Mavzu: Pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili Reja
Download 23.51 Kb.
|
Mavzu Pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahl-azkurs.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pullarning keltirilgan qiymati va diskontlash.
- Birinchi sabab
- Bo’lajak qiymat
Mavzu: Pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili Reja: Murakkab foizlar va ularni hisoblash Mavzu: Pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili Reja: Murakkab foizlar va ularni hisoblash. Pullarning keltirilgan qiymati va diskontlash. Moliyaviy qaror qabul qilayotganda muayyan vaqt davomida taqsimlangan xarajatlar va daromadlarni inobatga olish kerak. Firmalar va uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qiladigan kishilar bugun tikilayotgan pullarni ertangi kunda ko’riladigan foyda qanchalik oqlashi to’g’risida o’ylab ko’rishlari kerak. Buning uchun vaqt oralig’ida pul qiymati (time value of money, TVM) va pul oqimlarini diskontlash (discounted cash flow, DCF) konseptsiyalarini to’g’ri tushunish talab etiladi. Vaqt oralig’ida pul qiymati (pulning davriy qiymati) (TVM) konseptsiyasini quyidagicha tushuntirish mumkin: pul (dollar, yevro, iena, rubl yoki so’m) bugun Siz kelajakda olishni kutayotgan xuddi shunday summadan qimmat. Bu fikr to’g’riligiga kamida uchta sabab bor. Birinchi sabab: Siz bu pullarni biron nimaga investitsiya qilishingiz, foyda olishingiz mumkin va natijada pulingiz ko’payadi. Ikkinchi sabab: vaqt o’tishi bilan inflyatsiya tufayli pullarning xarid qilishga qodirligi tushib ketishi mumkin. Uchinchi sabab: kelajakda pul olish muqarrarligiga doim ham to’liq ishonib bo’lmaydi. Murakkab foizlar va ularni hisoblash Vaqt oralig’ida pul qiymati (pulning davriy qiymati)ni va diskontlangan pul oqimlari tahlilini o’rganishni murakkab foizlar tushunchasidan boshlaymiz. Murakkab foizlarni hisoblab chiqarish yordamida pullarning keltirilgan, yoki boshqacha qilib aytganda, joriy qiymatdan (present value) (PV) bo’lajak qiymatga (future value) (FV) o’tish jarayoni sodir etiladi. Bo’lajak qiymat – bu ma’lum sanaga kelib, murakkab foizlar yozilishi (hisoblanishi)ni inobatga olgan holda investitsiya qilingan pullar inflyatsiyani inobatga olgan holda teng bo’ladigan summa. Masalan, Siz bankdagi hisob raqamingizga yiliga 10 %li stavka bo’yicha 1000 dollar (PV) qo’ydingiz. Muddat tugamasdan turib bir sent ham olmaslik sharti bilan, yiliga 10%li stavkada va investitsiya muddati besh yil qilib belgilanganda, Siz besh yildan keyin oladigan summa 1000 dollarning bo’lajak qiymati deb ataladi. Keling, atamalarga aniqlik kiritib olaylik: Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling