Mavzu: Pulga talab funksiyasi
Download 53.5 Kb.
|
Pirimov Amirbek Pulga talab funksiyasi
2.Pulga bolgan talabPul insonlarga ozlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish va jamgarish uchun kerak. Shu sababli pulga bolgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talabdan va moliyaviy aktivlar uchun pulga talabdan iborat. Bitimlar uchun pulga talab bu aholiga va korxona, firmalarga tovar hamda xizmatlarni xarid qilish uchun zarur bolgan pul miqdoridir. U nominal YaIMni osishi bilan oshib boradi va pulning muomala vositasi vazifasini bajarishi bilan bogliq. Nominal YaIM qancha kop bolsa, oldi sotdi jaryoniga xizmat qilish uchun shuncha kop pul kerak boladi. Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bolgan talab pulning jamgarish vositasi sifatidagi funktsiyasiga asoslangan, yani odamlar ozlarining moliyaviy aktivlarni aktsiyalar, obligatsiyalar, bankdagi omonatlari korinishida qollarida tutib turadi. Jamgarish zaruriyati ham pulga bolgan talabni shakllantiradi. Pulga bolgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi bahosiga nisbatan teskari bogliqlikda boladi. Foiz stavkasi qanchalik yuqori bolsa, pulga bolgan talab shuncha past boladi va aksincha, foiz stavkasini pasayishi bilan pulga bolgan talab oshadi. Chizmadagi Dm chizigi foiz stavkasining xar bir mumkin bolgan miqdorida odamlar bitimlar va jamgarmalar uchun istagan pulning umumiy miqdorini korsatadi. 0 Pulga bolgan talab M chizma. Foiz stavkasi va pulga bolgan talab ortasidagi ozaro bogliqlik3. Pulga bolgan talabning keynscha nazariyasi Keyns iqtisodiy agentlar pulni ushlab turishlariga nima sabab bolishini organish asosida pulga talab bildirishdagi uchta sababni, yani transaktsion, ehtiyotkorlik va chayqovchilik sabablarini ajratadi. Pulga talab bildirishning transaktsion sababi iqtisodiy agent kundalik transaktsiyalar, yani bitimlarni amalga oshirish uchun qolida qancha pul ushlab turishni hohlashini korsatadi. Pulga talab bildirish transaktsion sababining eng sodda formulasi quyidagi korinishga ega: Md = kPY Bu erda Md- pulga bolgan transaktsion talab, k- pulning aylanish tezligiga teskari proportsional bolgan kembridj koeffitsienti, P- narx darajasi, Y-daromad. Shunga muvofiq ravishda transaktsion talabning real miqdorini quyidagicha ifodalash mumkin: Md/P= kY Ehtiyotkorlik sababi boyicha pulga talab qozda tutilmagan holatlar uchun iqtisodiy agentlar qanday miqdordagi pullarni ushlab turishni hohlashini bildiradi. Keltirilgan ikkisabab ortasidagi farq shundaki, transaktsion sabab rejalashtirilgan, ehtiyotkorlik sababi esa kozda tutilmagan xarajatlar bilan bogliq. Chayqovchilik sababi boyicha pulga talab turli foiz stavkalarida uy xojaliklari qanday miqdordagi pullarni ushlab turishini hohlashini anglatadi. Foiz stavkalari ortasidagi farq unchalik katta bolmaganda chayqovchilik sababi boyicha pulga talabni quyidagi chiziqli funktsiya korinishida ifoda etish mumkin: Md = Mi (imax - imin) Baumol-Tobin modeli har bir davr boshlanishida daromad uy xojaliklariga naqd emas, balki depozitga kafolatlangan foizli daromad bilan otkazilishini kozda tutadi. Shuning uchun pulni naqd olish uchun uy xojaliklari konvertirlash boyicha xarajatlarni va omonat miqdoridan olinadigan omonatga foizli daromadni yoqotishni minimallashtirishi lozim. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling