Mavzu: Pulning iqtisodiyotdagi roli


Download 29.15 Kb.
bet1/2
Sana27.10.2023
Hajmi29.15 Kb.
#1725983
  1   2
Bog'liq
pul va

Mavzu: Pulning iqtisodiyotdagi roli

Reja:


  1. Kirish.

  2. Asosiy qism

  3. Xulosa.

Kirish

Pulning iqtisodiyotdagi roli haqida gapirishdan oldin pul haqida to’htalib o’tsak. Pul o’zi nima?


Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Ma’lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. R.Kruzo ta’kidlaganidek, faqat tovar ishlab chiqarish bor joyda pul kerak, yakka odamga pulni keragi yo’q. Pulni tovar ayirboshlashni o’zi yaratdi.
Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya’ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo’jaligining rivojlanishi tufayli mahsulot qiymatining ifodasi bo’lmish pulni keltirib chiqardi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko’payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan. Tovar muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb e’tirof etgan.
Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi, metall pullarning etishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to‘lov aylanmasining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
Kredit pullar o‘zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog‘oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o‘zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo‘lib, kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir.
Veksel – bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o‘tkazma veksel - tratta) ko‘rsatilgan summani, ko‘rsatilgan vaqtda va joyda to‘lash to‘g‘risidagi yozma majburiyati hisoblanadi.
Banknota – kredit pullarning etakchi vakillaridan bo‘lib, Markaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo‘li bilan chiqariladi.
O‘tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo‘lib, xohlagan vaqtda uni bankka topshirib, o‘rniga unda ko‘rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bo‘lgan.
Hozirgi zamon banknotalari oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo‘llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi:
– xo‘jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi;
– davlatni kreditlash, ya’ni banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida muomalaga chiqadi;
– aktiv to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlarda rasmiy valyuta zaxiralarining o‘sishi orqali va boshqalar;
Chek veksel va banknotadan keyin paydo bo‘lgan kredit vositasi hisoblanib, to‘lovchining o‘z bankiga uning schyotidan mablag‘ni oluvchining schyotiga o‘tkazib qo‘yish to‘g‘risidagi buyrug‘idir.

Download 29.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling