Mavzu: pulning xalqaro munosabatlardagi xarakati
Valyuta tizimi Valyuta kategoriyasi
Download 0.58 Mb.
|
Pulning xalqaro munosabatlardagi harakati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon valyuta tizimi evolyutsiyasi
Valyuta tizimi Valyuta kategoriyasi
Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar: 1.Valyuta kategoriyasi tushunchasi 2.Valyutalarning turlari Jamiyat xo‘jalik faoliyatining baynalmilallashuvi, bir turdagi milliy valyutalarni boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga obektiv zarurat tuq‘diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning tasiri asosida valyutani o‘ziga xos bahosi – valyuta kursi shakllanadigan maxsus bozorda tuq‘ilib, amalga oshadi. Mazkur bozor o‘z ichiga, xorijiy valyutalarni bir-biriga ayirboshlash bilan boq‘liq jami munosabatlarni olgan holda, ularning mohiyati, hukmron valyuta tizimini xarakteri bilan belgilanadi. Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar fuqarolari bo‘lmish yuridik hamda jismoniy shaxslarning pul shaklidagi talablari va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Xalqaro hisob-kitoblarning xususiyatli tomoni shundaki, ushbu hisob-kitoblarda baho va to‘lov valyutasi sifatida odatda xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozircha umum tan olingan hamda barcha davlatlarda qabul qilinishi lozim bo‘lgan jahon kredit pullari mavjud emas. Shu bilan birgalikda har qanday mustaqil mamlakatda qonuniy to‘lov vositasi sifatida uning milliy valyutasi ishlatiladi . Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, investitsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda davlatlararo to‘lovlardagi muhim shartlardan biri bo‘lib to‘lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani sotib olish yoxud sotish shaklidagi bir valyutani boshqa bir valyutaga ayirboshlanishi hisoblanadi. Jahon valyuta tizimi evolyutsiyasi Jahon valyuta, kredit, moliya va sug‘urta bozorlari shartnomaning ob‘yekti pul kapitali hisoblangan bozor munosabatlarining o‘ziga hos jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi asosida shakllangan. Amal qilish nuqtai nazaridan ushbu bozorlar takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va rentabelligini ta’minlash maqsadida jahon miqyosidagi moliyaviy oqimlarning to‘planuvi hamda ularning qayta taqsimotini ta’minlovchi bozor munosabatlarining tizimi bo‘lib xizmat qiladi Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari rivojlanishining ob‘yektiv asosi bo‘lib amaldagi kapitalning doiraviy aylanish qonuniyatlari hisoblanadi. Jahon bozorining ayrim uchastkalarida vaqtincha bo‘sh bo‘lgan kapitallar paydo bo‘lsa, uning boshqa bir joylarida mazkur kapitallarga doimiy talab paydo bo‘ladi. Kapitalning harakatsizligi uning tabiati va bozor qonuniyatlariga ziddir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari ushbu qarama-qarshilikni umumjahon xo‘jaligi miqyosida hal etadilar. Vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul kapitallari bozor mexanizmi yordamida takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va tadbirkorlarga foydani ta’minlagan holda kapital doiraviy aylanishi jarayoniga yana jalb etiladi. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida paydo bo‘lgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir. Milliy valyuta, kredit va moliya bozorlarining jahon valyuta bozori operatsiyalaridagi ishtiroki quyidagi bir qator omillar bilan belgilanadi: -mamlakatning jahon xo‘jaligi tizimidagi tegishli o‘rni va valyuta- iqtisodiy holati; -rivojlangan kredit tizimi va yaxshi tashkil etilgan fond birjasining mavjudligi; -soliqqa tortishning o‘rta me’yorligi; -xorijlik qarz oluvchilarga milliy bozorga chiqish va xorijiy qimmatli qog‘ozlarga birja kotirovkasiga kirish imkonini beruvchi imtiyozli valyuta qonunchiligining mavjudligi; -qulay geografik joylashishi; -siyosiy tuzumning nisbatan barqarorligi va boshqa shu kabilar.[3] Valyuta - jahon bozorida, davlatlar ơrtasida pul vazifalarini bajaruvchi, davlatlarning milliy pul birligidir. Masalan, Amerika Qơshma Shtatlari ―dollar, Yevropada ―yevro, Braziliyada real, Buyuk Britaniyada ―funt sterling, Kanadada ―dollar va shu kabilar. ―Valyuta kategoriyasi milliy va jahon xơjaligi orasida aloqa va ơzaro munosabatlarni ta’minlaydi. Jahon valyuta tizimi jahon pullarini amaldagi (funksional) shakllariga asoslangandir. Jahon pullari deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat kơrsatuvchi pullarga aytiladi. Vаlyutа - bu хаlqаrо hisоb-kitоblаrdа ishlаtilаdigаn u yoki bu mаmlаkаt milliy pul birligidа ifоdаlаngаn to‘lоv hujjаtlаri yoki pul mаjburiyatlаridir. Vаlyutа pul bеlgilаrini o‘zidа gаvdаlаntirib nаqd pullik vа nаqd pulsiz оbоrоtni tаshqil qilishgа хizmаt qilаdi. Bаnk аmаliyotidа hisоb-kitоblаrni оlib bоrish uchun vаlyutаlаr shаrtli bеlgilаr оrqаli ifоdаlаnаdi, ya‘ni ulаrgа shаrtli kоdlаr bеrilаdi. Vаlyutаlаrgа kоdlаr ISO (Stаndаrtlаsh хаlqаrо tаshqilоti) tоmоnidаn bеrilаdi vа e‘lоn qilinаdi. Vаlyutа оdаtdа ikki turgа bo‘linаdi: milliy va chеt el vаlyutаlаrigа. Chеt el vаlyutаsidа ifоdаlаngаn turli хil to’lоv vоsitаlаri yanа dеviz dеb hаm аtаlаdi. ______________________________________________________________________________________________________________ [3]//arxiv.uz/uz/documents/referatlar/iqtisodiyot/jahon-valyuta-tizimi-va-uning-rivojlanishi-bosqichlari Chеt el vаlyutаsi quyidаgi хususiyatlаrgа egа bo‘lаdi: • vаlyutа bоzоridа sоtish vа sоtib оlishning оb‘еkti hisоblаnаdi; • хаlqаrо hisоb-kitоblаrdа ishlаtilаdi; • bаnklаrdа vаlyutа hisоbvаrаqlаridа sаqlаnаdi; • tеgishli bo‘lmаgаn mаmlаkаtlаr хududidа tqlоv vоsitаsi sifаtidа ishlаtilmаydi (kuchli inflyatsiya dаvri bundаn mustаsnо) Bugungi kundа dunyodа bir nеchtа mаmlаkаtlаrdаginа vаlyutаlаr erkin kоnvеrtirlаnаdi: Аntiguа vа Bаrbudа, Аvstrаliya, Аvstriya, Bеlgiya, Brunеy, Buyukbritаniya, Kаnаdа, Dаniya, Lyuksеmburg, Finlyandiya, Frаntsiya, Gаmbiya, Gеrmаniya, Gоnkоng, Islаndiya, Indоnеziya, Irаn, Itаliya, Kiribаti, Kuvеyt, Mаrshаll оrоllаri, Mikrоnеziya, Nidеrlаnd, YAngi Zеllаndiya, Nоrvеgiya, Оmаn, Pоrtugаliya, Kаtаr, Sаudiya Аrаbistоn, Singаpur, Ispаniya, SHvеtsiya, SHvеytsаriya, Trinidаd vа Tоbаgо BАА, АO‘SH, Lаtviya, Estоniya mаmlаkаtlаri vаlyutаlаri ХVF klаssifikаtsiyasi bo‘yichа erkin ishlаtilаdigаn vаlyutаlаr хisоblаnаdi.ta – xalqaro xalqaro savdo va hisob-kitoblarda keng qo‘llanadigan, uzoq vaqt davomida valyuta kursini barqaror darajasini ta‘minlab keluvchi davlatlar valyutasi. SDR xalqaro rezerv aktivi bo‘lib, XVF tomonidan 1969 yilda a‘zo mamlakatlar rasmiy valyuta rezervlarini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan. Uning qiymati xalqaro 4 valyutadan tashkil topgan savat orqali aniqlanadi va erkin suzuvchi valyutalarga almashtirilishi mumkin. 2009 yilning 28 avgustida SDR umumiy ajratmalari va 9 sentabrda mahsus ajratmalar joriy qilinishi natijasida SDR zahiralarining qiymati 21,4 mlrd SDR dan 204 mlrd SDR (2012 yil 20 avgust sanasidagi valyuta kurslariga ko‘ra 310 mlrd USD) ga yetdi. XULOSA Xalqaro valyuta munosabatlari – bu valyutani jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyat natijalarining o’zaro almashinuviga xizmat ko’rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir. Valyuta – jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika “dollari”, Buyuk Britaniya “funt sterling”, Kanada “dolari”, Yapon “ienasi” va boshqa shu kabilar. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling