Mavzu: pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va
Chiqim kassa operatsiyalarini bajarish
Download 176.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va hisobi
Chiqim kassa operatsiyalarini bajarish Bank kassasidan naqd pullarni chiqim qilish: a) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi naqd pul cheki bo‘yicha; b) jismoniy shaxslarga — mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi chiqim kassa orderi (bevosita bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan naqd puldagi chiqim kassa operatsiyalarini, xususan, naqd pullarni bir hisobvaraqdan ikkinchi bir hisobvaraqqa o‘tkazish uchun chiqim qilishda, naqd pullarni inkassatsiya xizmati xodimlariga topshirish maqsadida chiqim qilishda ham chiqim kassa orderidan foydalaniladi) bo‘yicha; v) aholining bank depozit hisobvaraqlaridagi omonatlarini va unga hisoblangan foizlarni naqd pulda to‘lash mazkur Yo‘riqnomaning 10- ilovasiga muvofiq shakldagi chiqim kassa orderi bo‘yicha; g) jismoniy shaxsning bank kartasidan bankomat yoki terminallar orqali naqd pullar chiqim qilish — avtomatik tarzda, dasturiy yo‘l bilan shakllantiriladigan sliplar bo‘yicha amalga oshiriladi. Avtomat tarzda shakllantiriladigan slip — chiqim kassa orderiga tenglashtiriladi. Bank kassasidagi terminaldan chiqim qilingan naqd pullarning umumiy summasiga, bank ish kuni oxirida chiqim kassa orderi rasmiylashtiriladi hamda har bir slipdagi summa mazkur Yo‘riqnomaning 192-bandida qayd etilgan axborotlar tasmasiga alohida kiritilishi lozim. Bank kassasidagi terminal orqali jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan naqd puldagi chiqim kassa operatsiyalarining hisob-kitobi yuritiladigan hisobvaraq bo‘yicha kunlik chiqim aylanmalarni, ya’ni chiqim summalari ro‘yxatini chop etgan holda, undagi har bir summani tegishli slip summasi bilan taqqoslab chiqish mumkin. Bunda tafovutlar aniqlanmasa, taqqoslash ishlarini bajargan kassir ushbu ro‘yxatdagi umumiy summani imzolashi lozim. So‘ngra, ushbu ro‘yxat mazkur kassada terminaldan chiqim qilingan naqd pullarning umumiy summasiga rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderiga ilova qilgan holda kunlik kassa hujjatlariga tikilishi kerak. Bankning pul ombori ochilganidan so‘ng, kassa mudiri, bank rahbari va bosh buxgalteri ishtirokida aylanma kassadagi naqd pullar qoldiqlari qayta sanaladi hamda aylanma kassadagi naqd pullar qoldig‘ini mazkur Yo‘riqnomaning 11- ilovasiga muvofiq 120-shakldagi kitobda qayd etilgan ma’lumotlar bilan, shuningdek 10101 — Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi qoldiq summaga mosligi tekshiriladi. Bunda kassa mudiri o‘zining 155-shakldagi kitobiga berilayotgan naqd pullar summasini qayd etadi va chiqim kassasi kassiriga imzo qo‘ydirgan holda naqd milliy va xorijiy valyutadagi pullarni, bank ish kuni yakunida hisob berish sharti bilan beradi. Chiqim kassasi kassiri tomonidan naqd pullarni kassa mudiridan qabul qilish: banknotlarning to‘liq va to‘liq bo‘lmagan bog‘lamlarini ustki nakladkalardagi ma’lumotlarga qarab tekshirish yo‘li bilan; banknotlarning to‘liq bo‘lmagan dastalarini esa kassa mudirining yoki u tayinlagan kassa xodimining kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanash orqali; tangalar — qopchalarga biriktirilgan yorliqlardagi (yoki paketlar ichidagi qog‘ozdagi) yozuvlarga qarab tekshirish orqali amalga oshiriladi. Chiqim kassasi kassiri hisob berish sharti bilan kassa mudiridan olgan barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarini o‘zining 155-shakldagi kitobida qayd etishi lozim. Kassa mudiri hisob berish sharti bilan bank chiqim kassasi kassiriga naqd pullarni berganidan so‘ng, kassada qolgan naqd pullarni qayta hisoblab, uni bank ish kuni boshidagi kassa qoldig‘i summasiga taqqoslab ko‘rishi kerak. Naqd pul chek daftarchasini mijozga berish, uning yozma buyurtmalari asosida amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini tugatayotganida yoki hisobvarag‘ini boshqa bankka o‘tkazayotganida naqd pul chek daftarchasi mijozdan qaytarib olinadi hamda naqd pul chek daftarchasining har bir foydalanilmagan varag‘ining imzolar qo‘yiladigan qismini uchburchak shaklida qirqish orqali, foydalanishga yaroqsiz holga keltiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt vakili naqd pul olish uchun bank buxgalteriyasining ushbu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi xodimiga naqd pul cheki va boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Buxgalteriya xodimi chiqim kassa hujjatini mijoz tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilganligini va mijozning bankdagi hisobvarag‘ida yetarli miqdorda mablag‘lar borligini tekshirgach, uni imzolaydi. Bankda o‘zining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ini ochmagan yoki hisobvarag‘ida yetarlicha mablag‘lari bo‘lmagan har qanday mulkchilik shaklidagi xo‘jalik subyektlariga bank kassalaridan naqd milliy yoki xorijiy valyutalarni chiqim qilinishi taqiqlanadi. Buxgalteriya xodimi tekshirilgan chiqim kassa hujjatini nazoratchi buxgalterga beradi. Nazoratchi buxgalter chiqim kassa hujjatining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirgach, uning tegishli rekvizitlarini chiqim kassasi jurnalida qayd etadi. Ushbu chiqim kassa hujjati va chiqim kassa jurnali nazoratchi buxgalter tomonidan imzolanadi hamda bankning chiqim kassiriga taqdim etish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt vakiliga naqd pul chekining nazorat markasi (bank xodimi bank kassasidan naqd pul olayotganida unga chiqim kassa orderining yirtma taloni) beriladi. Buxgalteriya xodimi chiqim kassa hujjatlarini chiqim kassasi kassiriga, chiqim kassa jurnaliga imzo qo‘ydirib topshiradi. Bank kassasidan naqd pul olayotgan shaxs tomonidan chiqim kassa hujjatlarini kassirga taqdim etilishi taqiqlanadi. Kassir chiqim hujjatini qabul qilib olganidan so‘ng: mijozni chiqim hujjatining raqami bo‘yicha chaqirishi; chiqim kassasi kassiriga mijoz tomonidan berilgan nazorat markasi yoki yirtma talonning raqamini chiqim hujjatidagi raqam bilan taqqoslashi va nazorat markasini yoki yirtma talonni tegishli chiqim hujjatiga yelimlab yopishtirishi; chiqim hujjatida buxgalteriya bo‘limining mas’ul xodimlarining imzolari borligini va ushbu imzolarni, mavjud imzo namunalariga mos kelishini tekshirishi; raqam va so‘z bilan yozilgan summalarning o‘zaro mosligini tekshirishi; hujjatda naqd pullarni olayotgan mijozning shaxsiy imzosi borligini tekshirishi; naqd pullarni oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati borligini hamda mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarini chiqim kassa hujjatida qayd etilgan yozuvlar bilan solishtirib ko‘rishi shart. Kassir chiqim kassa hujjatida ko‘rsatilgan naqd pullar summasini mijozga chiqim qilib berish uchun tayyorlaydi. Bunda kassirning stoli ustida mijozga berishga tayyorlab qo‘yilgan naqd pullardan boshqa pullar bo‘lmasligi kerak. Kassir tayyorlangan naqd pul summasini mijozga beradi va chiqim kassa hujjatini imzolaydi. Mijozga naqd pullar chiqim qilinganidan so‘ng, ushbu chiqim qilingan naqd pullarni alohida sumka, qop, paket yoki boshqa idishga solingan holda bank binosidan olib chiqiladigan hollardagina, olingan naqd pullar summasiga chiqim kassasi kassiri tomonidan moddiy ruxsatnoma rasmiylashtirib berilishi lozim. Kassir mijozga naqd pullarni o‘rami buzilmagan to‘liq bog‘lamlar va dastalar bo‘yicha chiqim qilganida, banknotlarni birma-bir qayta sanamagan holda, ustki nakladkada va banderolda ko‘rsatilgan summalariga qarab chiqim qiladi. Mijozga o‘rami buzilmagan to‘liq bog‘lamdan tegishli dastalarni olib berish zarur bo‘lsa, unda kassir bog‘lamdagi plombani (yoki polietilen paketdagi kassirlarning shaxsiy klishe raqamlari bosilgan kafolat chokini) naqd pullarni oluvchi mijozning ko‘z oldida qirqishi lozim. Kassir to‘liq bo‘lmagan va o‘rami buzilgan dastadan mijozga naqd pullarni berishda, banknotlarni birma-bir qayta sanab, so‘ngra mijozga chiqim qilishi lozim. Qopcha va paketlarga joylangan tangalar qopchalarga biriktirilgan yorliqlardagi (yoki paketlar ichidagi qog‘ozdagi) yozuvlarga qarab mijozlarga beriladi. Tangali qopcha mijozga to‘liq chiqim qilinadigan hollarda, bank kassiri qopchadagi plombani naqd pul oluvchining oldida qirqishi shart. Kassir dastani ochib, undagi naqd pullarning tegishli qismini mijozga chiqim qilishi uchun dastadagi banknotlarning kerakli qismini ajratib olganidan so‘ng, ularning barchasini birma-bir qayta sanab ko‘rishi lozim. Chiqim kassasi kassiri mijozga chiqim kassa hujjatida qayd etilgan summadagi naqd pullarni berganidan so‘ng, chiqim kassa hujjatini imzolaydi. Bunda, mijozning talabiga binoan, bir nominal qiymatdagi naqd pullarni boshqa qiymatdagilariga almashtirib berilishi taqiqlanadi. Bank kassasidan berilgan naqd pulni olgan shaxs kassadan uzoqlashmagan holda olingan pul summasini hujjatda ko‘rsatilgan summa bilan taqqoslashi, uni bog‘lamlar va dastalar bo‘yicha tekshirishi, to‘liq bo‘lmagan banknotlar dastasini esa bank kassirining kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanash orqali qabul qilib olishi shart. Bank mijozi qabul qilib olgan naqd pullarini maxsus ajratilgan joyda yoki xonada, bank kassiri yoki nazoratchisi kuzatuvi ostida, birma-bir qayta sanab olishi mumkin. Bunday hollarda chiqim kassasi kassiri mijozga berayotgan naqd pul bog‘lamlaridagi plombalarni yoki kafolat choklarini kesmasdan mijozga beradi. Mijoz tomonidan naqd pullarni birma-bir sanab olish vaqtida, jarayonni kuzatib turgan bank kassiri yoki nazoratchisi plombali tizimchalarni, polietilen paketlarning kafolat choklarini va banderollarni to‘liq saqlanishini kuzatib turishi lozim. Mijoz bank kassasidan olgan naqd pullarini birma-bir qayta sanab olish jarayonida ushbu bank kassirlari tomonidan shakllantirgan naqd pullar dastasidan kassa xatoliklarini ya’ni, kamomad (to‘lovga yaroqsiz, qalbaki) yoki ortiqcha pullarni aniqlasa, mazkur Yo‘riqnomaning 107-bandida belgilangan tartibda zaruriy choralar ko‘riladi. Mijozning bank kassasidan olgan banknot va tangalari orasidan kamomad chiqqanligi to‘g‘risidagi murojaatlari quyidagi hollarda: agar mijoz alohida ajratilgan xonada yoki maxsus ajratilgan joyda bank kassiri, nazoratchisi kuzatuvi ostida naqd pullarni qayta sanab olmagan bo‘lsa; agar mijoz naqd pullarni bank kassasidan qabul qilib olganidan so‘ng, chiqim kassasidan uzoqlashgan bo‘lsa, mijozning e’tirozlari qanoatlantirilmaydi. Bu haqidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bank chiqim kassasining oldidagi, mijozlarga ko‘rinarli joyga doimo osilgan bo‘lishi shart. Bank rahbari naqd pul kamomadi to‘g‘risidagi mijozlarning arizasini har qanday holatda ham o‘rganib chiqishi hamda bank kassiri tomonidan naqd pul dastalari, bog‘lamlarini shakllantirishda haqiqatda ham kassa xatoliklariga (kamomadga) yo‘l qo‘yilganligi tasdiqlansa, mazkur holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart. Bank ish kuni yakunida chiqim kassasi kassiri, hisob berish sharti bilan kassa mudiridan qabul qilib olgan naqd pullarni, kunlik chiqim kassa hujjatlari umumiy summasiga hamda kun oxirida qolayotgan naqd pullar qoldig‘iga taqqoslab, mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq 110-shaklda ma’lumotnoma tuzib, buxgalteriya xodimlarining chiqim kassasi jurnalidagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, chiqim kassa jurnali kassir tomonidan va kassirning 110- shakldagi ma’lumotnomasi buxgalteriya xodimi tomonidan imzolanadi. Chiqim kassasi kassiri ish kuni yakunida chiqim kassasi hujjatlarining umumiy sonini va umumiy summasini o‘zining 155-shakldagi kitobida qayd etadi. Chiqim kassasi kassiri bank ish kuni yakunida chiqim kassasida qolgan naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini belgilangan tartibda o‘rab-bog‘laydi, qoldiq summasini o‘zining 155-shakldagi kitobiga qayd etadi va kassa mudiriga imzo qo‘ydirgan holda unga topshiradi. Shundan so‘ng u chiqim kassasining kunlik hujjatlarini hamda 110-shakldagi ma’lumotnomani ham kassa mudiriga topshiradi. Kassa mudiri ushbu 110-shakldagi ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlarni, chiqim kassiriga hisob berish sharti bilan berilgan naqd pullar, kassir bank ish kuni yakunida qaytarib topshirgan naqd pullar qoldig‘i va chiqim kassa hujjatlari summasi bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudiri 110- shakldagi ma’lumotnomani imzolaydi hamda chiqim kassa hujjatlarini kunlik kassa hujjatlari yig‘majildiga tikish uchun ushbu ishga mas’ul bo‘lgan kassa xodimiga topshiradi. Bank kassalaridan bank ish kuni davomida chiqim qilingan barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar, shu ish kunining o‘zida bank balansining tegishli hisobvaraqlarida belgilangan tartibda aks ettirilishi lozim. Bank kassasidagi naqd pullar qoldig‘i mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, Markaziy bank Bosh boshqarmasining farmoyishiga asosan Hisob-kitob kassa markazining aylanma kassasidan yoki hududdagi boshqa bank kassalaridan belgilangan tartibda madad pullari ajratilishi mumkin. Bank tomonidan olingan madad pullari mustaqil ravishda tasarruf etiladi. Download 176.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling