3 Muomila vositasi. Bu funksiya yordamida tovar o’zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Pul yordamida tovarni xarid etish, pulga tovar ayirboshlash (P-T) yoki tovarni sotish, ya’ni tovarni pulga ayirboshlash (T-P) yuz beradi. Bu jarayonda pul vositachilik qiladi, pul muomila vositasi funksiyasini bajaradi. - 3 Muomila vositasi. Bu funksiya yordamida tovar o’zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Pul yordamida tovarni xarid etish, pulga tovar ayirboshlash (P-T) yoki tovarni sotish, ya’ni tovarni pulga ayirboshlash (T-P) yuz beradi. Bu jarayonda pul vositachilik qiladi, pul muomila vositasi funksiyasini bajaradi.
- Pul ishtirokida tovar ayriboshlash tovar muomilasi shaklini oladi. Bundan farqliroq barter – tovarni tovarga bevosita almashtirish bo’lib ma’lum kelishilgan narxni taqozo etsada pul ishtirokisiz yuz beradi.
- Barter pulsiz ayriboshlash bo’lganidan bozor iqtisodiyotiga to’g’ri kelmaydi, shu sababli u pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul bo’lgan paytlarda qo’llaniladi.
- 4 To’lov vositasi. Ayrim adabiyotlarda pulning to’lov vositasi uning muomila vositasi bilan qo’shib yuboriladi. Aslida ular o’rtasida tub farqlar mavjud va ularni asosiylari quyidagilar:
- a) muomila funksiyasi tovarni faqat naqd pulda sotilishini bildirsa, to’lov funksiyasida tovar ham naqd pulda ham naqd pulsiz holda sotiladi.
- b) muomila vositasida tovar va pul harakati bir vaqtda amalga oshiriladi deb tushiniladi, to’lovda esa u kechiktirilishi ham mumkin, kreditga amalga oshirilishi va to’lov muddatini kutilishi mumkin.
- c) muomila vositasida tovarni sotuvchi va oluvchi o’rtasidagi munosabat bir yo’la tugaydi, to’lovda esa uzoq davom etadi va u debetorlik va kreditorlik qarzlariga sabab bo’ladi.
- Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul unga yuklatilgan vazifalarni bajargandagina u iqtisodiyotni barqaror ushlab turishga va taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov 1995 yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV – sessiyasida ta’kidlaganidek – “Bugungi eng muhim vazifa valyutamiz baquvvat, dunyoda obro’li valyutaga aylantirishdir, u yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo’lishi lozim. So’mni barqaororligini ta’minlash va qadrini oshirish umummilliy vazifa. Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifani hal etilishiga bog’liq. Aslini olganda bu iqtisodiy vazifagina emas, hozirgi paytda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylanmoqda, chunki iqtisodiyotning yuksalishi ham, aholi turmush darajasi ham, davlatning obro’-e’tibori ham shu vazifaning bajarilishiga bog’liq. Hisob-kitoblarimiz hamda bu vazifani hal etish uchun barpo qilingan va to’plagan salohiyatimiz hozir o’z oldimizga ana shunday vazifani qo’yishimiz va uni bajarishimiz mumkinligini ko’rsatmoqda. Buni uchun nima qilmoq kerak?:
Do'stlaringiz bilan baham: |