillar

2016

2015

2014

2013

2012

2011

2010

2009

2008

2007

M2 GDP % da

242,4

236,1

237,4

235,3

231,2

227,9

217,5

218,5

201,2

195,7

Manba: https://knoema.ru/atlas/Япония/topics/Экономика/Финансовый-сектор-Денежная-масса/Широкий-показатель-денежной-массы-percent-от-ВВП
Ushbu jadvalda M2 miqdorning YaIM ga nisbatini ko’rishimiz mumkin. Bu ko’rsatgich yordamida mamlakatning iqtisodiy salohiyati va puldan foydalanish ko’rsatgichlarini birgalikda tahlil qilishimiz mumkin bo’ladi. Bunda ko’rinib turidiki, yillar mobaynida Yaponiyaning M2 miqdori YaIMga nisbati yuqori darajada bo’lib o’rtacha miqdori 200% dan yuqoridir. Yillar mobaynida esa ushbu ko’rsatgich miqdori oshib borgan. 2007-yildagi 195,7% miqdori 2016-yilga kelib 242,4% gacha oshganini ko’rishimiz mumkin. Bu esa Yaponiyada iqtisodiyot bilan birgalikda M2 miqdori ham jadal oshib borgan.
Diagramma 2. Iqtisodiyotning monetizatsiya koeffitsienti

Diagrammadan ham shuni ko'rishimiz mumkinki, umumiy M2 ning YaIMga nisbati foiz ko’rsatgichda berilgan grafikning umumiy tendensiyasi o’sib boruvchidir. Bu esa yillar o’zgarishi bilan umumiy trendni ifodalovchi ko’rsatgich ham oshib borgan. Bu esa iqtisdiyotning jadal jivolanishidan va pul muomalasining yanada oshganidan dalolat beradi.
Pul multiplikatori


Jadval 3. M2/Res nisbati (Pul multiplikatori)




2016

2015

2014

2013

2012

2011

2010

2009

2008

M2/res

9,86

8,41

9,13

9,58

11,31

10,83

11,31

10,87

9,84

Manba: https://knoema.ru/atlas/Япония/topics/Экономика/Финансовый-сектор-Денежная-масса/Отношение-широкого-показателя-денежной-массы-к-общим-резервам
Ushbu yuqoridagi jadval pul massalari bo’lgan M2 ning mamlakat reservlariga bo’lgan nisbatini ko’rishimiz mumkin. Bu ko’rsatgich har qanday davlatda uning zahiralarining miqdoriga ko’ra turlicha ko’rinish olishi mumkin. Bizga ma’lumki, Yaponiyaning zahiralari miqdori ham yuqori hisoblanadi. Ammo yaponiyaning M2 miqdori ham yuqori davlatlardan bo’lgani ham bu ko’rsatgichning turlicha o’zgarishini ko’rsatadi. Umumiy olib qaraydigan bo’lsak bu ko’rsatgich 10 ga teng miqdorni ko’rsatgan. 2008-yilda bu ko’rsatgich 9,84 ga teng bo’lsa 2016-yilga kelib esa deyarli bir xil bo’lgan 9,86 ni qayd etgan. Bu esa mamlakatning zahiralari va M2 miqdori o’smaganini emas har ikkala ko’rsatgichning bir xil trend ostida o’sganini ko’rsatadi.

Download 180.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling