mavzu: Pul va infyatsiya Reja Pulning miqdoriylik nazariyasi. Fisher samarasi. Fridman modeli. Senoraj. Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi. Pulning funksiyalari, ularning ko’rinishlari Pul agregatlari. Likvidlilik. Pulning miqdoriy tenglamasi Pulning miqdoriylik nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi deya izohlanadi. Miqdoriylik nazariyasining asoschisi fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530-1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711-1776) va Dj.Mil (1773-1836), shuningdek, fransuz iqtisodchisi SH.Monteske (1689-1755) rivojlantirdi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711-1776) va Dj.Mil (1773-1836), shuningdek, fransuz iqtisodchisi SH.Monteske (1689-1755) rivojlantirdi. D.Yum XVI-XVII asrlarda Anglyaga Amerikadan katta hajmda nodir metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: «pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi» degan ta'limotini ilgari suradi. Miqdoriylik nazariyasining dastlabki vakillarining fikricha, pul va tovar ayirboshlash jarayoni natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto'g'ri g'oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ular ta'limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir. Haqiqatda esa obyektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo'lgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg'arma, to'lov vositasi kabi funksiyalarini e'tibordan chetda qoldirishadi. Kredit va qog'oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriylik nazariyasi ikkita yo'nalishdagi ta'limotga asoslangan: birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning «tranzaksion variant» ta'limoti; ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning «kassa qoldig'i» konsepsiyasi ta'limoti hisoblanadi Pul miqdoriylik nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo'shgan amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867-1977) pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog'liq ekanligini ta'kidladi
Do'stlaringiz bilan baham: |