Mavzu: pul,Inflyatsiya Reja


Inflyatsiya va uning turlari, oqibatlari


Download 68.5 Kb.
bet4/6
Sana18.12.2022
Hajmi68.5 Kb.
#1029893
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu pul inflatsiya

Inflyatsiya va uning turlari, oqibatlari.

Muomalada bo`lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi summasidan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta'minlanmagan pulning paydo bo`lishi pulning qadrsizlanishi, ya'ni inflyatsiyani bildiradi. Inflyatsiya- pulning qadrsizlanishi, xarid qobiliyatining pasayishidir.
Inflyatsiya so`zining tom ma'nosi lotinchadan tarjima qilinganida «shishish», ya'ni o`sib boradigan tegishlicha tovar massasi bilan ta'minlanmagan ortiqcha qog`oz pullar bilan muomala kanallarining to`lib -toshishi, degan ma'noni bildiradi
Inflyatsiyaning sababi har xil. Inflyatsiyaning asosida odatda pul talabi bilan tovar massasining bir-biriga nomuvofiqligi yotadi. Tovarlar bilan xizmatlarga bo`lgan talab tovar aylanishi hajmidan oshib ketadiki, bu narsa tovar ishlab chiqaruvchilar va uni yetkazib beruvchilarning sarf-xarajatlar miqdori qanchaligidan qat'iy nazar narx-navoni kutarishlari uchun sharoit yaratib beradi. Davlat byudjetining taqchilligi (davlatning sarf-xarajatlari daromadlaridan ortib ketadi), xaddan tashqari investitsiyalash (investitsiyalar hajmi iqtisodiyot imkoniyatlaridan ortib ketadi); ishlab chiqarishning o`sishiga va mehnat unumdorligining ko`tarilishiga karaganda ish haqining ko`proq o`sib borishi; davlat narxlarining ixtiyoriy sur'atda belgilanishi; boshqa omillar talab bilan taklif o`rtasidagi nomutanosiblikka, daromadlarning iste'mol sarflaridan ortib ketishiga sabab bo`ladi.
Birinchidan, - markaziy bankning pul siyosatining noto`g`ri yurgizishi natijasida muomalada tovarlar bilan ta'minlanmagan ortikcha pul massasi paydo bo`ladi.
Ikkinchidan, - byudjet tankisligi muqarrar ravishda inflyatsiyaga olib boradi.
Uchinchidan, - iqtisodiyotni xarbiylashtirish loakal uch xil inflyatsion natija kelib chiqishiga yo`l ochib beradi. Chunonchi, harbiy sanoat majmuasini haddan tashqari rivojlantirish davlat byudjetining chiqimlar qismida doimo keskinlikni yuzaga keltiradi. Tanqislik paydo bo`ladi, undan keyin esa inflyatsion tazyiq ham vujudga keladi.
To`rtinchidan, - bozorni monopollashtirish inflyatsiya jarayonining jadalligiga ta'sir o`tkazadi. Qaerdaki, bozorni monopollashtirish yuqori darajaga yetgan bo`lsa, o`sha iqtisodiyotda inflyatsiyaning ko`proq avj olib borishi amaliyotdan ma'lum.
Kelib chiqish sabablari va o`sish sur'atlariga qarab, inflyatsiyaning ikki turi mavjud.


  1. Download 68.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling