Mavzu: Pulga talabning Keynscha nazaryasi
Keynscha pul nazariyasining asosiy tavsifnomalari
Download 0.51 Mb.
|
Xolmuminov Umirzoq
1. Keynscha pul nazariyasining asosiy tavsifnomalari. Klassik makroiqtisodiy model pulning miqdoriy nazariyasini sezilarli soddalashtirib, uni unchaJik to ‘g‘ri talqin qilmaydi. Shu sababli ushbu bobda eski va yangi keyns modellari ko‘rib chiqiladi va u klassik model bilan taqqoslanadi. Neoklassiklam ing yondashuvi kapitalistik voqelikka zid keldi va bu hoi 1929— 1933-yillardagi «Buyuk depressiya» jarayonida alohida namoyon bo‘ldi. Ahvolni tuzatish ishi J.M . Keynsning zimmasiga tushdi. U «Bandlik, foiz va pulning um um iy nazariyasi» asarida (1936-y.) pullarning aylanishdan chiqib kelishi sabablarini aniqlashga urinadi, chunki, uning fikricha, buning natijasida yalpi to ‘lovga qobiliyatli talab hajmi qisqaradiki, bu ishlab chiqarish rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. J.M . Keynsning fikricha, pullarning chiqib ketishining bosh sabablari «uchta fundam ental psixologik omillar»: iste’molga moyillik, likvidJikni afzal ko‘rish va kapital aktivlardan keladigan bo‘lg‘usi daromad taxm ini bilan bog‘liq.Bu nazariya akademik tadqiqotlar va ta’limda ham, siyosatni ifodalashda ham qo‘llanadigan ustunlik qiluvchi makroiqtisodiy modelga aylandi, biroq bu nazariyaning rivojlanishidagi bosqichlami farqlash lozim: a) eski keyns modeli bu — keyns nazariyasini Xiks va Xansen tom onidan interpretatsiya qilish bo‘lib, ko‘pincha uni Xiks-Xansen modeli deb atashadi; uning rivojlanishiga, shuningdek, Kleyn, Samuelson va M odilyani ham munosib hissa qo'shishgan; b) yangi keyns modeli - XX asr 60-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab Klauer, Leyonxuvud, Berrou va Grosman tomonidan ishlab chiqilgan. Biroq Keyns yondashuvi um um iy bo‘lib qolaverdi, u o‘z vazifasini to‘liq bandlikda muvozanat umumiy holat emasligini ko‘rsatishda deb bildi.U m um iy holat bu - ishsizlik mavjudligidagi muvozanat, to‘liq bandlik — o ‘ziga xos holat. ToMiq bandlik holatiga erishish uchun davlat maxsus siyosat yuritishi lozim, chunki avtomatik amal qiluvchi bozor kuchlari unga erishishni kafolatlamaydi. 48 Keyns modeli makroiqtisodiy agregatlar yordam ida ifodalanadi. Bunda agregatsiyalashning ikki turidan foydalaniladi: 1) model xususiy sektordagi firm alar va individlarning xulq-atvori va davlat sektorining xulq-atvorini aks ettiradi (keyns modeli xorijiy sektorni ham qamrab oladi, biroq bunga hali qaytiladi); 2) modclda ma’lum bir tovar turlari va o‘zgaruvchilar tarkibiy qismlarga birlashadi, shuning uchun iste’mol tovariga belgilangan umumiy talab (aytaylik Xt) emas, balki barcha iste’mol tovarlariga umumiy talab tahlil qilinadi.Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling