mavzu: Pythonda funksiyalar. Reja


Download 282.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana21.04.2023
Hajmi282.81 Kb.
#1374722
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu. Pythonda funksiyalar

Funksiya parametrlari
STANDART QIYMAT
Funksiya yaratishda, istalgan parametr uchun standart qiymat ko'rsatib
ketishimiz mumkin. Agar foydalanuvchi shu parametr uchun qiymat (argument)
kiritmasa, funksiya bajarilishi jarayonida standart qiymat ishlatiladi. Standart
qiymatni funksiya yaratish vaqtida parametr = qiymat ko'rinishida beriladi.
def yosh_hisobla(tugilgan_yil, joriy_yil=2021): # joriy yil uchun st.qiymat 2021
"""Foydalanuvchi tug'ilgan yilidan uning yoshini hisoblaydi"""
print(f"Siz {joriy_yil-tugilgan_yil} yoshdasiz")
Yuqoridagi misolda biz joriy_yil parametriga 2021 standart qiymatini berib
ketdik.
19


Funksiya parametrlari
Funksiya yaratishda, standart qiymatga ega parametrlar doim oxirida yozilishi
kerak. Aks holda xatolik yuzaga keladi. Keling avval funksiyani ikkala argument
bilan chaqiramiz:
yosh_hisobla(1995,2020)
>>>Siz 25 yoshdasiz
Endi esa faqat bitta argument tugilgan_yil bilan chaqiramiz:
yosh_hisobla(1993)
>>>Siz 28 yoshdasiz
Bu safar foydalanuvchi joriy_yil ni kiritmagani sababli, standart qiymat, 2021
ishlatildi.
20


Funksiya parametrlari
FUNKSIYAGA MUROJAT QILISHDA XATOLIKLAR
Funksiyalarga murojat qilishda turli xatoliklarga yo'l qo'shimiz tabiiy. Bunday
holatlarda Python qaytargan xatoni sinchiklab o'qib, xato qayerdaligini
topishimiz va uni to'g'rilashimiz zarur. Quyida men avvalroq yaratgan
funksiyalarimizni xato usullar bilan chaqiraman. Xato nimada ekanini topa
olasizmi?
def yosh_hisobla(tugilgan_yil, joriy_yil=2020):
"""Foydalanuvchi tug'ilgan yilidan uning yoshini hisoblaydi"""
print(f"Siz {joriy_yil-tugilgan_yil} yoshdasiz")

Download 282.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling