1. Bu valyuta XVF da emitent davlat katta rezerv pozitsiyasiga ega bo‘lishi kerak. 2. Bu valyuta xalqaro bozorlarda kotirovka(oldi-sotdi) qilinishi kerak. 3. Dunyo mamlakatlarining xorijiy valyutalardagi zahiralarining bir qismi mana shu valyutada shakllantirilishi kerak. 4. XVF bu valyutada kreditlar berishi kerak. 5 ta valyutaga Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan xalqaro rezerv valyuta (reserve currency) maqomi berilgan: AQSh dollari, Yevro, Yaponiya ieni, Xitoy yuani. Valyutalarning bir qancha turlari mavjud: - Erkin ishlatiladigan valyuta. 1978 yilgacha bu valyutalar erkin almashiniladigan valyutalar deb atalgan. 1978 yildan boshlab XVF uning nomini o’zgartirdi. Agar mamlakatda to’lov balansining joriy operatsiyalar bo’limida valyutaviy cheklashlar bo’lmasa, bu mamlakatning puli erkin ishlatiladigan valyutalar deyiladi.
- Xalqaro rezerv valyutalar. Bu maqomni Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) beradi.
- Yumshoq valyutalar. Bu valyutalar tashqi konvertirlikka ega bo’lmaydigan, ya’ni bu valyutalar xalqaro valyuta bozorlarida erkin oldi-sotdi qilinmaydi.
- Qattiq valyuta (hard currency) iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror hisoblangan mamlakatlarning almashuv kursi barqaror bo‘lgan valyutalari.
Milliy valyuta tizimi - tarixan yuzaga kelgan bo‘lib, alohida olingan davlatning valyuta munosabatlarini qonun asosida tashkil qilish va boshqarish munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Milliy valyuta tizimining elementlari milliy valyuta, valyuta zaxiralari hajmi va tarkibi, valyuta pariteti va milliy valyuta kursi, valyutani konvertirlash shartlari, mamlakat valyuta munosabatlarini boshqaruvchi milliy mahkamalar va tashkilotlar maqomi, valyuta va oltin milliy bozorlarining faoliyat yuritish shartlari, valyuta nazorati, valyutaviy cheklanishlar bor yo‘qligi qoidalarini, xalqaro kredit vositalarini milliy pul aylanishida qo‘llash qoidalari va boshqalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |