Mavzu: Pulga talab funksiyasi
Download 53.5 Kb.
|
Pirimov Amirbek Pulga talab funksiyasi
Mavzu:Pulga talab funksiyasiReja: 1. Pul tushunchasi va bozor iqtisodiyotida uning tutgan orni2.Pulga bolgan talab3. Pulga bolgan talabning keynscha nazariyasi 1. Pul tushunchasi va bozor iqtisodiyotida uning tutgan orniMilliy ishlab chiqarish ortasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki uning vositalari yordamida amalga oshiriladi, olchanadi, baholanadi. Pul maxsus xususiyatga ega bolgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo bolgan. U tovarlar ayirboshlashda umumiy teng qimmatlilik rolini bajaradi. Pul maxsus xususiyatga, yani likvidlilik xususiyatiga ega bolganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi. Xar qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi. Agar sarf xarajatlar nulga teng bolsa, unda bunday buyum mutloq likvidli hisoblanadi. Masalan 1000 somlik qiymatga ega bolgan pulni boshqa kopgina buyumlarga oson almashtirish mumkin va bunda sotuvchilar 1000 somlik qogozning qiymatini hech qanday tushirmasdan qabul qilishadi, yani bu erda ayirboshlash jarayoni butunlay sarf xarajatlarsiz kechadi. Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar, banknotlar, cheklar, sertifikatlar va hakozolar paydo bola boshladi. Ular tovar ayirboshlashni, yani oldi sotdi jarayonini engillashtirish, tezlashtirish va ixchamlashtirishga xizmat qiladi. Keng manoda pul deganda nimalar tushuniladi, pul massasiga nimalar kiritiladi? Bu savolga javob berish juda muhim, chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirish, uni bir zaylda rivojlanishi kop hollarda pul massasini samarali tartibga solishga bogliq. Hozirgi sharoitda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda pul massasining asosiy tashkil etuvchilari yoki pul agregatlari quyidagicha: Pul1 (M1) tor manodagi pullar yoki muomaladagi naqd pullar (M0) + aholi va korxona, firmalarning talab qilib olinadigan omonatlari hamda joriy tolov aylanishiga xizmat qiluvchi cheklar. Pul2 (M2) bu M1 + aholi va korxona, firmalarning muddatli omonatlari. Pul3 (M3) keng manodagi pullar yoki jami pul massasi bolib, oz ichiga M2 + likvidli qimmatli qogozlar va byudjet, jamoat tashkilotlari hisoblaridagi mablaglar hamda byudjet mablaglari va kapital qoyilmalarni moliyalashtirish uchun mablaglar. Pul4 (M4) bu M3 + banklarda saqlanayotgan pul shaklida bolmagan likvid mablaglar. Ayrim mamlakatlarda pullarning bunday bolinishi boshqacharoq bolishi mumkin. Masalan, Rossiyada M0, M1, M2, M3 pul agregatlari ishlatiladi. M0 pul agregati bu muomaladagi naqd pullar, M1 =M0 + korxona, firmalarning joriy hisoblaridagi mablaglari, ularning depozitlari, aholining talab qilib olinadigan depozitlari va davlat sugurtasi mablaglari, M2 pul agregati bu M1 + aholini tijorat banklaridagi muddatli depozitlari, shu jumladan kompensatsiyalar, M3 pul agregati M2 + sertifikatlar va davlat zayomlari obligatsiyalari. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling