Mavzu: pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va


Download 176.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.11.2023
Hajmi176.08 Kb.
#1787425
  1   2   3   4
Bog'liq
Pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va hisobi



MAVZU: PUL TUSHUMLARINI INKASSATSIYA QILISH TARTIBI VA 
HISOBI. 
Bankda kassa ishini tashkil etish 
Bankda naqd pullar va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini 
bajarish, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlash hamda 
ularni tashish, bank kassa tarmog‘ini hamda bank binosi va binodan tashqarida 
kassalarni qurish, jihozlash va qo‘riqlash ishlarini qonunchilik hujjatlarida 
belgilangan tartibda tashkil etilishi lozim. 
Bosh bank tomonidan bir yilda kamida bir marotaba o‘z tasarrufidagi bank 
filiallarida kassa ishini tashkil etilishi va kassa operatsiyalarini qonunchilik 
hujjatlarida talablariga rioya etilishi tekshirilishi lozim. 
Bank o‘z mijozlariga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun alohida ajratilgan 
kassa tarmog‘iga hamda kassa xodimlariga ega bo‘lishi lozim. 
Naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan 
hamda kassa operatsiyalarini bajaruvchi barcha xodimlar bilan (shu jumladan, 
kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi bilan ham) moddiy javobgarlik to‘g‘risida 
shartnoma tuziladi. 
Bankning kassa tarmog‘i, tashkil etiladigan kassalar Banklar va ularning 
filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qo‘yiladigan texnik talablarga 
(ro‘yxat raqami 2816, 2016-yil 26-iyul) to‘liq rioya etilgan holda qurilishi hamda 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jihozlangan bo‘lishi shart. 
Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun bank (filial) 
binosida va binodan tashqarida tashkil etilgan barcha turdagi kassalarni qurilishi, 
zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-
texnik vositalar bilan jihozlanganligi bo‘yicha Bosh bank mutaxassislari tomonidan 
berilgan ijobiy xulosa asos bo‘lib hisoblanadi. 
Bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri kassa ishini to‘g‘ri tashkil 
etish, naqd pullar va boshqa qimmatliklar but saqlanishini ta’minlash hamda 
mijozlarga ushbu Yo‘riqnoma talablari asosida kassa xizmatlari ko‘rsatilishi uchun 
mas’uldirlar. 
Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank va mijoz 
o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 
Bankda kassa operatsiyalarini bajarish va mijozlarga kassa xizmatini 
ko‘rsatish uchun aylanma kassa va chakana amaliyotlar kassalari tashkil etiladi. 
Aylanma kassa bank binosida tashkil etilib, bank mijozi bo‘lgan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatadi hamda unga tegishli bo‘lgan 
barcha banknot va tangalar hisobi 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” 
hisobvarag‘ida yuritiladi. 
Bank aylanma kassasi orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa 
xizmatlarini ko‘rsatishda, buxgalteriya bo‘limi xodimlarini chetlab o‘tgan holda 
kassir tomonidan kassa hujjatlarining ijro uchun qabul qilinishi taqiqlanadi. 
Bank tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan chakana kassa 
xizmatlari turi hamda kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda, Bosh 


bank ruxsati bilan aholidan omonatlarni qabul qilish, qaytarish va ularga 
hisoblangan foizlarni to‘lash, kommunal, soliq va boshqa bir martalik to‘lovlarni 
qabul qilish, shuningdek valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun (milliy 
va xorijiy valyutalarda alohida yoki birlashtirilgan holda) chakana amaliyotlar 
kassalari tashkil etilishi mumkin. 
Mijozlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida bank (filial) binosidan 
tashqarida mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi va maxsus kassalar ham 
tashkil etilishi mumkin. 
Bank binosida va bank binosidan tashqarida tashkil etilgan chakana 
amaliyotlar kassalarida kassa operatsiyalari bilan birgalikda valyuta ayirboshlash 
operatsiyalari ham amalga oshirilgan taqdirda, ulardagi naqd pul va qimmatliklar 
hisobi bankning hisob siyosatiga muvofiq yuritiladi. 
Mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank xodimlari tomonidan qabul qilib 
olingan kassa hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bank kassasi orqali mijoz 
bajaradigan barcha kassa operatsiyalariga asos bo‘lib xizmat qiluvchi kassa 
hujjatlari mijoz tomonidan to‘ldiriladi. Kompyuterda rasmiylashtirilib, chop etilgan 
hamda mijoz tomonidan imzolangan hujjatlar ham bank kassirlari tomonidan qabul 
qilishini mumkin, qat’iy hisobda turuvchi blanklar bundan mustasno. 
Kassa operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha kassa 
hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi (tegishli hisobvaraqlarni to‘liq 
va to‘g‘ri aks ettirilishi, hujjatdagi mijoz imzosining bankka taqdim etilgan imzo 
namunasiga mos kelishi, mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarni 
kassa hujjatida to‘g‘ri qayd etilishi) hamda ularning hisobini yuritilishi (mijozga 
chiqim kassa operatsiyalarini uning hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida 
bajarilishi) uchun bank buxgalteriyasining tegishli xodimlari mas’ul hisoblanadi. 

Download 176.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling