mavzu: Pythonda funksiyalar. Reja
Download 282.81 Kb. Pdf ko'rish
|
15-mavzu. Pythonda funksiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funksiya parametrlari
Funksiya parametrlari
STANDART QIYMAT Funksiya yaratishda, istalgan parametr uchun standart qiymat ko'rsatib ketishimiz mumkin. Agar foydalanuvchi shu parametr uchun qiymat (argument) kiritmasa, funksiya bajarilishi jarayonida standart qiymat ishlatiladi. Standart qiymatni funksiya yaratish vaqtida parametr = qiymat ko'rinishida beriladi. def yosh_hisobla(tugilgan_yil, joriy_yil=2021): # joriy yil uchun st.qiymat 2021 """Foydalanuvchi tug'ilgan yilidan uning yoshini hisoblaydi""" print(f"Siz {joriy_yil-tugilgan_yil} yoshdasiz") Yuqoridagi misolda biz joriy_yil parametriga 2021 standart qiymatini berib ketdik. 19 Funksiya parametrlari Funksiya yaratishda, standart qiymatga ega parametrlar doim oxirida yozilishi kerak. Aks holda xatolik yuzaga keladi. Keling avval funksiyani ikkala argument bilan chaqiramiz: yosh_hisobla(1995,2020) >>>Siz 25 yoshdasiz Endi esa faqat bitta argument tugilgan_yil bilan chaqiramiz: yosh_hisobla(1993) >>>Siz 28 yoshdasiz Bu safar foydalanuvchi joriy_yil ni kiritmagani sababli, standart qiymat, 2021 ishlatildi. 20 Funksiya parametrlari FUNKSIYAGA MUROJAT QILISHDA XATOLIKLAR Funksiyalarga murojat qilishda turli xatoliklarga yo'l qo'shimiz tabiiy. Bunday holatlarda Python qaytargan xatoni sinchiklab o'qib, xato qayerdaligini topishimiz va uni to'g'rilashimiz zarur. Quyida men avvalroq yaratgan funksiyalarimizni xato usullar bilan chaqiraman. Xato nimada ekanini topa olasizmi? def yosh_hisobla(tugilgan_yil, joriy_yil=2020): """Foydalanuvchi tug'ilgan yilidan uning yoshini hisoblaydi""" print(f"Siz {joriy_yil-tugilgan_yil} yoshdasiz") Download 282.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling