Mavzu: python dasturlash tilida funksiyalar protseduralar bilan ishlash. Mundarija


Download 130.5 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1632624
  1   2   3   4
Bog'liq
PYTHON DASTURLASH TILIDA FUNKSIYALAR PROTSEDURALAR BILAN ISHLASH


MAVZU: PYTHON DASTURLASH TILIDA FUNKSIYALAR PROTSEDURALAR BILAN ISHLASH.


MUNDARIJA
Kirish...............................................................................................................2
1-Bob. Python dasturlash tilida ko‘p qiymat qaytaruvchi funksiyalar va
ulardan foydalanish



    1. Ko‘p qiymat qaytaruvchi funksiyalar va ularni shakllantirish. Rekursiv funksiyalar...........................................................................................5

2-Bob. Pythonda funksiyalarni hosil qilish.
2.1. Lambda funksiya ..............................................................................11
Xulosa...........................................................................................................20
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...............................................................22
Kirish


Bugungi kunda ijtimoiy hayotning qaysi jabhasini ko'rmasligimizdan qat'iy
nazar, kompyuterlashtirish jarayoni hamma joyda tez sur'atlar bilan kechayotganini ko'rishimiz mumkin. Endi telefon nafaqat gaplashadigan qurilma, balki u matn, audio, video xabarlar yuborishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilishi mumkin.
Zamon talabi o’quvchilarimizga nafaqat ushbu qurilma va texnologiyalardan foydalanishni bilish, balki ularni dasturlash yordamida ishlab chiqish va raqamlashtirishni ham qiyinlashtirmoqda.
Kompyuter dasturi - bu masalani hal qilish uchun kompyuter tomonidan
bajarilishi kerak bo'lgan ketma-ket buyruqlar to'plami. Dasturlash - bu kompyuter uchun dastur yaratish jarayoni. Dasturchi - bu dastur ishlab chiquvchi shaxs.
O‘quvchilarning fundamental bilimlarni egallaganlik darajasini oshirish bu bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish malakalarini sifat jihatidan o‘stirishga yo‘naltirilgan vositalar sifatida yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq etilmoqda.
Ta’lim jarayonida turli xil pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullarni qo‘llanilishi dars-mashg‘ulotlarning samaradorligini oshiruvchi omillardan hisoblanadi. Ta’lim mazmuni, shakli va usullarini takomillashtirish, ularning uzviyligini ta’minlash, o‘qitishning noan’anaviy usullari, zamonaviy axborot va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, didaktik materiallar va texnik vositalarni qo‘llash, fanlararo bog‘lanishlarni hisobga olish bularning barchasi o‘quvchilarning faolligini oshirishga qaratilgandir.
Taʼlim tizimida axborot texnologiyalarini tatbiq etish sohasida (yoʼnalishida) yaratilayotgan dasturiy vositalar tahlil qilinganda shu narsani guvohi boʼlamizki, kompyuterda oʼquv dasturi yaratayotgan koʼpgina mualliflar bir-birlariga bogʼliq boʼlmagan holda, parallel ravishda oʼquv-ilmiy materiallarni axborot texnologiyalari asosida taqdim etishning original uslublarini yaratmoqdalar. XXI asr axborot texnologiyalari asri. Dunyomizda qilinayotgan kashfiyotlar, olimlarning izlanishlari, fan-texnika yangiliklari fikrimizning yaqqol misolidir. Masalan, atom energetikasi, zamonaviy kompyuter texnologiyalarining xilma-xilligi, internet texnologiyalari va undan tashqari raqamli televideniyaning rivoji – bularning barchasi asrimizning katta yutuqlaridandir.
Bu borada muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quyidagicha ta`kidlaganlar: “BMT ning Yoshlar strategiyasida ta`kidlanganidek, “Yoshlar timsolida eng qimmatli va o`ta muhim resurslar mujassam bo`lib, unga har qancha investitsiya kiritsa arziydi, chunki bu sarmoyalar bir necha barobar ziyod bo`lib qaytadi”. Men ushbu g`oyat muhim fikrga to`liq qo`shilaman.
Biz yoshlarimizda umrimizning ma`no-mazmuni, hayotimizning asosiy mevasi va samarasini ko`ramiz. Yangi O`zbekistonni azm-u shijoatli yoshlarimiz bilan birga bunyod etamiz!” Bundan tashqari yurtimizda axborotlashtirish sohasiga, uning hayotimizga bevosita tadbiqiga kundan-kunga e’tibor kuchaymoqda.
Fikrimizning yaqqol misoli sifatida Prezidentimizning 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-sonli “Axborot texnologiyalari sohasida ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori, shuningdek, O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar, axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O`zbekiston-2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida qilinayotgan ishlarni keltirishimiz mumkin.

Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling